Matoni qattiqligini aniqlash standartlari va sinov jihozlari tahlil

Ushbu bitiruv malakaviy ishi toʻqimachilik matolarini qattiqligi (bikrligi)ni oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, standartlar, zamonaviy jihozlar va tajriba sinovlar natijalari keltirilgan. Bundan tashqari tikuvchili va toʻquvchilik korxonalari uchun sinov labaratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan loyihalash variant tavsiya qilindi. Matoni bikrligi boʻshqa sifat koʻrsatgichlariga ta'siri oʻrganildi. Toʻqima matolarining tasnifi va sifat koʻrsatgichlari tahlil qilish natijasida matoning bikrligiga sinov tajribalarini oʻrganish natijasida uning oʻrilish turlari, zichligi, mato tashkil etuvchi tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi, iplarning eshimi va mato ipining tolaviy tarkibi katta taʼsir qilar ekan. Bitiruv malaka ishining bir muhim tarafi toʻquvchilik sanoatida materiallarning qattiqligini aniqlab tikuvchilikka taqdim etish. Tikuvchilik sanoatida esa xarid qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaridish maqsadi va xaridor talabidan kelib chiqib gazlamalarni xarid qilish uchun va sifatni belgilashda qattiqlikning roli koʻrsatib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • 1. BOB. MATONING QATTIQLIGINI ANIQLASHDA STANDARTLAR TAHLILI VA QOTIRMA MATO OʻRNI, AHAMIYATI, JIHOZLAR TAHLILI: Ushbu bobda toʻqimachilik matolarining qattiqligi (bikrligi) tikuvchilik materiallari ichida asososan qotirma mato ishlab chiqarish bilan me'yorlashtiriladi. Qotirma mato ishlab chiqarishdan asosiy maqsad tikuv buyumlarining ba'zi qismlarini mustahkam, bejirimligi va chiroyini yoqotmasligidir. Toqimqchilik qotirma matolari kostyum, plash, palto, texnik matolar va boshqa sohalar uchun ishlatiladi. Qotirma matolar ishlatilish maqsadiga koʻra kosyumbop, paltobop, poyabzal uchun va boshqa maqsulotlar uchun mo'ljalanib ishlab chiqariladi. Oz navbatida qotirma matolar mavsumga qarab qalinligi, oqirligi, bikrligi va boshqa xossa ko'rsatgichlariga oʻrilish turi, gazlamaga yelim sepish turlari va texnogiyalar tanlanishi lozimdir. Kiyim qismlarini yoqalarga, cho'ntaklarga, belbandlarga va boshqa maxsus qismlariga ishlov berishda yelim qoplamali qotirma to'qimalar qoʻllaniladi. Qotirma matolarni ishlab chiqarishda yelim surtish texnologiyasiga qarab ikkiga bir yuzlamalilar va ikki yuzlamali qotirma matolarga boʻlinadi. Bir yuzlamalilar polimer qoplamani asosiy gazlamaning teskari tomonidan bir yuzlama surtish yoki sepish yo'li bilan olingan matolardir. Ikki yuzlamali qotirma matolar ikki, baʻzan uch xil matolarni birlashtirish yoʻli bilan olingan qavat matolardir. Bunday matolarni tayyorlashda asosiy mato sifatida tolasining tarkibi har xil, tashqi ko'rinishi chiroyli, vazni yengil, pishiq va chidamli gazlama va trikotajlardan foydalaniladi. Ikki yuzlamali qotirma matolarning afzaligi kiyimning astarlik vazifasini gazlama, porolon, trikotaj va notoʻqima matolarning oʻzi bevosita bajarishi mumkin. Issiqlik saqlovchi kiyimlarni ishlab chiqarish uchun qavatlangan mato tayyorlashda astarlik sifatida asosan jungazlamalari, qalin trikotaj va notoʻqima matolar qamda suniy mo'ynalar ishlatiladi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qotirma matoni texnik koʻrsatgichlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida yangi tarkibli qotirma toʻqima va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratildi. Rossiyalik olimlar yoqaning bir qatlamli va ikki qatlamli paketlar olinib, ularning bikrligi, kirishuvchanligi qqmda paketlarning elimlanish mustaqkamligi kabi ko'rsatgichlari oʻrganilib, tajriba natijalarida paket qatlamlari oshgan sari bikrligi oshib borishi, ya'ni ikkinchi qatlam qo'shilganda 3-5 baravar, uchinchi qatlam qoʻshilganda esa 5-7 barobar bikrlik ko'rsatgichi oshishini aniqlangan. Toʻqimachilik qotirma matolarining sifat koʻrsatgichlari muhim ahamiyatga egadir. Hozirda raqobatbardosh mahsulotlar ko'pligi sababli sifatli mahsulot bozorni egallamoqda. Xaridorgir to'qimachilik mahsulotlari albatta tashqi ko'rinishi, uzoq muddatga chidashi va tan narxining arzonligidadir. Engil vaznli qotirma