Biznes rejalashtirish

Ushbu kitob "Biznes rejalashtirish" fanining nazariy va amaliy qismlarini o'z ichiga olgan, o'quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Kitobda biznes rejalashtirishning nazariy asoslari, uning bosqichlari, marketing va moliyaviy rejalar, ishlab chiqarish quvvati va xodimlarga talabni rejalashtirish, xarajatlarni rejalashtirish kabi muhim mavzular atroflicha yoritilgan. Shuningdek, biznes rejasining samaradorligini baholash va biznes-reja turlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va keyslar bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • Biznes rejani shakllantirishning nazariy asoslari: Biznes rejani tayyorlashdan oldin bozor, korxona va mahsulot turlarini, raqobatni tahlil qilish; biznes rejani ishlab chiqish bosqichlari va uning mazmunini o'rganish. Shuningdek, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqa biznes rejalarining tarkibiy qismlarini tahlil qilish.
  • Biznes rejani ishlab chiqarish va xodimlarga talabni rejalashtirish: Korxona ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish, uni hisoblash usullari va ko'rsatkichlari; xodimlarga bo'lgan talabni rejalashtirish, ish haqi fondini rejalashtirish va mehnat unumdorligini oshirish yo'llari.
  • Biznes rejani tashkil etish: Biznes rejaning umumiy turlari, usullari va printsiplari; xarajatlarni rejalashtirish, mahsulot tannarxini aniqlash va hisoblash; biznes rejani amalga oshirish jarayonida samaradorlikni baholash.