Мутахассисликка кириш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Kitobda mutaxassislikka kirish, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, talabalarning huquq va burchlari, yengil sanoat, gazlamalar tarixi, milliy kiyimlar tarixi, zardo'zlik san'ati, tikuvchilik korxonalari jihozlari, tikuv mashinalari, bosh kiyimlar tarixi va rivojlanishi, zardo'zlik san'ati va uning tarixi kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mutaxassislikka kirish: Ushbu modulda "Mutaxassislikka kirish" fani predmeti va vazifalari, oliy ta'lim tushunchasi va mohiyati, oliy ta'limning maqsad va vazifalari, oliy ta'lim tizimining tuzilishi, bakalavriat va magistratura bosqichlari haqida ma'lumot beriladi.
- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarixi: Ushbu modulda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tarixi, "Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari" kafedrasi tarixi, yo'nalish va mutaxassislik haqida tushuncha beriladi.
- Talabalarning huquq va burchlari: Ushbu modulda institut ichki tartib qoidalari, talabalarning huquq va burchlari, talabalar bilimini reyting tizimida baholash tartibi haqida ma'lumot beriladi.
- Yengil sanoat, tikuvchilik sanoati tarixi: Ushbu modulda O'zbekiston Respublikasi yengil sanoati, hududiy tashkil etilishi, to'qimachilik va tikuvchilik sanoatlari tarixi haqida ma'lumot beriladi.
- Gazlamalar va ularning tarixi: Ushbu modulda gazlamalarning paydo bo'lish tarixi, ilk o'rta asr gazmollari, gazlama to'qish tarixi, to'quvchilik dastgohlari va ularning vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Milliy kiyimlar tarixi: Ushbu modulda kiyimning kelib chiqish tarixi, kiyimlar rivojlanish bosqichlari, o'zbek milliy kiyimlarini ishlab chiqish texnologiyasi, milliy bosh kiyimlar tarixi va rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi.
- Zardo'zlik san'ati va uning tarixi: Ushbu modulda zardo'zlik san'ati va uning tarixi, zaruriy ashyo va asbob-uskunalar, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma'lumot beriladi.
- Tikuv mashinalari: Ushbu modulda tikuv mashinalarining yaratilish tarixi, MDX va chet mamlakatlarida tikuv sanoati mashinalarini ishlab chiqaruvchi firmalar va korxonalar, tikuv mashinalarining belgilanishi va rusumi haqida ma'lumot beriladi.
- Bosh kiyimlar tarixi: Ushbu modulda bosh kiyimlar tarixi, tasnifi va turlari haqida ma'lumot beriladi.