mato ishlab chiqarishda to'qimaning sirti boʻyicha polotno oʻrilish qoʻllanilishi koʻrsatilgan. Ushbu oʻrilish bilan to'qilgan to'qimalar zichligi nisbatan kam bo'lsa ham qotirma matoning sifati pishiqligiga qo'yilgan talablarga javob beradi. Kiyim asosan choʻzuvchi, bukuvchi, ezuvchi, ishqalanish kuchlar ta'sir etishi sababli eskirishi mumkin. Shu sababli kiyimning shaklini yaxshi saqlanishida va uzoqqa chidashida gazlamaning turli mexanik ta'sirlarga chidamliligi mexanik xossalari katta rol o'ynaydi. Gazlamaning mexanik xossalariga pishiqligi, uzayishi, toʻzishga chidamliligi, q'ijimlanuvchanligi, draplanuvchanligi, bikrligi va boshqa xossalari kiradi. Tahlil va tadqiqod natijasida to'qimaning oʻrilish rapporti, zichligi va ipning chiziqli zichligining oʻzgarishi toʻqimaning xossa koʻrsatgichlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan to'qimalarning bikrligini aniqlashda uskuna tayyorlanib gazlamaning bikrligi tikuvchilik sanoatining eng muhim xossalaridan birini aniqlash metodikasi yoritilgan va tajribalardan namunalar keltirilib, bikrlikning eng muhim ko'rsatgichlardan biri ekanligi aniqlangan. Koʻpgina tadqiqodlar natijasida gazlama iplarini har xil tizimi boʻyicha maksimal zichlikni aniqlash uchun formula yaratdi. Baza sifatida kvadrat tuzilishidagi galamaning zichligi qabul qilingan. Kvadrat tuzilishidagi ip gazlama, avrli va movut gazlamalar zichligini hisoblab chiqish uchun moʻljallangan Brayerning formulasi quyidagicha: "Pк = 1350 T". Ushbu formula orqali avvalgi tadqiqodlardan farqli ravishda Brayerley olingan natijalar asosida faqat chiziqli zichligi turqun boʻlmagan hamda to'qimaning zichlik boʻyicha va iplarning chiziqli zichligi boʻyicha turqun boʻlmagan (RT=RA, TT=TA) gazlamalarni tadqiq qilgan. Professor S.D. Nikolaev u o'z tadqiqotlarini toʻqimachilik iplarini egilishdagi bikrligini aniqlashni nazariy asoslarini yaratilishiga va ip bilan toʻqima bikrliklarini boqliqligiga baq'ishlangan. Tadqiqotlar natijasida, muallif tavsiya etgan usulni qoʻllash bilan ip va murakkab jism (toʻqimani) qirqim inersiya momentini hisobini natijalari toʻqimachilik mahsulotlarin haqiqiy xususiyatlariga boq'liqligini aniqlash imkoniyatini mavjudligi koʻrsatilgan. Professor A.N. Solovev tadqiqotlari toʻqimachilik materiallarini aniqlash usullariga baq'ishlangan. Oʻsha davrgacha boʻlgan bikrlikni aniqlash usullarini taxlili natijasida muallif mavjud usullarini kamchiliklarini koʻrsatib, oʻzlarini yaratgan usulini keltirgan va muallif yangi usulni bikrlikni aniqlash standartiga kiritishni tavsiya etgan. Toʻqimachilik gazlamalarining bikrligi bevosita uning tuzilishiga boq'liq. Gazlamaning tuzilish nazariyasini rivojlanishiga koʻpgina olimlar xissa qoʻshgan. Gazlamaning tuzilish fazalari to'q'risidagi tushuncha birinchi marta professor N.G.Novikov tomonidan muomilaga kiritilgan. U tanda va arqoq iplarini oʻzaro joylashishdan kelib chiqib to'qqiz faza tartibini farqlanishi va gazlamaning tuzilish fazalarining turli fazalari bilan nomladi. Toʻqimachilik qotirma matolarini ishlab chiqarishda va uning sifatini belgilovchi koʻrsatgichlardan biri bu qalinlikdir. Rus olimi N.F.Surnina toʻqima tuzilishini aniqlovchi omillar bilan uni qalinligi orasidagi boqliqlikni aniqladi. Bunda toʻqimaning qalinligi analitik va eksperimental usullarida aniqlanadi. Toʻqima qalinligiga arqoq ipining chiziqli zichligini ta'sirini oʻrganishda N.F.Surnina formulalaridan foydalaniladi. Polotno oʻrilishli toʻqimalar uchun V.I.Smirnov toʻqima qalinligini qaysi sitema iplari (tanda yoki arqoq) toʻqima sirtiga chiqishini hisobga olib tanda yoki arqoq qoplanishi ekanligini tavsiya etgan. Bunda sistema iplarining diametri va oʻrilishdagi iplarning egilish balanligi qisobga olingan qolda tanda va arqoq qoplanishlari qisoblash tavsiya berilgan. V.I.Smirnov ishida muayyan polotno oʻrilishdagi gazlamalar tuzilishi borasidagi nazariy tadqiqodlar natijalarining tartibga solingan bayoni berilgan. Bunda toʻlqin balandligini qisob kitob bitiruv malaka ishining taqliliy va tasviriy usullarini qamda gazlama tuzilishining fazalarini keltirilgan. Gazlamaning tuzilish doirasidan