Triftoratsitilmetan atsilgidrazonlari bilan Ni(II) kompleks birikmalarining sintezi va tuzilishi

Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Triftoratsitilmetan asilgidrazonlari bilan Ni(II) kompleks birikmalarining sintezi va tuzilishi" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda organik kimyo va koordinatsion birikmalar kimyosi sohasidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan tadqiqotlar o'rin olgan. Ftorli organik birikmalarning sintezi, ularning tuzilishi, xossalari hamda Ni(II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalari tadqiq etilgan. Ishda ftorli diketonlar va ularning kislota gidrazidlari bilan o'zaro kondensatlanish reaksiyalari, olingan ligandlarning tautomer shakllari, xossalari hamda Ni(II) bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining tuzilishi, spektral tahlillari (IQ, YaMR, RSA) asosida o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ftorli organik birikmalar va ularning koordinatsion birikmalar kimyosidagi ahamiyati, tadqiqotning dolzarbligi va maqsadlari bayon etilgan.
  • Adabiyotlar tahlili: Ftorli ẞ-dikarbonil birikmalarning atsilgidrazonlari sintezi, tuzilishi, tautomerizmi, ularning Ni(II) bilan kompleks hosil qilishi va bu komplekslarning tuzilishi bo'yicha mavjud adabiyotlar tahlil qilingan.
  • Ekperimental qism: Sintezda qo'llanilgan reaktivlar, tadqiqot usullari (IQ, YaMR, RSA), ftorli ẞ-diketonlar sintezi, ularning aroilgidrazonlari sintezi hamda nikelli kompleks birikmalar sintezi bayon etilgan.
  • Olingan natijalar tahlili: Aroiltriftoratsetilmetanlar aroilgidrazonlari sintezi va tuzilishi, ularning tautomer shakllari (gidrazon, 5-gidroksi-2-pirazolin), hamda Ni(II) kompleks birikmalarining tuzilishi va xossalari tahlil qilingan.
  • Xulosa: Olingan natijalar asosida ishning asosiy xulosalari keltirilgan bo'lib, ftorli organik ligandlar va ularning Ni(II) komplekslari kimyosiga oid muhim ma'lumotlar berilgan.