Aruz vazni qoidalari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada aruz vaznlar tizimining tarixiy taraqqiyoti, nazariy qonuniyatlari va amaliyoti o‘rganiladi. Rang-barang vaznlarda yaratilgan mumtoz nazm namunalarining o‘ziga xos ritmikasi tahlil qilinadi. Qo‘llanma filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari, magistrantlari hamda shu soha yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Aruz vazni tushunchasi, aruz va aruzshunoslik.
- “Aruz” va uning tarkibiy qismlari, juzv va ruknlar: Aruzda hijolar va ularning sifati, harakatli va sokin harflar, abjad haqida, juzvlar va ularning tarkibi, asllar va ularning vazn tarkibidagi ahamiyati.
- Asl ruknlarning o‘zgarishi, zihof va furu’lar: “Solim”, “zihof” va “furu’” atamalari, asl ruknlarning o‘zgarishi, zihof va furu’lar, mufrad va murakkab zihoflar, zihof va furu’lar tarkibidagi muammolar.
- Aruz bahrlari: “Bahr” atamasi, sodda va murakkab bahrlar, bahrlar haqida mumtoz manbalardagi fikrlar, o‘zbek mumtoz adabiyotida bahrlar taraqqiyoti, aruz doiralari.
- Taqte’ – aruz amaliyotining asosi sifatida: Taqte’ haqida umumiy tushuncha, mumtoz manbalardagi ma’lumotlar, taqte’ bosqichlari va baytdagi ruknlarning maxsus nomlari.
- Turkiy she’riyatning asosiy bahrlari: hazaj (mafo’iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustaf’ilun): Hazaj, ramal va rajaz bahrlari, ularning tuzilishi, zihoflari va furu’lari, vazn tahlili.
- Masnaviy vaznlari va variatsiyalari: Masnaviy vaznlari, ularning tarkibi va variatsiyalari, Navoiy “Xamsa”sida vazn variatsiyalari.
- Aruz va mumtoz she’riy janrlar: Mumtoz she’riy janrlar tarkibida vaznning ahamiyati, tuyuq, mustazod, ruboiy janrlarining vazn xususiyatlari, “Mezon ul-avzon”da turkiy surud nav’lari.