foydalanish yo'li bilan gazlamaning tarkibiy elementlari oʻrtasidagi boq'liqlikni aniqlangan. Gazlama ishlab chiqarishda O.S.Kutepov va F.M.Rozanov nazariyalaridan foydalanish asosida gazlamalarni loyiqalash usulini ishlab chiqdi. Unda gazlamani loyiqalash uchun quyidagi koʻrsatgichlarni nazardi tutish zarurligini tavsiya etadi: Toʻqimaning sirt zichligi; To'qimaning muvozanatsizligi darajasi; Iplarning zichligi, chiziqli zichligini va boshqalar. Qotirma mato ishlab chiqarishda matolarga yelim sepish texnologiyalari va jihozlari Qotirma mato ishlab chiqarishda yelim sepish texnologiyasining ahamiyati juda katta. Qozirgi kunda yelimning sifati va uni qanday sepish texnologiyalaridan foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Qozirgi kunda Oʻzbekistonda faqatgina Namangan viloyatida "Dublirin" mas'uliyati cheklangan jamiyatida chet eldan keltirilgan gazlamalarga yelim sepib tikuchilik korxonalariga yetkazib bermoqda. Korxona Xitoy xalq respublikasidan keltirilgan jiqoz yordamida gazlamalarga suyuq yelim bilan silindr yordamida sintez polimerni nuqta va sepish usulida qotirma mato ishlab chiqaradi. Elimlashning mustahkamligi kiyimning yelim texnologiyasi omillariga, asosiy va yelimli matoning tarkibi va tuzilishiga boq'liq. Rus olimlari B.A.Buzov, T.Yu.Mexaylenko va N.V.Sokolovlar elimli birikmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish quyidagi uch boshichda amalga oshirilishini koʻrsatib berdi: Germaniyaning "Kanning ser" firmasi oʻtish shipi pressida bevosita qavatlash. Italiyaning "Makpi" firmasining elektropnevmatik shipi presida jarayonlar oraliqidagi namlab isitib ishlov berish. "Makpi" firmasining pressida soʻngi pardozlash jarayonlarini bajarish. Elimlash usulida asosiy matoning teskari tomoniga yupqa qavat qilib yelim (kauchukli yoki akrilli) surtiladi, soʻngra uning ustiga astarlik mato yoki porolon yopiladi. Yelimni bir tekis qilib, uzuq-uzuq, yoʻl-yoʻl va nuqtaga sepish yo'llari mavjud. Yelimni gazlamaga qorishma, kukun va suyuqlik qolatda sepish mumkin. Toʻqimachilik gazlamalarini uretan plyonkasi va past bosimli polietilen plyonka yordamida birlashtirBitiruv malaka ishining yelimlash usuli qam mavjud. Bu usulda ishlab chiqarilgan to'qimachilik qotirma matolari gazlamaga biriktirilgandan so'ng qavatlangan matoning burma bopligi va mayinligi yaxshilanadi. Qotirma matolarga yelim sepish Shvesariya davlatining "Kavitek AG" firmasida ishlab chiqarilgan jiqozlari yoramida amalga oshiriladi. "Kavitek AG" firmasining ishlab chiqarish boshichlari qoplamalar va laminasiyalar quyish uchun, keng koʻlamdagi avzalliklar ta'minlovchi yangi texnologiyalar qo'llaydi. "Kavitek AG" firmasining dasturiga qoplanadigan, emprenie qiladigan, surtadigan boshichlarini (agregatlarini) ishlab chiqaradi. Firma direktori Ukrainalik olim Kubeyko Aleksandr Nikolaevich quyidagi agregat tizim texnologiyalarini tavsiya etadi: kavisket, kavidod, kavilmet, kavivoat, kaviskrin, kavirol, kavibelt, kavipreg. "Kavitek AG" firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan kavisket tizimi agregati bu yangi ulash, dekorativ yoki funksional qoplamalarni tuzish maqsadida toʻqima va notoʻqima matolarga sochiluvchan maqsulotlarni yuqori aniqlikda biriktirish texnologiyasidir. Agregat texnologik tuzilishiga koʻra (1.1-rasm) poroshokli material yuklangan bunker, qamda dozali aylanuvchi val, u qujralar (idishlar) Hajmli to'ldirish natijasida chyotkalar ga poroshokni uzatadi. Poroshok sifatida quyidagilarni qo'llash mumkin; misol uchun issiq eriydigan polimerlar (polietilen, etilenvinilasetat, qo'shma poliamid, qoʻshma-poliester) yoki boshqa sochiluvchan maqsulotlar, misol uchun korund, ikkilamchi qayta ishlash maqsulotlari. Chyotka dozator valini "tozalab" maqsulotni tebranuvchi toʻr (elakga) ga tashlaydi, uning yordamida sepilayotgan maqsulot qarakatlanayotgan substrakt (matoni) tevasiga bir me'yorda taqsimlanadi. To'r tebranish chastotasini oʻzgartirish natijasida Bitiruv malaka ishining maqbul rejimini oʻrnatish mumkin. Bu, esa oʻz navbatida to'r poroshokni o'tqazish qobiliyatini oshiradi va substraktni maksimal birtekisda qoplanishini