Botanika yuksak o'simliklar sistematikasi.

Ushbu kitob o'simliklar morfologiyasi va anatomiyasi fanining nazariy va amaliy materiallarini o'z ichiga oladi. Unda o'simlik organlari, hujayra tuzilishi, to'qimalar, vegetativ va generativ organlar, gul, urug' va mevalarning tuzilishi, rivojlanishi hamda ularning klassifikatsiyasi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, o'simliklarning tabiiy va sun'iy ko'payish usullari, o'simliklar shoxlanishining turlari, o'simliklar anatomiyasiga tashqi muhitning ta'siri, shuningdek, o'simliklar tuzilishidagi umumiy qonuniyatlar, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari, har bir mavzu bo'yicha alohida ajratilgan nazorat savollari va topshiriqlar, shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Kitob o'quvchiga o'simliklar dunyosini chuqurroq o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu dastur fan tarixi va rivojlanish bosqichlari, o'simlik hujayrasining tuzilishi, o'simliklar to'qimalarini tuzilishi, o'simliklarning vegetativ organlarini anatomik va morfologik tuzilishi kabi masalalarni qamraydi.
  • Fanning maqsadi va vazifalari: “Botanika” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga o‘simliklar hujayrasi, o‘simliklar to‘qimalari, vegetativ va generativ organlari, changlanish va urug‘lanish jarayonlari, mevaning hosil bo‘lishi, tarqalishi o‘simliklarning hayotiy shakillari, Botanika fanning ilmiy–nazariy asoslarini; ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o‘quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatishdan iborat.
  • Fan bo‘yicha bilimga, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar: “Botanika” fani bo‘yicha bakalavr: o‘simliklar hujayrasi organoidlari va ularning funksiyalari; to‘qima xillarining vazifalari; vegetativ organlar - ildiz, poya, barg vazifalari, tuzilishi; generativ organlar - gulning kelib chiqishi; morfologik va anatomik tuzilishi; changlanish xillari va urug‘lanish jarayonlari; mevaning hosil bo‘lishi, tarqalishi; o‘simliklarning hayotiy shakllari, gerbariy materiallarini tayyorlash; o‘simlik morfologik belgilariga qarab turini aniqlash; o‘simliklarning hayotiy shakllari, ahamiyati haqida ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
  • Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi: “Botanika” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, u 4 qismdan iborat: o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi 1 semestrda; tuban o‘simliklar 2 semestrda; yuksak o‘simliklar 3 semestrda, geobotanika asoslari 4 semestrda o‘qitiladi. Ushbu ishchi o’quv dasturini amalga oshirishda o‘quv rejada “Sitologiya”, ”Ekologiya”, “Kimyo”, “Chet tili”, “Gistologiya”, “Geobotanika” va boshqa fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
  • Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni: Respublikamizning iqtisodiy tarmog‘ining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Bundan tashqari, o‘simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmatsevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, oqava suvlarni har xil chiqindilardan tozalashda o‘simliklardan keng foydalaniladi. Shu bois, o‘simliklarning biologik xususiyatlarini bilish, tabiiy zahiralarini aniqlash, ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun, ushbu fan asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarishda texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
  • Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Talabalarni “Botanika” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. Fanning o‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek, atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida, talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar – “Keys”, “Insect”, “Venn diagrammasi”, “Aqliy hujum”, “Atamalar zanjiri”, “Klaster”, “Bumerang”.
  • O‘simlik organlari, hujayra va to‘qimalar: O‘simlik organlari haqida umumiy tushuncha. O‘simlik hujayrasining umumiy tavsifi. O‘simlik hujayrasining xayvon hujayrasidan farq qiluvchi asosiy belgilari. Hujayra vakuolasining tarkibiy qismi. Osmos. Turgor hodisasi, plazmoliz, deplozmoliz va uning so‘rish kuchi. Hujayraning rivojlanish bosqichlari. Hujayra po’stining tuzilishi, kimyoviy tarkibi va biologik ahamiyati. Matseratsiya hodisasi. O‘simlik xujayrasi tarkibidagi organoidlarning hossalari. Sekret va sutsimon moddalarning xujayra tarkibidagi ahamiyati.
