Maxsus dori turlari texnologiyasi
Dori turlari texnologiyasi: tibbiyot sohasida ishlatiladigan zamonaviy dori shakllari, ularni tayyorlash texnologiyasi, samaradorligini aniqlash usullari, dorilarning sifatini baholash va jihozlash, saqlash va berishda ularning o'ziga xosligini bilish, ularga qo'yiladigan talablar.
Asosiy mavzular
- Gomeopatiya dori turlari bo‘yicha qo‘llanmalar, gomeopatiya farmakopeyasi: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qo‘llanmalar bilan tanishtirish, gomeopatiya farmakopeyasining tuzilishi, retsept yozish tartiblarini o‘rgatish. Gomeopatiyada qo‘llaniladigan suyultirishlar va suvli eritmalarni tayyorlash usullarini o‘zlashtirish. Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan doza va suyultirish tartibini va gomeopatik suvli eritmalar texnologiyasini o‘rgatish.
- Gomeopatik suvli eritmalar texnologiyasi. Gomeopatik essentsiyalarni 1-band bo‘yicha tayyorlash: Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan suyultirishlar va suvli eritmalarni tayyorlash usullarini o‘zlashtirish. Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan doza va suyultirish tartibini va gomeopatik suvli eritmalar texnologiyasini o‘rgatish. Gomeopatik essensiyalarni 1-band bo‘yicha tayyorlash, suyultirish usullarini o‘rgatish.
- Gomeopatik essensiyalarni 2- band va 3- band bo‘yicha tayyorlash: Gomeopatiya essensiyalarni 2 va 3-bandlar bo‘yicha tayyorlash, suyultirish usullarini o‘rgatish.
- Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi: Gomeopatik tinkturalarni tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyolar va ekstragentlar, gomeopatik tinkturalarni matsеratsiya usulida olish, gomeopatik tinkturalarni pеrkolyatsiya usulida olish, gomeopatik tinkturalarni jonivorlar to‘qimalaridan olish, gomeopatik tinkturalarni suyultirish, gomeopatik tinkturalar uchun retsept yozish tartibi va sifatini tekshirish usullari.
- Gomeopatik yumshoq dori turlai (surtma, opodeldoklar, moylar, shamchalar) texnologiyasi: Gomeopatik surtma, moylar va opodeldoklar texnologiyasini va sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganish. Gomeopatiya surtma dorilari ta’rifi va gomeopatiya davolash tizimidagi ahamiyati. Gomeopatiya surma dorilarni tayyorlash. Gomeopatiya moylar tarifi va texnologiyasi. Gomeopatiya linimentlar va opodeldoklar texnologiyasi. Gomeopatiya yumshoq dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan zamonaviy yordamchi moddalarni tanlashni bilishi. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan shamchalar tarifi va tasnifi. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan shamchalar texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlarining sifatini tekshirish. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlarining jihozlanishi va saqlash sharitini bilish.
- Gomeopatik qattiq dori turlai (trituratsiyalar, granulalar) texnologiyasi: Gomeopatik qattiq dori turlari (trituratsiyalar, granulalar)ni tayyorlash. Gomeopatiya qattiq dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan zamonaviy yordamchi moddalarni bilishi. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan quruq moddalardan tayyorlangan trituratsiyalar (7-band) texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan suvli va spirtli eritmalardan tayyorlangan trituratsiyalar (8-band) texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigshan essensiya va tinkturalardan tayyorlangan trituratsiyalar (9-band) texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari. Gomeopatiya faniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga binoan qattiq dori turlarini sifatini baholash.
- Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlari texnologiyasi: Yoshiga qarab beriladigan maxsus dori turlari texnologiyasining zaruriyatini o‘zlashtirish. Bola organizmini rivojlanishidagi o‘ziga xos anatomo fiziologik xususiyatlari va bolalarga mo‘ljallangan dori turlarni yaratish zarurligini bilish. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini tasnifi, ta’rifi, ularga qo‘yiladigan talablarni bilish. Bolalarga beriladigan dori turlarda qo‘llaniladigan yordamchi moddalarga qo‘yiladigan talablar va ularni dori vositalarni biosamaradorligiga ta’siri. Korrigentlarni qo‘llashdagi nazariy va amaliy asoslarini bilish. Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlarni tayyorlash. Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlarini sifatini baholash, jihozlash, saqlash va berishdagi o‘ziga xosligini bilish. Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqariladingan bolalar uchun mo‘ljallangan tayyor dorilarni nomenklaturasini bilish. Bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni takomillashtirish istiqbollarini bilish.
- Bolalarga mo‘ljallangan qattiq va yumshoq dori turlari texnologiyasi: Bolalarga mo‘ljallangan qattiq dori turlari texnologiyasi, sifatini baholash, jihozlash, saqlash va berishdagi o‘ziga xosligini bilish. Bolalarga beriladigan qattiq va yumshoq dori turlarda qo‘llaniladigan yordamchi moddalarni qollash asoslarini o‘rganish. Kosmetik vositalar sifatini baholash usullarini zamonaviy asbob-uskunalarda aniqlashni o‘zlashtirish.
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, ularga ichish va surtish uchun beriladigan dori vositalarga qo‘yiladigan talablar, sifatini baholash, jihozlovchi materiallarni tanlash prinsiplari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori preparatlarni saqlash sharoiti va muddati. O‘zbekiston Respublikasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori turlarini yaratishdagi muammolarni hal etish masalalarini.
- Suyuq кosmetik vositalar texnologiyasi (losyon, sutlar, xushbo’y suvlar): Kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan zamonaviy suyuq tozalovchi, himoyalovchi va oziqlantiruvchi кosmetik vositalar (losyon, sutlar, xushbo’y suvlar)ni tayyorlash, sifatini baholash asoslarini o‘zlashtirish. Kosmetik vositalarda qo‘llaniladigan yordamchi moddalarni qollash asoslarini o‘rganish.
- Yumshoq кosmetik vositalar texnologiyasi (kremlar, gellar): Kosmetik surtmalarni ta’rifi va tasnifini keltira olish. Kosmetik surtmalarni ishlatilishi va dispers sistemasi bo‘yicha tasnifini keltirishni bilish. Yumshoq kosmetik vositalarni (kremlar, gellar) tayyorlashni bilish. Gomogen turdagi kosmetik surtmalarda qo‘llaniladigan dori va yordamchi moddalarni o‘ziga hosligini bilish va amalda qo‘llash. Kosmetik surtmalarni tayyorlash bosqichlarini bilish. Gomogen kosmetik surtmalar texnologiyasini amalga oshirish. Gomogen tipdagi kosmetik surtmalarni sifatini baholashni bilish. Kosmetik surtmalarni qadoqlash va jihozlash tartiblari va turlarini.
- Qattiq кosmetik vositalar texnologiyasi. Kosmetik vositalar sifatini baholash.: Qattiq kosmetik vositalarni tayyorlashni bilish. Pudralar tarifi va tasnifini bilish. Pudralar tarkibiga qo‘shilaigan asosiy va yoramchi moddalar tasnifini bilish va tanlay olish. Pudralar tarkibiga kiritiladigan maqsadi (funksional) qo‘shimchalar va ularning ahamiyati. Sochiluvchan pudralarni olishning asosiy bosqichlarini bilish. Kompakt pudralarni olishning asosiy bosqichlari. Davolovchi pudralar. Pudralarni sifatini baholash va saqlash. Suyuk kosmeti vositalarni fizik-kimyoviy xossalarini baxolashni bilish. Poroshok va kompakt holidagi dekorativ kosmetika mahsulotlarini tekshirish uchun har bir seriyadan (ya’ni bir vaqtda ishlab chiqilgan, qadoqlangan va sifati baholangan mahsulot) quyidagi tartibda namunalar olinadi.
- Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi: Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarini tasnifi va tavsifi, ularni dozalashni amalga oshirish. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari texnologiyasining o‘ziga hosligi. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari texnologiyasi: poroshoklar, dustlar, yig‘malar, granulalar, tabletkalar, briketlar, draje, kapsulalar, hapdori va bolyuslar xususiy texnologiyasini bajara olish. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan suyuq dori turlari texnologiyasi: eritmalar, YuMB lar, suspenziya, emulsiya, damlama va qaynatmalar xususiy texnologiyasini bajara olish. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari (surtma, pasta, liniment va bo‘tqalar xususiy texnologiyasini bajara olish. Veterinariya atamalarini bilish va talqin etish.
- Polimer dorivor pardalarni tayyorlash asoslari: Ta’siri uzaytirilgan dori turlari - polimer dorivor pardalar tuzilishi, ta’sir etish mexanizmi, texnologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar olish. Ta’siri uzaytirilgan dori moddasining ta’sirini uzaytirish zaruriyati, maqsadini bilish. Dorilarni ta’sirini uzaytirishning asosiy yo‘llarini bilish va amalga oshirish. Polimer dori pardalarni afzallik tomonlari, turlarini bilish. Polimer dori pardalarni tayyorlash bosqichlarini bilish va amalga oshirish.
- Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar tuzilishi. Polimer dorivor pardalarni sifatini baxolash: Terapevtik dori sistemalari, ularning ta’rifi, tasnifi. Terapevtik dori sistemalarda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar. Transdermal terapevtik sistemalar (TTS)larning tasnifi, tuzilishini bilish va izohlay olish. TTS larning nomenklaturasini bilish. Peroral “Oros” sistemasini tuzilishi, ta’sir etish mexanizmi va boshqa turdagi terapevtik sistemalarni bilish va izohlay olish. Ta’siri uzaytirilgan dori turlarini yaratish zaruriyatini bilish. Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari ta’rifi, tasnifi. Spansulalar ta’rifi, ta’sir etish mexanizmi. Strukturali tabletkalar tasnifi, ularni afzallik tomonlari. Retard, lontab, dupleks va durula turdagi tabletkalarning ta’sir etish mexanizmini hamda tabletkalarni tuzilishini bilish
- Mikrokapsulalangan dorilarni tayorlash asoslari: Dorivor moddalarni kerakli a’zolarga etkazish uchun mo‘ljallangan dori turlarining ta’rifi, tasnifini bilish va izohlash. Dorivor moddalarni mikrokapsulalashdan maqsad va olish usullarini bilish. Mikrokapsulalar olishda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar. Mikrokapsulalarni baholash usullari va ko‘rsatkichlarini bilish. Mikrogranula va mikrodraje dori turlarini ta’rifini keltirishni bilish.
- Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash: Biofarmatsiyaning rivojlanish tarixi, asosiy tushunchalari va terminlarni bilish va izog‘lash. Dori moddasini so‘rilishiga ta’sir etuvchi omillar. Dori vositalarining biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omillar va ularning tasnifini bilish. Yordamchi moddalarni dorilar biosamaradorligiga ta’siri. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usullarda (membrana orqali, agarli plastinkaga, xromatografiyaga to‘g‘ri diffuziya, eruvchanlik testi va b.) aniqlashni bilish. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini teng muvozanatli dializ usulida baholashni bilish. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini agar-agar geliga diffuziya qilish usulida baholashni bilish. Biologik suyuqliklarda (qon, peshob va boshqa organizm ajralmalari) dori moddasini miqdorini aniqlashning zamonaviy usullarini bilish.
- Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar: Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar tarkibi va nomenklaturasini bilish.
- Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar, ularning biosamaradorligini aniqlash usullari: Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar. Maxsus dori turlarini biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar. Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash yo‘llari. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini baxolash usullari.