ta'minlaydi. Dozali val silliqlash fraksiyasi va substraktga poroshokli mahsulotni sepilayotgan hajmiga boq'liq(g/m2). Modernizasiya qilingan val va chyotka katta oʻlchamlarga ega boʻlgan (5 x 5 x 5 mm) zarrachalarni sepishga imkon beradi. Misol uchun ikkinchi marta qayta ishlangan granulalar yoki mahsulot zarrachalari. Qo'llaniladigan mahsulotning xususiyatlariga va ishlab chiqarish ehtiyojlariga qarab kavisket qurilmasi qoʻshimcha qurilmalar jihozlanishi mumkin, bu texnologik jarayonni sezilarli darajada soddalashtiradi. Yuqori chang hosil boʻladigan sharoitida ishlash uchun chang yutuvchi siklon-separator tizimi tavsiya etilgan. Bunkerga ishlab chiqarish changi tushmasligi uchun bikr yoki egiluvchan to'siqlar qo'llanadi. Zaruriyat boʻlganda agregat sepiladigan mahsulotni yuklash uchun pnevmomexanik avtoklagich qo'llanadi. Qoʻshimcha oʻrnatilgan induksion datchik bunkerda minimal qolgan poroshok miqdori haqida ma'lumot berib turadi. Haddan tashqari elektrostatik kuchlanishlar paydo boʻlganda, ionli antistatik trubkalari qoʻllaniladi. Kavisket agregati quyidagi sohadagi qoʻllanidadigan qotirma matolarlar ishlabchiqarish imkoniyatiga ega: Tikuv, poyabzal va charm mahsulotlari uchun termo-yopishqoq qoplama mahsulotlar va tayyor laminantlar ishlab chiqarishda; Ikkilamchi qayta ishlashga yaroqli, ekologik toza gilam qoplamalariishlab chiqarishda; Avtomobillarni bezatish uchun laminantlar va mebellarni qoplashuchun "dupleks" va "tripleks" ishlab chiqarishda; Qurilish sektorlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishda (stadionlarni yugirish yo'lakchalari, pol qoplamalari, tom yopish mahsulotlari); Sirpanishga qarshi boʻlgan qoplamali qadoqlash materiallari ishlab chiqarishda; Sanitariya-gigiena vositalari uchun; Texnika tekstilida (Muqobil tentlar va konveyer lentalari). "Kavitek AG" firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan kavimelt tizimi agregati kavisket tizimi agragatiga oʻxshash boʻlib, lekin kavimelt tizimi agregati nisbatan qalinligi yupqa matolar uchun mo'ljallangan agregatdir. Kavimelt tizimi agregati texnologik tuzilishida (1.2-rasm) mato yuqoriga siquvchi val va kerakli darajada (70-2000S gacha matoning tarkibiga qarab) qizdirib boʻrttirilgan val orqali tortiladi va ikki val orasidan oʻtayotgan matoga bunkerdan tushayotgan elimni moslama me'yorlashtiradi va qotirma mato qosil qilinadi. Kavimelt tizimi agregatida asoson temir, polietilen yoki to'q'ridan-to'q'ri nafaqat matoga boshqa buyumlarga qoplanishi imkoniyati boʻlgan qotirma matolar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ushbu agregat matoning qalinligiga qarab 200 metr/minutgacha ishlab chiqarish quvvatiga ega. "Kavitek AG" firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan kavibelt tizimi agregati ikki matoni birdaniga tayyor biriktirilgan gazlama ishlab chiqaradi. Bu agregat texnologik tuzilishiga koʻra (1.3-rasm) ikki konveyerli lentani ( va ) kerakli temperaturada qizdirib turish uchun oʻrnatilgan. Konveyerli lenta qismini harorat beruvchi nazorat qilib kerakli haroratni ta'minlaydi. Matolarni siquvchi ikkita vallar kerakli bosimda biriktiradi. Biriktirilgan issiqlikdagi mato sovituvchi qurilma orqali sovitiladi. Maxsus yelimdan tayyorlangan plyonka matolar orasida qizdirish va sovitish natijasida eriydi va ikki mato biriktiriladi. Qotirma mato va ulardan tayyorlanadigan toʻqimachilik mahsulotlariga qoʻyiladigan talablar va zamonaviy jihozlar Ishlab chiqarish nazorati va hisob kitoblarni tuzishda, tikuvchilikda ishlatiladigan to'qimalarni ma'lum tartibda foydalanish uchun sanoatda tasnif va me'yoriy hujjatlar tuzilgan. Q'yilgan maqsadga qarab to'qimachilik matolar tasnifi bir yoki bir nechta ko'rsatgichlar bilan birlashtirilgan bo'lishi mumkin. Bitta koʻrsatgich bilan tasniflash misolida keltirilishi mumkin. Unda toʻqimalar kirishishi boʻyicha quyidagi uchta guruqga boʻlinadi: Juda kam kirishganida tanda va arqoq boʻyicha 1,5% dan oshmasligi kerak. Kam kirishganida tanda boʻyicha 3,5% va arqoq boʻyicha 2% dan oshmasligi kerak. Kirishishi tanda boʻyicha 5% va arqoq boʻyicha 2% dan oshmasligi kerak. Mavjud toʻqimani yuqorida