Alisher Navoiyning “Farhod va shirin” dostonidagi

Ushbu magistrlik dissertatsiyasida musulmon Sharqi adabiyoti tarixidagi eng go'zal adabiy an'analardan biri bo'lgan Xusrav va Farhod munozarasining genezisi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, kompozitsion va g'oyaviy takomili masalalari va bu jarayonda ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarining favqulodda iste'dod namunasi ekanligi, bu iste'dod va yuksak tafakkurning namoyon bo'lish vositalari haqida mulohazalar yuritiladi. Eron sosoniylarining mashhur vakili Xusrav II Parvez Sharq xalqlari tarixi va badiiy ijodida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan shaxslardan biridir. Xusrav shxsiyati va timsoli tilga olinadigan manbalarni to'rt guruhga ajratish mumkin: Tarixiy va solnoma asarlar, Ishqiy-romantik dostonlar, Turli janrlardagi lirik asarlar, Axloqiy-falsafiy asarlardagi tamsil-hikoyatlar. Xusravning ilk badiiy timsolini yaratgan shoir Abulqosim Firdavsiy bo'lsa, Farhod timsolining adabiyotga kirib kelishi va Xusrav bilan Shirin o'rtasidagi sujet voqealarida mustahkam o'rin tutishi, shu jumladan Xusrav bilan Farhod munozarasining ilk namunasi Nizomiy Ganjaviy ijodi bilan bog'liqdir. Alisher Navoiyga qadar Xusrav va Farhod ziddiyati murakkab bosqichlarni bosib o'tdi. Jumladan, Xusrav Dehlaviy dostonida Xusravni ijobiy qahramon sifatida gavdalantirish an'anasi davom etgan bo'lsa, Orif Ardabiliyning "Farhodnoma" dostonida bu timsol salbiy xususiyatlar kasb eta boshladi. Shu bilan birga Farhod timsolining mazkur sujetdagi mavqei ham tobora ortib bordi.

Asosiy mavzular

  • Xusrav va Farhod timsollarining tarixi va badiiyati: Eron sosoniylarining mashhur vakili Xusrav II Parvez Sharq xalqlari tarixi va badiiy ijodida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan shaxslardan biridir. Xusrav shxsiyati va timsoli tilga olinadigan manbalarni to'rt guruhga ajratish mumkin: Tarixiy va solnoma asarlar, Ishqiy-romantik dostonlar, Turli janrlardagi lirik asarlar, Axloqiy-falsafiy asarlardagi tamsil-hikoyatlar. Xusravning ilk badiiy timsolini yaratgan shoir Abulqosim Firdavsiy bo'lsa, Farhod timsolining adabiyotga kirib kelishi va Xusrav bilan Shirin o'rtasidagi sujet voqealarida mustahkam o'rin tutishi, shu jumladan Xusrav bilan Farhod munozarasining ilk namunasi Nizomiy Ganjaviy ijodi bilan bog'liqdir. Alisher Navoiyga qadar Xusrav va Farhod ziddiyati murakkab bosqichlarni bosib o'tdi. Jumladan, Xusrav Dehlaviy dostonida Xusravni ijobiy qahramon sifatida gavdalantirish an'anasi davom etgan bo'lsa, Orif Ardabiliyning "Farhodnoma" dostonida bu timsol salbiy xususiyatlar kasb eta boshladi. Shu bilan birga Farhod timsolining mazkur sujetdagi mavqei ham tobora ortib bordi.
  • Xusrav va Farhod munozarasining yaratilishi va badiiy taraqqiyoti: Munozara adabiyotshunoslikda asosan ikki xil istilohiy ma'noda sharhlanadi. Birinchidan, munozara adabiy janr sifatida suhbat, savol-javob shaklida yaratilgan asarni bildirsa, ikkinchidan badiiy asar kompozitsiyasining bir qismi, ya'ni epik asarlarda obrazlar o'rtasidagi savol-javob unsurini ifodalaydi. Munozara janrida obrazlar kinoyaviy mohiyatga ega bo'lib, kinoyaviy obrazlar (masalan, o'q, yoy va boshqalar) orqali ijtimoiy hayot masalalari yoritiladi. Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin" dostonida Xusrav va Farhod munozarasi asar ichida asar xususiyatiga ega bo'lgan noyob topilmadir. Bu munozarada faqat hukmdor va oddiy hunarmand orasidagi ziddiyat emas, ikki xil dunyoqarashdagi oshiqning, ikki turdagi ishqning ziddiyati, qolaversa, ijodkorning ishq va u bilan bog'liq falsafiy tushunchalarni idrok etish darajasi aks etgan. Amir Xusrav Dehlaviy munozarasining tahlilidan ma'lum bo'ladiki, shoir ko'p jihatdan Nizomiy an'analari, qarashlariga tayanadi. Biroq uning munozarasida «Ishq» tushunchasining tasavvufiy mohiyati kuchayganligi, uning yangi talqinlari namoyon bo'lganligi kuzatiladi. Shu bilan birga oshiqning holatlarini tasvirlashda yangicha jozibadorlik va jo'shqinlik, «mo'jiz bayonliq sohiri Hind» (Navoiy)ning o'ziga xos mo'jizakor bayon uslubi namoyon bo'ladi.
  • Alisher Navoiy dostonidagi Xusrav va Farhod munozarasida an'ana va badiiy mahorat: Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yaratishda ko'proq Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostoniga asoslanadi. Navoiy doston muqaddimasida (IX bob) o'zigacha bu mavzuda yaratilgan rivoyatlarni aytib o'tadi. U bu mavzudagi manbalarni o'rganib, hali aytilmagan gaplar ko'p ekanligiga xulosa hosil qiladi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi munozaraning boshlang'ich qismi nihoyatda kuchli ishlangan bo'lib, bir necha baytda buyuk mutafakkir «yuz risola bo'lg'usi» katta falsafiy g'oyalarni bera olgan. Keyingi baytlardan munozaraning ikkinchi qismi boshlanadi. Bunda Xusrav Farhodga boylik, mulk berib Shirin ishqidan voz kechishga undamoqchi bo'ladi. Munozarada Navoiy yuksak ruhiyatshunos sifatida ham namoyon bo'ladi. Farhodning har bir javobidan keyin Xusravda o'zga bir tabiiy holat, o'zgarish kuzatiladi. Navoiy dostonidagi Farhod nutqini salaflar asarlarifagi misralar bilan qiyoslash natijasida unda yangi-yangi mazmun boyliklari, yangi g'oylar aks etganligini ko'rishimiz mumkin.