Abdulloh Xotifiy “Layli va Majnun” dostonining matniy tadqiqi va g‘oyaviy-badiiy talqini

Mazkur dissertatsiyada Abdulloh Xotifiyning «Layli va Majnun» dostonining matniy tadqiqi va g‘oyaviy-badiiy talqini o‘zbek va tojik adabiyotida ushbu mavzudagi ishlar va ularning o‘rganilishining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Doston matnining ilmiy-tanqidiy talqini va tarjimasi, asar syujeti va kompozitsion tuzilishi, obrazlar tizimi va g‘oyaviy-badiiy talqin xususiyatlari o‘rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Abdulloh Xotifiyning «Layli va Majnun» dostoni va sharq adabiyotida asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalari tadqiqi va ilmiy tavsifi: Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” turkumidagi asarlar va ularning o‘rganilishi tarixi hamda Abdulloh Xotifiy “Layli va Majnun” dostonining manbalari tadqiqi bayon etiladi.
  • Xotifiy «Layli va Majnun» dostonining adabiy an’ana maxsuli va o‘ziga xos badiiy ijod namunasi sifatida: Asar syujeti va kompozitsion tuzilishi qiyosiy tadqiqi va asarda obrazlar tizimi va o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy talqin xususiyatlari tahlil qilinadi.
  • Abdulloh Xotifiy «Layli va Majnun» dostonining ilmiy-tanqidiy matni va tarjimasi: Dostonning transletiratsiyasi va ilmiy-tanqidiy matni hamda dostonning o‘zbek tiliga tarjimasi keltiriladi.