qayt etilgan guruqlarini qaysi biriga mosligi standart texnik talablarga koʻra aniqlanadi. Qotirma matolarni ishlab chiqarilishi va ularni tikuvchilikda ishlatilishiga qarab xom-ashyo tarkibiga koʻra paxta, ziqir, lavsan va boshqa tolalar aralashmasidan yigirilgan iplardan ishlab chiqariladi. Qotirma matoning turini koʻpaytirish, ulardan yengil sanoatda samarali foydalanishni tashkil etishni nazarda tutib qotirma matolarga qoʻyiladigan texnik talablar ishlab chiqilgan. Tasnifda qotirma matoni nimaga ishlatilishidagi umumiy koʻrsatgichlari, tarkibiy ko'rsatgichlari va boshqalar hisobga olingan. Qotirma matoni ishlab chiqarish usuliga qarab toʻqima, trikotaj va notoʻqima matolardan tayyorlangan yirik sinflarga boʻlinadi. Birinchi sinf qotirma matolari toʻqoʻvchilikdan olingan to'qimalardan tayyorlangan boʻlib, uning oʻng (sirti)ga yelim qoplanadi. Ikkinchi sinf bo'yicha qotirma matolar trikotaj usulida olinib, uning ust sirtiga yelim qoplanishi natijasida olinadi. Uchinchi sinf qotirma matolari turli usulda (kimyoviy, mexanik va aralash) ishlab chiqarilgan notoʻqima matolar sirtiga yelim sepiladi. Ishlatiladigan buyumlarining turiga qarab har bir yirik sinflarni kichik sinflarga boʻlinadi: palto, plash, kostyum, koʻylak va shim uchun ishlatiladigan qotirma matolar. Bundan tashqari qotirma matolar toʻqimachilikda, poyabzal ishlab hchiqarishda, avtomobil sanoatida, aviasozlikda va koʻplab sohalarda ishlatilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tikuv buyumlarining zarur shaklini saqlanishini ta'minlovchi qotirma matoning asosiy xususiyatlaridan bikrligi Gost 29104.21-91 orqali aniqlanadi. Amerikalik Tomas Hovard Aybum Uni, Sabit Adanur Aybum Uni va Turkiyalik Meqmed Emin Yuksakkaya Usak Uni olimlari gazlamalarning egilishdagi bikrligini aniqlashda burchak koeffisientlari va kuchga ta'sirlanuvchi nuqtalarni va oʻrilish turini koʻrsatgichga ta'sirini koʻrsatib bergan. Shvesariyada to'qimachilik mahsulotlarining bikrligini aniqlashning ISO 9001 ga muvofiq uskuna ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning bikrligini aniqlashda texnik talablari ko'rsatilgan. Gazlama va qavatlangan qismlaming bikrligi Gost 10550-93 standarti orqali, kirishuvchanligi Gost 5012-82 va Gost 12867-75 standarti boʻyicha, matoning qalinligi Gost 12023-2003 stardarti boʻyicha aniqlanadi. Paltobop gazlamalar bilan oʻtkazilgan tajribalar natijalari paketning qavatlari oshib borgan sayin bikrligi keskin oshib borishini koʻrsatdi. Haddan tashqari qattiqlik paltoning tashqi ko'rinishiga salbiy ta'sir etadi, ya'ni buyum oq'ir va mo'rt boʻlib qoladi. Paltobop gazlamalarning yumshoqligi va burmabopligi kamayadi. Qotirma matolarni ishlatilishi va ularni ishlab chiqarishga oid adabiyotlar bilan tanishish natijasida nafaqat Oʻzbekistonda ham to'qimachilik sanoatida ushbu mahsulotni tasnifi yoʻq'ligi aniqlandi. Qotirma matoning qattiqligini aniqlovchi uskunaning texnik tavsifi . Tikuv buyumlarini ekspluyutatsion xossalari va sifatini yuqori boʻlishi uni tashkil qiluvchi gazlamadagi tanda va arqoq iplariga uzviy bogʻliqdir. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda xom-ashyo to'kimachilik matolarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri bu matoning qattiq yoki yumshoqligidir. Iplarni tashqi ko'rinishida silliqlik, butun uzunlik boʻyicha yoʻgʻonligini bir xilligi, tuklarni tartibli taqsimlanganligi mazkur buyumni sifatini ta'minlaydi. Matoga yuza, oʻq va nuqtali shakldagi tashqi kuchlar ta'sir qiladi. Doimiy yoki davriy ta'siri oqibatida mato yoki kiyim kismlari tashqi ko'rinishi butunligi oʻzgaradi. Ishlab chikarilgan tuqimaning tanda va arqoq iplari boʻylama va koʻndalang kuchlarga bardoshliligiga katta ta'sir qiladi. Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda to'qimalarning zichligi, ipning chiziqli zichligi, o'rilish rapporti hamda ishlab chiqarilgan matoning qattik koʻrsatkichini yanada yaxshilash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Agar to'qimaningning zichlik darajasi, ya'ni oʻn santimetrdagi iplar soni qanchalik ko'paytirilsa, mahsulotning qattiqlik darajasi oshadi, lekin bu ko'rsatgich toʻqimaning kirishish koʻrsatgichiga, ya'ni to'qimaning o'rilishi, ipning chiziqli zichligi, ipning tolaviy tarkibi, umuman olganda artikuliga bog'liqdir. Tadqiqot ishida har qanday toʻqimaning qattiqligini aniqlashda to'qimaning zichligini, tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligini va iplarning tolaviy tarkibi aniqlandi. Ma'lumki toʻqimalarning zichligini matoning tanda va arqoq iplarini o'n santimetrdagi iplar soni sanab topildi. Ipning chiziqli zichligini esa ipning og'irligini uzunligiga nispati orqali topildi. Iplarning tolaviy tarkibi iplarni kuydirishda kuli va hidi orqali aniqlandi.Tanlab olingan to'qimadan 2 xildan to'qima olish boʻyicha prognoz qilindi. Materiallarning qattiqligini aniqlashda uskunani tayyorlandi. Uskunani plastik yoki uski qismi sililiqlangan metal (1.4-rasm) yordamida tayyorlanib, 1 ning oʻlchami 100X400 mmda va qalinligi 1mmda ; uskunaning 4 egilishi darajasi 41°30°; maxsus lineyka 3 ning oʻlchami 30X400 mmda boʻlib qalinligi 1mmda olingan. Sinov namunasi 2 ning oʻlchami 30X400 mmda har bir namuna tanda va arqoq boʻyicha qirqib olindi. Sinov namunasini uskunaning 1 qismiga qo'yib ustiga 3 lineyka joylashtirib 4 egilish burchagiga qarab bir xil tezlikda namunaning uchi egilganlik burchagiga tekkunga qadar harakatlantirildi va olingan oʻlcham I sinov namunasining egilgan qismi uzunligi aniqlandi. 4 namunaning egilish burchagi 41°30° deb qabul qilib olingan. Namunaning umumiy og'irligi oʻlchanadi va materialning qattiqligi quyidagicha aniqlandi: Oʻlchanayotgan kattalikdagi sinov namunasining tanda yoki arqoq boʻyicha yuzaga nisbatan og'irligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: "m = emo mg/m eScUH" Bunda: e-sinov namunasining tanda yoki arqoq boʻyicha ogʻirligi, mg; es" - sinov namunasining tanda yoki arqoq boʻyicha maydoni, m². Bunda: I - sinov namunasining eni boʻyicha uzunligi, m ; n- sinov namunasining boʻylama uzunligi, m; Egilganlik uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: "I = oʻlchanayotgan namunaning tanda yoki arqoq boʻyicha egilgan qismi uzunligi, m; Materiallarning tanda va arqoq qattiqligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Brea = 10* т * L³; ^Nom Bunda: m- oʻlchangan kattalikdagi sinov namunasining tanda yoki arqoq boʻyicha yuzaga nisbatan og'irligi, mg/m² ; L- egilgan uzunlik, m; 10 - erkin tushish koʻrsatgichining yaqinlashishi; m/ s². Namunani kamida 5 martadan (tanda va arqoq boʻyicha) oʻlchangandan so'ng oʻrtacha materiallarning oʻrtacha qattiqligi quyidagicha aniqlandi: Bmea = (B1 + B2 + B3 + B4 + B5) / 5; ^Nom. Umumiy materialning qattiqligi quyidagicha aniqlandi: B = JBm ■ Ba; ^m. Qotirma mato ishlab chiqarishda matolarning qattiqligini aniqlashda Fabric Stiffness Tester firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 112 modelli Taber nomli zamonaviy uskuna oʻrganildi. Ushbu uskuna to'qimachilik va tikuvchilik korxonalariga tadbiq qilinsa mahsulot sifatini aniqlash va eksport salohiyatini oshirishda sertifikatlash jarayolari jadallashadi. Qotirma matoni qattiqligini aniqlashda sinovlar tahlili. Kiyim asosan choʻzuvchi, bukuvchi, ezuvchi, ishqalanish kuchlar ta'sir etishi sababli eskirishi mumkin. Shu sababli kiyimning shaklini yaxshi saqlanishida va uzoqqa chidashida gazlamaning turli mexanik ta'sirlarga chidamliligi mexanik xossalari katta rol o'ynaydi. Gazlamaning mexanik xossalariga pishiqligi, uzayishi, toʻzishga chidamliligi, g'ijimlanuvchanligi, draplanuvchanligi, qattiqligi va boshqa xossalari kiradi. Tadqiqot ishining bir muhim tarafi toʻqimachilik sanoatida materiallarning qattiqligini aniqlab tikuvchilikka taqdim etish. Tikuvchilik sanoatida esa xarid qilinadigan xom-ashyoni qattiqlik darajasiga kiyim-kechak yoki mahsulotning qaysi qismi uchun ishlatish kerakligini va xaridor talabidan kelib chiqib gazlamalarni xarid qilish uchun va sifatni belgilashda qattiqlikning roli koʻrsatib o'tilgan.
