Dinamik ekosistemalarning evolutsion operatorlari
Ushbu dissertatsiya avtorning uslubiga mos ravishda, mavzuni alohida boblarga bo'lib, har bir bobni o'ziga xos yo'nalishda yoritib berishga harakat qilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - mavzuga oid ilmiy izlanishlar olib borib, yangi natijalarni ochish va ularni taqdim etish. Dissertatsiyada ekologiya va matematika fanlarining o'zaro bog'liqligi, rivojlanishi va tatbiq etilishi masalalariga keng o'rin berilgan.
Asosiy mavzular
- EKOSISTEMALAR: Ushbu bobda ekosistemaning o'zi nima ekanligi, uning paydo bo'lib rivojlanish tarixi, asoschilari, ekosistema haqidagi ta'limot haqida fikr- mulohazalar yuritilgan. Bob ikkita mavzuni qamrab olgan bo'lib, birinchi mavzuda yuqorida aytilgan ma'lumotlar yuzasidan izlanishlar olib borilgan bo'lsa, ikkinchi mavzuda esa ekosistemalarning tarkibi, tuzilishi, turli belgi va sifatlariga qarab ajratilgan turlari haqida, shu bilan bir qatorda har bir tur biomning o'ziga xos xususiyati, unda o'sadigan o'simliklar, harorat, yillik o'rtacha namlik, yog'ingarchilik haqida ham qisqacha ma'lumotlar berilgan.
- EVOLUTSION OPERATORLAR: Dissertatsiyaning ikkinchi bobi "Evolutsion operatorlar" deb nomlangan bo'lib, unda evolutsion operatorlarning o'zi nima ekanligi, qanday hosil qilinishi, tarkibiy qismlari, uning ustida olib boriladigan matematik hisoblashlarning bajarilish tartibi, ularga oid tasdiqlar, ta'rif-u teoremalar va ularning isbotlari, xulosa-yu natijalari orqali keng yoritilishga harakat qilingan. Bob ikkita mavzudan tashkil topgan bo'lib birinchi mavzu asosan ozod populyatsiyaning evolutsion operatorlariga bag'ishlangan bo'lib mavzu shu kunga qadar bu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan akademik-olimlarimizning ilmiy asarlari, ilmiy maqolalari va mavzuga oig misollar bilan boyitilgan. Bobning ikkinchi mavzusida esa evolutsion operatorlarning qo'zg'almas nuqtalari, ularning tiplari, mazmun – mohiyati, ularni aniqlash, tekshirish usullari o'rganilgan.
- OKEAN EKOSISTEMASINING EVOLUTSION O'ZGARISHI: Dissertatsiyaning uchinchi bobi uning yangilik qismi hisoblanadi. Bobda yuqoridagi ikkala bobda o'rganilgan bilimlar, nazariyalardan kelib chiqqan holda bir okean ekosistemasining ushbu evolutsion operatori o'rganilgan. Ushbu operatorning qo'zg'almas nuqtalai topilgan, tekshirilgan, bu qo'zg'almas nuqtalarning tiplari, xususiyatlari aniqlangan va evolutsion operatorning chegaraviy nuqtalari ko'rsatilgan.