Физикадан лаборатория ишлари услубий қўлланма

Ushbu uslubiy qoʻllanma biologiya ta’lim yonalishi uchun tayorlangan fizika fani ischi fan dasturiga asosan quyidagicha taqsimlanadi. Ushbu uslubiy qoʻllanma Buxoro davlat universiteti ilmiy kengashining __________ 201_ yilda bo’lib o’tgan №__ sonli majlisida ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi. Ushbu uslubiy qo’llanma fizika fanining barcha bo’limlari, ya’ni mexanika,molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro bo’limlari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan laboratoriya ishlari va ularga doir uslubiy ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan. Bu qo’llanma fizika fani bo’yicha “Biologiya” bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari dasturiga mos ravishda tayyorlangan. Ushbu uslubiy qo’llanmada har bir ishda ishning maqsadi, kerakli asbob va uskunalar, qisqacha nazariy ma’lumotlar, ishni bajarish va hisoblash tartibi va olingan natijalarni kiritish uchun kerakli jadvallar, nazorat savollari, fizikaviy kattaliklar jadvali hamda zaruriy adabiyotlar ro’yxati berilgan. Qo’llanma talabalarni mustaqil ravishda o’qituvchi rahbarligida laboratoriya ishlarini bajarishi uchun mo’ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Fizika o’quv laboratoriyasida ishlashda texnika xavfsizligi: Laboratoriya ishlarini bajarishga kirishishdan oldin hamma talabalar texnika Xavfsizligibilan tanishib, ishni bajarayotganda ushbu qoidalarga amal qilishlari shart.
  • O’lchash xatoliklari haqida tushuncha: Biz qo`llayotgan o`lchov asboblarini va sezgi organlarimizning uncha yaxshi takomillashmagani tufayli har qanday o`lchash natijalari ma’lum bir darajadagina aniqlikka ega bo`ladi. Shuning uchun ham, o`lchash natijalari bizga o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatini emas, taqribiy qiymatinigina beradi.
  • 1-LABORATORIYA ISHI: MATEMATIK MAYATNIKNING TEBRANISH QONUNLARINI O’RGANISH VA OG’IRLIK KUCHI TEZLANISHINI ANIQLASH: Ishning maqsadi: matematik mayatnikning tebranish davrini tebranish amplitudasiga va mayatnik uzunligiga bog’liqligini tekshirish va u vositasida yer tortish kuchi tezlanishini aniqlash.
  • 2-LABORATORIYA ISHI: SUYUQLIK VA QATTIQ JISMLARNING ZICHLIGINI GIDROSTATIK TORTISH USULI BILAN ANIQLASH: Ishning maqsadi: suyuqlik va qattiq jism zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlash malakasini hosil qilish.
  • 3-LABORATORIYA ISHI: MODDA ZICHLIGINI PIKNOMETR VOSITASIDA ANIQLASH: Ishning maqsadi: suyuq va qattiq jismlarning zichligini piknometr vositasida aniqlashni o’rganish.
  • 4-LABORATORIYA ISHI: AYLANAYOTGAN JISM UCHUN DINAMIKANING ASOSIY QONUNINI TEKSHIRISH (OBERBEK MAYATNIGI): Ishning maqsadi: Oberbek mayatnigida aylanma harakat dinamikasining asosiy qonunini eksperimental tekshirish.
  • 5-LABORATORIYA ISHI: AG’DARMA MAYATNIK YORDAMIDA OG’IRLIK KUCHI TEZLANISHINI ANIQLASH: Ishning maqsadi: Ag’darma mayatnik yordamida og’irlik kuchi tezlanishini o’lchash.
  • 6-LABORATORIYA ISHI: SUYUQLIKLARNING SIRT TARANGLIK KOEFFISIENTINI TOMCHI USULI YORDAMIDA ANIQLASH.: Ishdan maqsad: Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini turli xil usullar bilan laboratoriya sharoitida aniqlab, suyuqlikning tuzilishi, uning sirtida sodir bo’luvchi hodisalar haqidagi bilimlarni mustaxkamlash.
  • 7-LABORATORIYA ISHI: HAVONING NISBIY NAMLIGINI AVGUST PSIXOMETRI BILAN ANIQLASH.: Ishning maqsadi: Psixometr yordamida havodagi nisbiy namlikni aniqlash.
  • 8-LABORATORIYA ISHI: EGILISH BO’YICHA YUNG MODULINI ANIQLASH: Ishning maqsadi: Egilish elastik deformatsiyasini o’rganish va Yung modulini aniqlash.
