Техник тизимларда ахборот технологиялари
Ushbu uslubiy qoʻllanma "Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun tayyorlangan boʻlib, u davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan. Ushbu uslubiy qoʻllanma “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari" fani bo'yicha institut I-kurs 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti), 5310200-Elektr energetikasi, 5111000-Kasbiy ta'lim, 5310700-Elektr texnikasi, elekr mexanikasi va elektr texnologiyalari (sanoat), 5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, joriy baholashlarni oʻtkazishda, talabalarni o'z bilimlarini oshirishda foydalanish mumkin. Uslubiy qoʻllanma “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedra uslubiy seminarida koʻrib chiqilgan. Uslubiy qoʻllanma energetika fakulteti uslubiy kengashida koʻrib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Laboratoriya ishi № 1: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyena talablari. Shaxsiy kompyuterni texnik xarakteristikasini aniqlash.
- Laboratoriya ishi № 2: Ikkilik sanoq tizimi: mantiqiy arifmetik amallar va elementlar
- Laboratoriya ishi № 3: Ubuntu 16.04 distributivining terminali bilan ishlash.
- Laboratoriya ishi № 4: MS Word dasturida "Kompyuter qurilmalari" mavzusida elektron qo'llanma yaratish
- Laboratoriya ishi № 5: MS Access dasturida guruh talabalari ma'lumotlar bazasini yaratish.
- Laboratoriya ishi № 6: SQL so'rovlar tili yordamida guruh talabalari ma'lumotlar bazasini yaratish
- Laboratoriya ishi № 7: Adobe Photoshop dasturida institut logotipini yaratish.
- Laboratoriya ishi № 8: MatCAD dasturida soda arifmetik amallarni bajarish.
- Laboratoriya ishi № 9: Simsiz lokal tarmoq hosil qilish.