O'zbekistonda arxiv ishi tarixi

Ushbu kitob O‘zbekistonda arxiv ishi tarixini milliy va ma’naviy jihatlarini ilmiy tahlil etishga,arxiv va arxiv hujjatlarining davlat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirishga, talabalarda arxiv va arxiv ishi tarixi haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarni hosil qilishga, O‘zbekistonda arxiv ishi tarixining ilmiy asoslarini o‘rganishga, tarixiy dunyoqarashni arxiv hujjatlari asosida rivojlantirishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida arxivlar faoliyatini jamoatchilik fikriga tayangan holda taraqqiy ettirishga, arxiv ishi tarixi va arxiv hujjatlarining ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi hamda xalqning tarixiy dunyoqarashini yuksaltirishdagi rolini tahlil etishga qaratilgan. Kitobda qadimgi, o‘rta asrlar, xonliklar, mustamlaka, sovet boshqaruvi va mustaqillik davrlarida O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi, arxiv muassasalari faoliyati hamda arxivchilarning xalqaro aloqalari bayon etilgan. Arxivshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish talablaridan kelib chiqqan holda fanning mohiyati va ahamiyatini ochib berishda xorijiy ilmiy metodologik yondoshuvlardan hamda adabiyotlardan foydalanilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fanining maqsad hamda vazifalari: Ushbu mavzuda arxiv atamasi, arxiv hujjati tushunchasi, fanning ob’ekti, pretmeti, maqsad va vazifalari, hamda fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida ma'lumot beriladi.
  • 2-Mavzu: O‘rta Osiyo hududidagi ilk arxivlar: Ushbu mavzuda O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv hujjatlarining topilishi, Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi, Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi haqida ma’lumot beriladi.
  • 3-Mavzu: O‘rta asrlarda arxiv ishi: Ushbu mavzuda ilk o‘rta asrlarga oid Mug‘ arxivining topilishi va o‘rganilishi, IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolalar davrida kutubxona-arxivlarining shakllanishi, Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot beriladi.
  • 4-Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi: Ushbu mavzuda Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi, Qo‘qon xonligida arxiv ishi tarixi haqida ma’lumot beriladi.
  • 5-Mavzu: Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda arxiv ishi: Ushbu mavzuda Rossiya imperiyasi boshqaruvi davrida Turkistonda arxiv ishi va Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi haqida ma’lumot beriladi.
  • 6- Mavzu: Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924yy.): Ushbu mavzuda Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi, arxivlarni markazlashtirish, yagona davlat arxiv fondi (YADAF) faoliyati va Turkistonda arxivlarda ish yuritish haqida ma’lumot beriladi.
  • 7-Mavzu: Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSRda arxiv ishi (1925-1945 yy.): Ushbu mavzuda 1925–1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi va Ikkinchi jahon urushi (1941–1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi haqida ma’lumot beriladi.
  • 8-Mavzu: O‘zbekiston SSRda arxiv ishining holati (1946-1991 yy.): Ushbu mavzuda Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishi va O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi haqida ma’lumot beriladi.
  • 9-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi: Ushbu mavzuda O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishining tashkil qilinishi, arxiv sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarining tasnifi va O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot beriladi.
  • 10-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi: Ushbu mavzuda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi haqida ma’lumot beriladi.
  • 11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi: Ushbu mavzuda O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining tashkil topishi, O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar va Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining faoliyati haqida ma’lumot beriladi.
  • 12-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati: Ushbu mavzuda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining tashkil topishi, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar va Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining faoliyati haqida ma’lumot beriladi.
  • 13-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hududiy davlat arxiv muassasalari: Ushbu mavzuda Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamda Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot beriladi.
  • 14-Mavzu: Qoraqalpog‘iston davlat arxivlarining tashkil topishi hamda faoliyati: Ushbu mavzuda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda saqlanayotgan fondlar tasnifi haqida ma’lumot beriladi.
  • 15-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik: Ushbu mavzuda O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning dolzarbligi va O‘zbekiston arxivchilarining xalqaro aloqalari haqida ma’lumot beriladi.