Умумий психология

Ushbu kitob umumiy psixologiya fanidan olingan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda psixologiya fani, uning tarixi, asosiy tushunchalari, psixik jarayonlar va hodisalar, shaxs psixologiyasi, rivojlanish bosqichlari hamda turli nazariyalar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Psixologiya faniga evolyutsion kirish: Mazkur mavzu psixologiya atamasining turli nomlari, ilmiy va ilmiygacha bo‘lgan psixologiya, ijtimoiy, tabiiy fanlar va psixologiya, psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi, ilmiy va hayotiy psixologiya va ularning o‘zaro aloqasi, fanlar tizimida psixologiyaning o‘rni, psixologiya tabiiy va gumanitar fan sohasi sifatida, matematik bilimlarni psixologiyadagi o‘rni, ilmiy psixologik bilimlarni o‘ziga xosligini o‘rganadi.
  • Psixikaning evolyutsiyasi va vujudga kelishi. Tabiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari: Ushbu mavzu inson psixikasining umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari, evolyusiyada tabiiy tanlanishning o‘rni, Darvin nazariyasi, William James va instinktlar psixologiyasi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
  • Shaxsning evolyutsion jihatdan rivojlanishi: Mazkur mavzu shaxsning evolyusion jihatdan rivojlanishi, shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar, evolyusion nazariyalar va shaxs, shaxs filogenezi va ontogenezi, ijtimoiy ishlab chiqarish inson hayotining usuli sifatida, mehnat faoliyat xususiyati, ehtiyojlarning vujudga kelishi, inson ijtimoiy mavjudot sifatida, individ, sub’ekt, shaxs, individuallik tushunchasi kabi mavzularni qamrab oladi.
  • Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi: Mazkur mavzu psixologiya va ijtimoiy fanlarda ong muammosi, ijtimoiy va individual ong, ongning vujudga kelishida jamoa, mehnat faoliyati va nutqning o‘rni kabi masalalarni o‘rganadi.
  • Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish: Ushbu mavzu inson rivojlanish davri psixologik prinsiplari va asoslari, shaxsning vujudga kelishi inqirozlarning rivojlanishi va ularning roli, shaxsning psixik rivojlanishini tabaqalashtirish sxemasi, S.Xollning bola taraqqiyoti konsepsiyasi, kognitiv orientatsiya, ijtimoiy psixologiyada shaxs kamoloti bosqichlari, E.Eriksonning epigenetik taraqqiyot konsepsiyasi, shaxsning psixosotsial holati, shaxs kamolotida nizolarning roli, shaxs kamolotining bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari: Mazkur mavzu metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi, shaxsni o‘rganish, psixologiya tarixida shaxsning o‘rni, shaxsni etnik va gender jihatdan o‘rganish, shaxsni baholash, shaxsni tadqiq etish, shaxs nazariyalarini belgilovchi mezonlar, G‘arb psixologiya maktabalarida shaxsni tadqiq etish g‘oyasining o‘ziga xosligi, A.G.Asmolov bo‘yicha shaxsni tadqiq etishda bilish vaziyatlari xususiyatlari, shaxsni o‘rganishda tizimlilik prinsipi, faollik prinsipi, taraqqiyot prinsipi, determinizm prinsipi, shaxs psixologiyasi, ko‘p qirraliligi, individ, shaxs, individuallik kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
  • Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari: Ushbu mavzu psixoanaliz nazariyasi psixik voqelikni ilmiy bilish shakli sifatida, psixologik nazariyaning o‘ziga xosligi, implisit konsepsiya, eksplisit konsepsiya, Z.Freydning klassik psixoanalizi, ilmiy ijodning uch bosqichi, Freyd bo‘yicha psixoseksual taraqqiyot bosqichlari, K.Yungning analitik psixologiyasi, arxetip va psixik funksiya tushunchalari, individuatsiya va uning bosqichlari, shaxs tpologiyasiga yondashuvlar, nomukammallik tuyg‘usi va nomukammallik kompleksi, shaxsiy va konstruktiv ustuvorlik, hayotiy maqsad va hayotiy uslublari, klassik psixoanalizning olti tamoyili, zamonaviy psixoanaliz yo‘nalishlari kabi masalalarni o‘rganadi.
  • Shaxs ekzistensial psixologiyasi: Mazkur mavzu psixologiyada ekzistensial yo‘nalishning vujudga kelish tarixi, Karl Yaspers va Martin Xaydeggerning psixologiyaga ta’siri, Lyudvig Binsvanger va Medard Bossning, Viktor Franklning ishishaxs psixologiyasidagi ekzintesial an’ana misolida, K.Levin maydon nazariyasining asosiy prinsiplari, maydon nazariyasining strukturaviy qismi, nazariyaning dinamik qismi, K. Levin maktabining eksperimental ishlari, kognitiv psixologiyaning vujudga kelishi kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Shaxsning sotsial tasavvurlari: Ushbu mavzu shaxsning sub’ektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi, «Men» strukturasi va uni har xil yo‘nalishlarda tadqiq etish, o‘zini o‘zi baholash, Men konsepsiyasi, o‘z-o‘ziga munosabat, real va ideal “men”, U.Djemsning empirik «Men» mavjudligining uch jabhasi, o‘zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi, egoizm, altruizm tushunchalari, shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini ifodalash va o‘z-o‘zini e’tirof etish, shaxsning psixologik yo‘nalishlari va hayotiy pozisiyasi, erkinlik va javobgarlik jihatlari shaxs tanlanmasining o‘lchami sifatida kabi masalalarni o‘rganadi.
  • Shaxs taraqqiyotining psixotik, chegaralangan va nevrotik darajalari: Mazkur mavzu shaxsdagi buzilishlarning xarakteri va darajasi haqidagi tasavvurlar, N.MakVilyams yondashuvi, shaxs taraqqiyot darajalari mezonlari, shaxs taraqqiyotining psixotik, chegaralangan va nevrotik darajalari, ishonch-ishonchsizlik, yaqinlashuv-qochish muammolari, O.Kenbergning strukturali yondashuvi, strukturaviy intervyu kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
  • Shaxsning individuallik xususiyatlari va ularning roli: Ushbu mavzu shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini, individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifatida, insonlar orasida individual farqlarni o‘rganishning evolyusion sohasi, antropogenezda inson evolyusion mexanizmining gipotezasi, inson shaxsi va individuallik xususiyatlari, individuallik xususiyatlari klassifikatsiyasi va ularning shaxs xulq-atvori regulyatsiyasidagi o‘rni, individ organik ehtiyojlarining shaxs xulq-atvoriga ta’siri, temperament, temperament haqida faktorlik konsepsiyalar va ularning tanqidi, ONF tiplari xususida I.P.Pavlov nazariyasi, temperament haqida hozirgi zamon nazariyalari, temperamentning evolyusion jarayonga moslashish imkoniyatlari, psixologiyada xarakter muammosi, xarakter shakllanishi, xarakter aksentuatsiyasi, jinsiy dimorfizm va individning psixologik tavsifi, jinsiy farqlanishning psixologik muammolari, shaxsning instrumental darajalari, maxsus va umumiy qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kabi masalalarni qamrab oladi.