  • II. TOʻQIMACHILIK GAZLAMALAR ARINI: Gazlamalar assortimenti juda xilma-xil boʻlib, paxta tolali, shoyi, jun tolali, zig'ir tolali va boshqa turlari bor. Sanoatda 4000 artikuldan ortiqroq gazlamalar ishlab chiqariladi. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan mustaqil gazlama tipi artikul deb ataladi. Artikul raqamlar bilan belgilanadi. Gazlamaning nomi bir xil, lekin artikuli har xil boʻlishi mumkin. Nomi bir xil, lekin artikuli turlicha boʻlgan gazlamalar bir-biridan biror koʻrsatkichi - eni, og'irligi, zichligi, baʼzan oʻrilishi bilan farq qiladi. Gazlamalarning mavjud assortimenti doimo oʻzgarib turadi. Modadan qolgan, iste'moldan chiqqan, eski artikuldagi gazlamalarni ishlab chiqarish to'xtatiladi. Tola tarkibi, tuzilishi, pardozi va xossalari jihatidan yangi gazlamalar yaratish hisobiga assortiment yangilanib boradi. Shu bilan birga ba'zi artikuldagi gazlamalar bir necha o'n yillar mobaynida ishlab chiqariladi. Masalan, chit, satin, boʻz, mitkal, poplin kabilar shular jumlasidandir. Keng tarqalgan paxta tolali gazlamalar tavsifi. Keng tarqalgan paxta tclali gazlamalar maishiy va texnik xillarga boʻlinadi. Maishiy gazlamalar bu assortimentning katta qismini tashkil qiladi. Maishiy paxta tolali gazlamalar rangi, tuzilishi jihatidan turli-tuman boʻlib, ko'ylaklar, bluzkalar, yubkalar, shimlar, kostyumlar, sarafanlar, palto, sport kiyimlari, maxsus kiyimlar, gimnastyorkalar va boshqa buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi. Paxta tolali gazlamalar to'qishda to'quvchilik oʻrilishlarining barcha sinflari qoʻllaniladi. Bo'yalish jihatidan paxta tolali gazlamalar xom, oqartirilgan, sidirg'a, melanj, mulinirlangan, guldor va gul bosilgan xillarga boʻlinadi. Yuvilib ketmaydigan appretli, g'ijimlanmaydigan va kirishmaydigan qilib pardozlangan. Paxta tdali gazlamalar ishlab chiqarish yildan yilga koʻpaymoqda. Paxta tolali gazlamalar 17 guruxga: chitlar, boʻzlar, ich kiyimlik gazlamalar, satinlar, koʻylaklik, kiyimlik va hokazo gazlamalarga boʻlinadi. Maishiy gazlamalar assortimentining katta qismi dastlabki olti guruxga kiradi. Ba'zi guruxlar kichik guruxlarga boʻlinadi. Paxta tolali gazlamalar assortimenti quyidagi yoʻnalishlarda rivojlanmoqda: -shaklini yaxshi saqlaydigan gazlamalar (boʻz va poplin tipidagi tekis, silliq sirtli yengil gazlamalar) hamda klassik oʻrilishli (bir tomonga tuk chiqarilgan tekis yoki g'adir-budir sirtli) gazlamalar yaratish. -plastik gazlamalar - maxrli, mayin va yengil gazlamalar, mayin chiyduxo- balar yaratish. Yangi strukturali gazlamalar ishlab chiqarish, kolorit, naqsh, turli pardoz xillarini oʻzgartirish hisobiga paxta tolali gazlamalar assortimenti oʻzgartirib turiladi. Zarhalli, kashtali va shu kabi yangi gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Paxta tolali gazlamalarda vis^za va sintetik tompleks iplar qoʻllash, shtapel sintetik tolalar qo'shish hisobiga ham assortiment yangilanmoqda. Bunday gazlamalarni paxta tolali gazlama samati ishlab chiqaradi, lekin ular shoyi gazlamalar preyskurantiga kiritilgan.Ip gazlamlarning tex^togik xossalari ularning tuzilishiga bog'liq. Ishlatiladigan kalava ipning xiliga qarab, paxta tolali gazlamalar quyidagi xillarga boʻlinadi: Qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to'qilgan paxta tolali gazlamalar; Karda kalava ipidan to'qilgan paxta tolali gazlamalar; Turli usulda yigirilgan iplarni qoʻshib, karda-qayta tarash va karda apparat usullarida to'qilgan gazlamalar. Chit - o'rtacha yo'g'onlikdagi karda kalava ipidan surp oʻrilishda toʻqilgan gazlama. Chitning tandasiga 18,5 teks, arqog'iga 15,3 teksli kalava ip ishlatiladi. Tanda boʻyicha nisbiy zichligi 49-53%; bir metr chitning massasi 92-103 g.; chitning eni 61-80sm. Xom chit oʻrta mitkal deb ataladi. Ko'p chitlarga gul bosiladi, ular sidirg'a qilib ham ishlab chiqariladi. Bolalar va ayollarning yozgi koʻylaklaari, bluzkalar, sarafanlar, erkaklar ko'ylagi, xalatlar, cho'milganda kiyiladigan kiyimlar, jildlar, tungi ko'ylaklar va hokazolar chitdan tikiladi. Yuvilganda chit arqoq boʻyicha uncha kirishmaydi, tanda boʻyicha 3-5% kirishadi. Bo'z - chitga qaraganda ancha qalin va og'ir gazlama. Boʻz chitga ishlatiladigan ipga qaraganda ancha yo'g'onroq karda kalava ipidan surp oʻrilishida toʻqiladi. Tipik boʻzlarning tandasi 25 teks, arqog'i 29teksli kalava ipdan boʻladi. Bo'zning tanda