  • O‘simlik to‘qimalari: To‘qima, uning ta’rifi va tasnifi. Parenxima. Aerenxima. Kollenxima. Sklerinxima. Initsial hujayralar va ularning faoliyati. Meristemalar-apikal, lateral, interkoliyar tavsifi va faoliyati. Epiderma- og‘izchalar va trixomalarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima – peridermaning hosil bo‘lishi va biologik ahamiyati. O‘tkazuvchi to‘qimalar – ksilema, floema.
  • Vegetativ organlar: Ildiz va ildizlar tizimi. Ildizning birlamchi morfo-anatomik tuzilishi. Ildiz apeksi va qinchasining tuzilishi. Ildiz epidermasi va gipodermasi. Ildiz po‘stlog‘i va endodermaning tuzilishi. Ildizda peritsiklning va o‘tkazuvchi to‘qimarning markaziy o‘q atrofida joylashuvi. Yon va qo‘shimcha ildizlarning shakllanishi. Ildizning ikkilamchi yo‘g‘onlashuvi. Ildiz modifikatsiyasi. Ildizning mikroorganizmlar bilan umumiy jamoani shakillantirishi.
  • Novda. Poy: Novda apeksi. Novdaning boshlang‘ich strukturaviy tuzilishi, dastlabki o‘tkazuvchi tizimning shakillanishi. Kurtak xillari va ularning novdada joylashuv qonuniyatlari. Shoxlanish turlari, uning biologik va amaliy ahamiyati. Novda modifikatsiyasi. Poyaning morfologik va anatomik tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Yo‘g‘onlashuv jarayoniga meristemalarning biologik ahamiyati.. Yillik halqalar. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining himoyalanishida peridermaning ahamiyati.
  • Barg: Bargning morfologik va anatomik tuzilishi. Bargning rivojlanish bosqichlari. Barg epidermasining tuzilishi. Barg mezofili. Bargda sklerenxima va idioblastlarning shakllanishi. Bargda o‘tkazuvchi tizimning ishlash mexanizmi. Krans anatomiya. Geterofilliya hodisasi.
  • Generativ organlar: Gul. Gul joylashuvi, tuzilishi, vazifasi. Gulda o‘tkazuvchi tizimning ishlash mexanizmi. Gulqo‘rg‘on. Androtsey. CHanglanish- avtogamiya, kleystogamiya, dixogamiya, geterostiliya va boshqalar. Ginetsey. Urug‘lanish. Murtakning rivojlanishi. Gul formulasi va diagrammasi. SHiradon (nektardon)ning strukturaviy tuzilishi. To‘pgullarning morfologik belgilari, biologik ahamiyati. Gulli o‘simliklar rivojlanishining umumiy sxemasi. Gulning kelib chiqishi va evolyusiyasidagi yo‘nalishlar haqida ayrim gipotezalar. Bir uyli, ikki uyli va ko‘p uyli o‘simliklar.
  • Urug‘ va meva: Urug‘ning rivojlanishi. Meva po‘sti- perikarpiy. Bir pallali va ikki pallali o‘simliklarning urug‘i va murtagi. Endosperm. Perisperm. CHala rivojlangan va reduksiyalangan murtak. Urug‘ning morfologik xillari. Urug‘ning ho‘jalik ahamiyati. Urug‘ sifati, uni baholash usullari. Urug‘larni undirishning zamonaviy usullari. Mevaning hosil bo‘lishi. Geterokarpiya va geterospermiya. Disseminatsiya. Urug‘ va mevalarning inson hayotida tutgan o‘rni.
  • Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg‘ulotlar mavzuning xiliga qarab auditoriyada, laboratoriyada o‘tkaziladi. O‘simlik hujayrasi va to‘qimalariga oid mavzular laboratoriya sharoitida o‘tkaziladi. Bunda amaliy mashg‘ulotlarga oid kitob va qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallardan va boshqa qo‘shimcha materiallardan foydalaniladi. Tuban va yuksak o‘simliklarning uzilishi bo‘yicha mavzularni o‘tishda ham laboratoriya sharoitlari qo‘llaniladi. Bunda amaliy mashg‘ulotlarga oid kitob va qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallardan tashqari tayyor preparatlardan hamda yangi tayyorlangan preparatlardan foydalaniladi.
