Erkinlik darajasi cheksiz bo’lgan mexanik sistema tebranishlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishida erkinlik darajasi cheksiz bo'lgan yoyilgan massali sistemalarning bo'ylama, buralma tebranishlari hamda egilish tebranishiga ko'ndalang kesim elementlari siljishining va aylanish inertsiyasining ta'siri hisobga olgan holda erkin va majburiy tebranishlarini tadqiq qilish masalasi qo'yildi. Sistemali erkinlik darajasi cheksiz bo'lgani uchun xususiy chastotta soni va tebranish formasi ham cheksiz miqdorda bo'ladi. Ishda balka egilish tebranishiga ko'ndalang kesim elementlari siljishining va aylanish inertsiyasining ta'siri, ko'ndalang majburiy tebranishi tenglamalari, davriy ko'ndalang kuchning egilishga ta'siri, uzluksiz ko'ndalang yuklanish ta'siridagi balkaning egilish tebranishi tenlamalarining keltirib chiqarilishi o'rganilgan. O'rganilgan tenglamalar asosida balka egilish tebranishi tenglamasining umumiy yechimi yordamida balka o'qi bo'ylab ta'sir qiluvchi kuchni hisobga olganda tebranish tenglamalari yechimlari, siljish deformatsiyasi va aylanish inersiyasining ta'sirini hisobga olgan holda tebranish tenglamasi yechimini topish va yechimlar asosida balka egilish formalarini aniqlash ishlari bajarilgan.
Asosiy mavzular
- Erkinlik darajasi cheksiz bo'lgan yoyilgan massali sistemalarning tebranishlari: Ushbu bobda sterjenlar, balkalar va vallarning tebranishlari ko'rib chiqiladi. Ular orasida to'g'ri chiziqli sterjenning bo'ylama tebranishi, vallarning buralish tebranishi va balkalarning egilish tebranishi asosiy o'rin tutadi. Bu tebranishlarning harakat tenglamalari keltirib chiqariladi va ularning xususiyatlari o'rganiladi.
- Harakatlanuvchi yuklanish ta'sirida ko'priklarning tebranishlari: Ikkinchi bobda ko'priklarga harakatlanuvchi yuklar ta'sirida yuzaga keladigan tebranishlar o'rganiladi. Bunda ko'prikning vaznsiz holati, uning o'z og'irligi hisobga olingan hol, posangilar ta'sirida yuzaga keluvchi tebranishlar va yuk hamda ko'prik og'irligining bir paytda ta'siri ko'rib chiqiladi.