Sanoat korxonalarida kadrlar strategiyasini shakllantirish masalalari

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "ORSHAN TEXTILE PRODUCTION" MCHJ korxonasida kadrlarni boshqarish strategiyasini shakllantirish va samarali foydalanish yo'llari tadqiq etilgan. Ishda "ORSHAN TEXTILE PRODUCTION" MCHJ ning mehnat unumdorligi, ishchilarning malakasi, ishchi kuchi bilan ta'minlanganligi va mehnatga haq to'lash tizimi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida korxonada mehnat unumdorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kadrlar strategiyasini shakllantirishning korxona faoliyati samaradorligiga ta'siri: Korxonaning kadrlarni boshqarish strategiyasi tashkilotning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish uchun kadrlarga ta'sir etish tizimini ishlab chiqish va tahlil qilish, baholashga imkon beradigan qarorlar ketma-ketligi va harakatlar yig'indisidan iborat. Kadrlar boshqarish strategiyasi hodimlarning qobiliyatlari yoki istiqboldagi maqsadlarining ro'yobga chiqarilishini ta'minlovchi, hodimlarni tanlash nuqtai nazaridan tashkilotning umumiy istiqboldagi vazifalarini amalga oshirishni tahlil etish usullari va amallarini talab etadi.
  • Korxonada kadrlar siyosatini baholash: Mahsulot ishlab chiqarish, sotish, mahsulot tannarxi va rentabellik ko'rsatkichlari bo'yicha rejasini bajarilishiga juda ko'p texnik-iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta'sir qiladi va ular uch guruhga bo'linadi: Korxonaning kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasi va ulardan samarali foydalanish, Korxonaning asosiy fondlar bilan ta'minlanganlik darajasi va ulardan samarali foydalanish, Korxonaning moddiy resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi va ulardan samarali foydalanish.
  • Kadrlardan foydalanish holatining korxona pirovard natijalarga ta'siri tahlili: Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda kadrlardan samarali foydalanishga baho beradigan hodimlar rentabelligi ko'rsatkichi katta ahamiyatga ega va bu ko'rsatkich mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda miqdorini o'rtacha ro'yxatdagi sanoat ishlab chiqarishdagi ishlovchilar soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
  • Yengil sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yo'nalishlari: Yengil sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning navbatdagi yo'nalishlaridan biri – ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishdir. Bu yo'nalish o'z ichiga quyidagilarni oladi: Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish, Ishlab chiqarish me'yorlarini orttirish, Xizmat ko'rsatish hududlarini kengaytirish, Ish vaqtini samarasiz yo'qotishlarini kamaytirish.