Квантовые осцилляционные явления и полупроводниках

Ushbu kitobda yarimo'tkazgichlarda Magnit maydonining kvant hodisalari, xususan Shubnikov-de Haas va de Haas-van Alphen effektlari tahlil qilinadi. Unda magnit maydonining yarimo'tkazgichlarning energiyaviy tuzilishi, elektronlarning holat zichligi va termodinamik xossalariga ta'siri, shuningdek, harorat va bosimning bu effektlarga ko'rsatadigan ta'siri chuqur o'rganilgan. Kitobda nazariy hisob-kitoblar va eksperimental natijalarning qiyosiy tahlili berilgan hamda yarimo'tkazgichlarning Magnit hodisalarini o'rganishda zamonaviy usullar va yondashuvlar ko'rsatilgan. Kitob yarimo'tkazgichlar fizikasida tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kvant osillyatsion hodisalarning magnit maydonida o'rganilishi: Magnit maydonida yarimo'tkazgichlarning energiyaviy spektrining kvantlanishi va shu natijasida yuzaga keladigan osillyatsion hodisalar, jumladan Shubnikov-de Haas va de Haas-van Alphen effektlarining nazariy va eksperimental asoslari yoritilgan.
  • Haroratning kvant osillyatsion hodisalarga ta'siri: Haroratning oshishi bilan bog'liq bo'lgan termik kengayishlarning Landau darajalariga va natijada holat zichligining o'zgarishiga, shuningdek, osillyatsion hodisalarning amplitudasi va davriy o'zgarishlariga ta'siri ko'rsatilgan.
  • Bosimning kvant osillyatsion hodisalarga ta'siri: Bosimning yarimo'tkazgichlarning energiyaviy tuzilishiga, jumladan, ta'qiqlangan zonaning kengligiga va Landau darajalarining o'zgarishiga ta'siri o'rganilgan va bu o'zgarishlarning osillyatsion hodisalarga qanday ta'sir ko'rsatishi tahlil qilingan.
  • Kvant osillyatsion hodisalar uchun nazariy modellash va hisoblash usullari: Magnit maydonida yarimo'tkazgichlarning holat zichligini va boshqa xossalarini hisoblash uchun Maple dasturida ishlab chiqilgan nazariy modellalar va usullar haqida ma'lumot berilgan.