  • 9-LABORATORIYA ISHI: SHARCHANING ERKIN TUSHISHI USULIDA SUYUQLIKNING ICHKI ISHQALANISH KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH (STOKS USULIDA): Ishning maqsadi: Suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsiyentini tajriba yo’li bilan aniqlash.
  • 10-LABORATORIYA ISHI: PUAZEYL USULI BILAN ICHKI ISHQALANISH (YOPISHQOQLIK) KOEFFITSIYENTINI SUVNI KAPILLYAR NAYCHADAN OQIZISH YORDAMIDA ANIQLASH: Ishning maqsadi: Suvni ichki ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash.
  • 11-LABORATORIYA ISHI: HAVONING ISSIQLIK SIG‘IMLARI NISBATI SP / SV NI TOPISH.: Ishning maqsadi: gaz solishtirma issiqlik sig`imlarining nisbatini aniqlash.
  • 12-LABORATORIYA ISHI: O‘ZGARMAS TOK KO‘PRIGI YORDAMIDA QARSHILIKLARNI O‘LCHASH: Ishning maqsadi: ko‘prik sxema yordamida qarshiliklarni o‘lchash mumtoz usuli bilan tanishtirishdir
  • 13-LABORATORIYA ISHI: O‘TKAZGICHNING SOLISHTIRMA QARSHILIGINI HISOBLASH.: Ishning maqsadi: Texnikaviy usul yordamida tok kuchi va kuchlanishni aniq o‘lchash orqali xronmonikel o‘tkazgichining solishtirma qarshiligini aniqlash,
  • 14-LABORATORIYA ISHI: O’ZGARUVCHAN TOK KO’PRIGI YORDAMIDA KONDENSATOR SIG’IMINI ANIQLASH.: Ishdan maqsad: Kondensatorlar bilan tanishish va ularning elektr sig’im kattaligini o’lchash.
  • 15-LABORATORIYA ISHI: MODDANING ELEKTROKIMYOVIY EKVIVALENTI, FARADEY SONI VA ELEKTRON ZARYADI MIQDORINI ANIQLASH: Ishning maqsadi: moddaning elektrokimyoviy ekvivalentini, Faradey sonini va elektron zaryadini aniqlash va olingan natijalarni jadvaldagn qiymatlari bilan solishtirish.
  • 16-LABORATORIYA ISHI: YARIM O’TKAZGICHLI DIODNI VOLT-AMPER TASNIFINI ANIQLASH: Ishning maqsadi:1. Yarim o'tkazgichli diodning tuzilishini va turlarini o'rganish. 2. Yarim o'tkazgichli dioddan o'tayotgan tokning unga qo'yilgan kuchlanishga bog'liqligini o'rganish va tekshirish.
  • 17-LABORATORIYA ISHI: FARADEY DOIMIYSINI ANIQLASH: Ishning maqsadi:1. Elektroliz yordamida vodorodni hosil qilish va uning V hajmini o’lchash. 2. Elektroliz natijasida ishlatilgan elektr ishni W o’lchash. 3. F Faradey doimiysini aniqlashni o’rganish
  • 18-LABORATORIYA ISHI: TANGENS-BUSSOL YORDAMIDA YER MAGNIT MAYDON KUCHLANISHINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH: Ishning maqsadi:1.Tangens-Bussol yordamida yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini o‘lchash 2. O‘lchash xatoliklarini hisoblash
  • 19-LABORATORIYA ISHI: O'ZGARUVCHAN TOK UCHUN OM QONUNINI TEKSHIRISH: Ishning maqsadi:1.O'zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonunining bajarilishini o'rganish
  • 20-LABORATORIYA ISHI: BESSEL USULI BILAN QAVARIQ VA BOTIQ LINZALARNING FOKUS MASOFASINI ANIQLASH: Ishning maqsadi: Tajriba yo’li bilan qavariq va botiq linzalarning fokus masofasiniBessel usulida aniqlash.
  • 21-LABORATORIYA ISHI: DIFRAKSION PANJARA YORDAMIDA YORUG'LIK TO'LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH: Ishning maqsadi:1. Oq yorug'lik 7 xil rangdagi va to'lqin uzunligidagi nurlardan tashkil topganligi haqida tushuncha berish 2. Yorug'likning bar xil rangiga turli xil to'lqin uzunliklari mos kelishini tajribada aniqlashni o'rganish 3.Difraksion panjara haqida tushuncha va tasavvur hosil qilish.
  • 22-LABORATORIYA ISHI: MIKROSKOP YORDAMI BILAN SHISHANING SINDIRISH KO’RSATKICHINI ANIQLASH: Ishning maqsadi:Shishaning sindirish ko’rsatkichinitajriba yo’li bilananiqlash.