Органик кимё
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida yozilgan boʻlib, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining 5420100 — biologiya, 5620100 — agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5620200 — agronomlik, 5850200 — ekologiya va tabiatdan foydalanish taʼlim yoʻnalishlari bakalavrlariga moʻljallangan. Kitobda organik kimyo asoslari, biologik obyektlarda uchraydigan va hayot faoliyatida muhim oʻrin tutgan organik birikmalarning tuzilishi va xossalari yoritishga eʼtibor qaratilgan. Ushbu qoʻllanmada oʻsimlik va hayvon organizmlaridagi moddalar va ularning oʻzgarishidan tashqari oʻgʻitlar, pestitsidlar, polimerlar, dorivor moddalar haqida ham maʼlumotlar bor. Shuning uchun ham qoʻllanmada organik birikmalarning asosiy sinflari, ularning nomlanishi, reaksiyalarning borishi, moddalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Har bir mavzuning oxirida talabalarning mustaqil ishlashi uchun tayanch iboralar, savollar, mashqlar va kerakli adabiyotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Organik kimyo fani va predmeti. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi. Organik moddalarning xomashyo manbalari. Organik moddalarni ajratish, tozlash va tuzilishini o'rganish usullari. Organik moddalarning fizik-kimyoviy tadqiqot usullari: UB spektroskopiya, IQ spektroskopiya, YAMR spektroskopiya, Mass-spektrometriya.
- IZOMERIYA: Organik moddalarning sinflanishi. Organik moddalardagi kimyoviy bog'lar. Kimyoviy bog'ning elektron nazariyasi. Organik reaksiyalarning turlari. Nazorat savollari.
- ATSIKLIK BIRIKMALAR: ALKANLAR: Nomenklaturasi, Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Ayrim vakillari, Nazorat savollari.
- ALKENLAR: Alkenlarning olinishi, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Nazorat savollari.
- ALKADIENLAR: Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Nazorat savollari.
- ALKINLAR: Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Nazorat savollari.
- SIKLOPARAFINLAR: Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari.
- TERPENLAR, ARENLAR: Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Ko'p halqali aromatik birikmalar, Naftalin va uning tuzilishi, Antratsen guruhi, Nazorat savollari.
- GALOGENLI HOSILALAR: Monogalogenalkanlar, Di-, tri- va polihalogenalkanlar, To'yinmagan galogenli hosilalar, Aromatik uglevodorodlarning galogenli hosilalari, Fizikaviy, kimyoviy xossalari, Nazorat savollari.
- KISLOROD TUTGAN ORGANIK BIRIKMALAR: Bir atomli to'yingan spirtlar, Fenollar, Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Ikki va uch atomli fenollar, Nazorat savollari.
- OKSOBIRIKMALAR (ALDEGID VA KETONLAR): Alifatik aldegid va ketonlar, Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, Muhim vakillari, To'yinmagan aldegid va ketonlar, Ketenlar, Dikarbonil birikmalar, Nazorat savollari.
- KARBON KISLOTALAR: Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Kimyoviy xossalari, To'yinmagan bir asosli karbon kislotalar, Aromatik karbon kislotalar, Muhim vakillari.
- KARBON KISLOTA HOSILALARI: Murakkab efirlar, Galogenangidridlar, Kislota angidridlari, Kislota amidlari, Mochevina.
- LIPIDLAR: Yog'lar va moylar, Sovun va sintetik yuvuvchi vositalar, Mumlar, Murakkab lipidlar, Nazorat savollari.
- GIDROKSI- VA OKSOKISLOTALAR: Alifatik oksikislotalar, Nomenklatura va izomeriyasi, Fizik va kimyoviy xossalari, Nazorat savollari.
- AMINOKISLOTALAR VA OQSİLLAR: Aminokislotalar, Olinish usullari, Fizikaviy xossalari, Peptid va polipeptidlar, Oqsillar, Tabiiy va sun'iy oziq mahsulotlari, Nazorat savollari.
- UGLEVODLAR: Uglevodlarning sinflanishi, Monosaxaridlar, Izomeriya va konfiguratsiyasi, Olinish usullari.
- GETEROHALQALI BIRIKMALAR: Besh a'zoli geterohalqali birikmalar, Ikki geteroatom tutgan besh a'zoli geterohalqalar, Olti a'zoli geterohalqali birikmalar, Kimyoviy xossalari, Pirimidin va purin hosilalari, Nuklein kislotalar, Nazorat savollari.
- ORGANIK BIOFAOL VA O'STIRUVCHI MODDALAR: Alkaloidlar, Antibiotiklar, Vitaminlar, Fermentlar, Gormonlar, Pestitsidlar, Zararkunandalarga qarshi biologik usulda kurashish, O'simliklarning o'sishini boshqaruvchi moddalar, Nazorat savollari, Foydalanilgan adabiyotlar.