  • Mikroskopning tuzilishini o‘rganish.: Mikroskopning mexanik va optik qismlari mavjud. Mexanik qismiga yana obyektlar buralib joylashtiriladigan revolver yoritgich apparat, obyektiv va okulyar kiradi. Yoritgich apparat esa kondensor va ko’zgudan tuzilgan bo’ladi. Ko’zguni bir tomoni yassi va ikkinchi tomoni botiq ko’rinishga ega. Kondensor linzalar tizimidan tashkil topgan bo’lib, yorug’lik manbaidan keluvchi va ko’zguda qaytarilgan parallel nurlarni to’plab berish vazifasini bajaradi. Yorug’likning o’tish jadalligi iris diafragma orqali boshqarish mumkin. Diafragma ostida nurfiltlar uchun gardish joylashgan. Kondensorni tik yo’nalishda harakatga keltirish mumkin. Kondensor bilan ishlaganda ko’zguning faqat tekis tomonligidan foydalaniladi. Obyektiv metall gardishda joylashtirilgan linzalar tizimidan tuzilgan bo’lib, ularning eng asosiysi tashqi (frontal) linzadir. Obyektivni kattalashtirishi uni fokus masofasi va egriligiga bog’liqdir.
  • Elodeya barg hujayralarini tuzilishi.: Elodiya bargi hujayrasi sitoplazmasining harakatini o’rganish uchun bargidan preparat tayyorlanadi. Oldin kichik obyektivda hujayralarni topib, keyin katta obyektivda barg asosidagi o’rta tomirida sitoplazmasi aylanayotgan hujayralar topiladi. Bu hujayrada aylanma harakat yoki rotatsion harakat bo’ladi.
  • Na’matak mevasining hujayralari tuzilishi.: Na’matak mevasi qobig’ini ochib ichidan etini olib, buyum oynachasiga joylashtiriladi va tomchi suv tomizilib qoplag’ich oyna bilan yopiladi. Kichik obyektivda hujayralarni topib, keyin katta obyektivga olib qaraladi. Bunda hujayra shakli yumaloq, devori yupqa, xromoplastlar qizg’ish rangda ko’rinadi.
  • Tradeskansiya bargining hujayrasi tuzilishi.: Tradeskansiya bargi epidermisidan yupqa kesma olinadi va buyum oynachasiga joylashtiriladi va tomchi suv tomizilib qoplag’ich oyna bilan yopiladi. Kichik obyektivda epidermis hujayralarini ko’rib, leykoplastlar topiladi va katta obyektivga olib o’rganiladi.
  • O‘simlik to‘qimalari: To‘qima, uning ta’rifi va tasnifi. Parenxima. Aerenxima. Kollenxima. Sklerenxima. Initsial hujayralar va ularning faoliyati. Meristemalar-apikal, lateral, interkoliyar tavsifi va faoliyati. Epiderma- og‘izchalar va trixomalarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima – peridermaning hosil bo‘lishi va biologik ahamiyati. O‘tkazuvchi to‘qimalar – ksilema, floema.
  • Hosil qiluvchi to‘qima: Meristema (yunon. meristos-bo’luvchi, ajratuvchi) hosil qiluvchi to’qima, bo’linish yo’li bilan yangi to’qima hosil qilish xususiyatiga ega. Shu to‘qimaning bo’linishi hisobidan o‘simlik tanasida yangi-yangi to‘qimalar hosil bo‘ladi va umr bo‘yi o‘sishini davom etadi.
  • Mexanik to‘qima: Mexanik to‘qimalar – tayanch, mustahkamlik beruvchi to‘qima bo‘lib, o‘simliklarning vegetativ va generativ organlarida (novda, poya, barg, ildiz) mustahkamlik beruvchi hujayralar yig‘indisidan tashkil topgandir. Bu to‘qimalar organlarni shamol, qor va shu singari boshqa tashqi omil ta’sirlaridan saqlaydi.
