Таъмирлаш механика устахонасининг асосий иш кўрсаткичларини ҳисоблаш ва деталларга ишлов бериш учун темирчилик ва тоблаш бўлимини лойиҳалаш

Ushbu bitiruv-malakaviy ishida mashina va jihozlarning ta'mirlash turlari va usullari, detallarni tiklash usullari va vositalari o'rganib chiqildi. Shuningdek, ta'mirlash ustaxonasini loyihalash asoslari va jihozlar va ishchilar ish vaqtining tartiboti va fondi o'rganilib, 40000 odam/soat yillik mehnat hajmiga ega bo'lgan ta'mirlash ustaxonasining ishlab chiqarish dasturi mehnat hajmini aniqlash, talab etilgan stanoklar soni va ta'mirlash ustaxonasi shtatlarini hisoblash ishlari amalga oshirildi, ta'mirlash ustaxonasi bo'limlari to'g'risida ma'lumotlar berilib, bo'limlar maydoni hisoblab chiqildi va bu hisoblashlar asosida ta'mirlash ustaxonasi uchun temirchilik va toblash bo'limining loyihasi ishlab chiqildi. Ishda hayot faoliyati xavfsizligi qismi ham ko'rib chiqilgan bo'lib, unda ishlab chiqarish korxonalarida sog'lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash, mehnat xavfsizligi bo'yicha yo'l-yo'riqlar o'tkazish, ishlab chiqarish korxonalarida shovqinni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlar, elektr tokining inson organizmiga ta'siri, yong'in xavfsizligi masalalari o'rganildi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: O'zbekistonda mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki kunlaridan boshlab ishlab chiqarishni tarkibiy yangilash, uni zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida jadal rivojlantirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgani qayd etildi. Respublikamizda sanoatimizning uzluksiz va tez rivojlanib borishi ishlab turgan jihozlardan maksimal foydalanishni taqozo etadi. Bu – mashina, mexanizm va moslamalardan to'g'ri foydalanish: ularni xamisha ishga yaroqli xolatda saqlash hamda o'z vaqtida ta'mirlab turish kerak demakdir. Bu talab birinchi navbatda korxonalardagi ta'mirlash xizmatlariga taalluqlidir.
  • TEXNOLOGIK QISM: Mashinalarning yeyilishi, jihozlarning fizik yeyilishi va ma'naviy eskirishi, korroziya va detallarni korroziyaga qarshi qoplamalar bilan himoyalash, mashinalarni ta'mirlashning umumiy tuzilmasi va ta'mirlash usullari, jihozlarni ta'mirlashga topshirish, jihozlarni ta'mirdan qabul qilib olish, mashinalarni bo'laklarga ajratish, detallarni tiklash usullari va qurilmalari, jumladan ta'mir o'lchami ostida ishlov berish, qo'shimcha detallar o'rnatib tiklash, metallni plastik qayta taqsimlash usulida detallarni tiklash, gazli payvandlash, elektr yoyli payvandlash, detallarni kavsharlab tiklash, detallarni metallashtirish, yeyilgan detallarni suyultirib qoplangan usullarida tiklash, metallni flyus qatlami ostida avtomatik suyultirib qoplash, tebranma yoyli suyultirib qoplash kabi mavzular yoritilgan.
  • HISOBLASH-LOYIHALASH QISMI: Loyihalashning asosiy tushunchalari va ta'riflari, ta'mirlash ustaxonasining asosiy bo'limlari, jumladan chilangarlik bo'limi, stanoklar bo'limi, payvandlash bo'limi, temirchilik bo'limi, quvur o'tkazish bo'limi, tunukasozlik bo'limi, elektr ta'mirlash bo'limi, asbobsozlik bo'limi kabi bo'limlarning vazifalari va jihozlanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Jihozlar va ishchilar ish vaqtining tartiboti va fondi, talab etilgan stanoklar soni va ta'mirlash ustaxonasi shtatlarini hisoblash, ta'mirlash ustaxonasi bo'limlari maydoni kabi masalalar yoritilgan.
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI: Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat xavfsizligi bo'yicha yo'l-yo'riqlar o'tkazish, ishlab chiqarish korxonalarida sog'lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, ishlab chiqarish korxonalarida shovqinni kamaytirishga qaratilgan chora – tadbirlar, texnologik jarayonlarni xavfsizligini ta'minlovchi vositalar, elektr tokining inson organizmiga ta'siri, yong'in xavfsizligi masalalari yoritilgan.