  • O‘tkazuvchi to‘qimalar: O‘tkazuvchi to‘qimalarning asosiy vazifasi oziq moddalarni (suv va unda erigan mineral tuzlar hamda organik moddalar) o’simlik tanasi bo’ylab o’tkazishdan iboratdir. Shuning uchun ham o’simliklar suvdan chiqib, tuproqqa o’rnashib quruqlikka moslashish davridan boshlab, ularda o’tkazuvchi to’qimalar paydo bo’lgan. O’simliklar tuproqdan va havodan oziqlanganligi sababli ularni tanasida ikki xil o’tkazuvchi to’qimalar yuzaga keladi. Ksilema va floema murakkab to’qimadir, ya’ni ularni tarkibida g’amlovchi, ajratuvchi to’qimalarning elementlari ham bo’ladi, eng muhimi o’tkazuvchi elementlar, ularni devorlaridagi poralar teshikchalar yoki perforatsiya (lot. perforaye-teshilish)lari bo‘lib, moddalar o’tishini yengillashtiradi.
  • Ajratuvchi to‘qimalar: Sekret (lot. sekresio-ajrataman) chiqaruvchi yoki ajratuvchi to‘qimalarga tuzilishi har xil bo‘lgan, ixtisoslashgan hujayralar kiradi. Bu hujayralarda modda almashinuvi natijasida kimyoviy tarkibi har xil bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Tashqarida sekret chiqaruvchi to’qimalar bezsimon tuklar, nektar, gidatodlar shaklida bo‘ladi. Bezsimon to’qimalar yoki trixomalar epidermadan yuzaga keladi.
  • O‘simliklar to‘qimalarining rivojlanishida umumiy qonuniyatlar: Qutblilik, Simmetriya, Shoxlanish (butoqlanish) xillari, Konvergensiya, Atavizm, Korrelyatsiya, Analogik va gomologik organlar.
  • Mevalarning tuzilishi va turlari: Meva – yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli organlaridan biri hisoblanadi. Meva urug‘lanishdan keyin gulda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng yuzaga keladi. Mevalar urug‘ning yetilishiga, himoya qilishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Shu sababdan ularning tuzilishi va morfologik ko‘rinishi juda xilma-xildir.
  • Quruq mevalar: Quruq mevalar. Ko‘sak mevalar (meva eti quruq, ko‘p urug‘li odatda chatnaydi). Bitta mevabargdan hosil bo‘lgan bir uyali meva, qorin qismidagi chokdan chatnaydi. Yig‘ma varaqa – apokarp ginetseydan hosil bo‘ladi(oddiy suvig‘ir).
  • To‘pmevalar: To‘pmevalar – meva yoki urug‘larni tarqatish uchun xizmat qiladigan organlar. Mevalar shakli, rangi va anatomik tuzilishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. To‘pgullarning umumiy ta’rifi, morfologik xususiyatlari, oddiy va murakkab to‘pgullar, shoxlanish turlari, o‘simliklar rivojlanishining asosiy bosqichlari.
  • O‘simliklar tugunchalari: Tuguncha - meva yoni, urug‘kurtak, endosperm va urug‘larning rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi.
  • Changlanish: Changlanish – changni urug‘chi tumshug‘iga borib tushishi. Changlanishning tabiiy va sun’iy turlari mavjud. Changlanish omillari: shamol, suv, hasharotlar, qushlar, chumolilar.
  • O‘simliklarning jinssiz ko‘payishi: Vegetativ ko‘payish – jinssiz ko‘payish, vegetativ organlar orqali qayta zavodning qobiliyati asoslangan. tabiiy va sun’iy ko‘payish usullari mavjud.
  • MIKROSPOROGENEZ VA MEGASPOROGENEZ: Mikrosporogenez – mikrosporalarning hosil bo‘lish jarayoni. Megasporogenez – megasporaning hosil bo‘lish jarayoni. Qo‘sh urug‘lanish – bu urug‘lanishning ikki bosqichli jarayoni bo‘lib, murtak va endosperm hosil bo‘ladi.