boʻyicha nisbiy zichligi chitnikiga o'xshaydi, Л arqog'i boʻyicha bir oz yuqoriroq boʻladi; 1 m boʻzning massasi 140-160 g; eni 61-98 sm. boʻz barmoqlarga chitga qaraganda dag'alroq unnaydi. Gul bo'zning faqat bir tomoniga yoki ikki tomoniga bosilishi mumkin. Gul bosilganda boʻz erkaklar ko'ylagi, bolalar kostyumi, ayollar ko'ylagi, pardalar tikish uchun ishlatiladi. Bo'z qattiq, yaltiroq va kumishsimon qilib pardozlangan boʻlishi mumkin. Bo'zning texnologik xossalari chitnikiga o'xshaydi. Bo'z ancha pishiq boʻlib uncha cho'zilmaydi. Yuvilganda boʻz tanda boʻyicha chitga nisbatan koʻproq (4-6 %) kirishadi. Satin - guruxiga satin oʻrilishida toʻqilgan satinlar va atlas oʻrilishida toʻqilgan lastiklar kiradi. Lastik satinga qaraganda kamroq ishlatiladi. Qalinligiga qarab, satin va lastiklar qaytarash usulida yigirilgan 14,3-11,7 teksli kalava ipda toʻqiladi va karda usulida yigirilgan 18,5-15,3 teksli kalalva ipdan to'qilgan xillarga boʻlinadi. Satin va lastiklar oʻngi silliq, yaltiroq. Satinda arqoq ipi oʻngiga chiqib turadi, shuning uchun arqoq boʻyicha nisbiy zichligi (70-75%) tanda boʻyicha nisbiy zichligi (40-45%) ancha katta. Lastiklaming arqoq boʻyicha nisbiy zichligi tanda boʻyicha nisbiy zichligidan katta boʻladi. Bo'yalishi jihatidan satinlar sidirg'a, gul bosilgan va oqartirilgan xillarga boʻlinadi. Qayta tarash usulida olingan satinlar pa^zlash paytida merserizatsiyalanadi. Bosib naqsh tushirilgan satinni naqshi besh marta yuvishga chidaydi. Oʻngi silliq boʻlganligi, oʻngini hosil qiladigan sistemaning nisbiy zichligi kattaligi, merserizatsiyalanganligi tufayli satin ishqalanishga yaxshi chidaydi va astarlik sifatida ishlatiladi. Satin arqog'i boʻyicha uncha kirishmaydi, tanda boʻyicha 1,5-2% kirishadi. Ko'ylaklik gazlamalar guruxsi juda turli-tuman. Bu guruxga yozgi, qishki, mavsumbop va kimyoviy ^mpleks iplar qo'shib to'qilgan iplar kiradi. Yozgi gazlmalar kichik guruxiga siyrak, yupqa va yengil gazlamalar kiradi. Ular asosan gulli qilib ishlab chiqariladi, lekin oqartirilganlari ham boʻladi. Mayya, volta, vual, markizet, batist qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan palotno oʻrilishida to'qiladi. Bular tozir kam ishlab chiqariladi. Mayya va volta - qayta tarash usulida yigirilgan yakka kalava ipdan to'qiladigan gulli yupqa gazlamalar. Vual va markizet - yaxshi pishitilgan va qayta tarash usulida yigirilgan ingichka kalalva ipdan to'qiladigan gazlamalar. Vualga gul bosiladi. Markizet- vualdan yupqaroq, oqartirilgan, mayin rangga boʻyalgan va gul bosilgan gazlama. Batist qayta tarash usulida yigirilgan igchika yakka kalalva ipdan polotno o'rilishida to'qiladigan yupqa, mayin, oqartirilgan yoki gul bosilgan gazlama. Ko'ylakli gazlamalarning yangi assortimenti asosan mayda gulli ba'zan esa yirik gulli oʻrilishdagi har xil gazlamalarni, shuningdek, dokasimon gazlamalarni oʻz ichiga ошй Jun gazlamalar assortimentini rivojlantirish yoʻnalishlari. Ishlab chiqarish usuliga qarab, jun gazlamalar kamvol va movut gazlamalarga boʻlinadi. Kamvol gazlamalar qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to'qiladi. Bunday gazlamalar jun gazlamalar ichida eng yupqa va yengil hisoblanadi, ularning oʻrilish naqshi yaqqol bilinib turadi. Movut gazlamalar apparat usulida yigirilgan kalava ipdan toʻqiladi va kamvol gazlamalardan qalinligi, massasi, chang oluvchanligi bilan farq qiladi. Movut gazlamalar oʻziga xos momiqlikka ega, sirti kigizsimon yoki tarab chiqarilgan tukdor boʻladi. Movut gazlamalar mayin jundan to'qilgan mayin movut va kalta tolali dag'al movutlarga boʻlinadi. Dag'al movut gazlamalar mayin movutdan farqli oʻlaroq, barmoqlarga qattiq unnaydi va botadi. Yangi strukturali va oʻrilish naqshli gazlamalar ishlab chiqarish hamda klassik strukturali gazlamalarning tashqi ko'rinishi va plastik xossalarini yaxshilash hisobiga jun gazlamalar assortimenti yangilab turiladi. Assortimentni rivojlantirishdagi yangi yoʻnalishlar ipaksimon silliq sirtli mayin plastik gazlamalar, koʻp rangli melanj kalava ipidan tekis sirtli gazlamalar, tukli, shu jumladan, baxmalsimon sirtli gazlamalar to'qish bilan bog'liq. Ko'ylaklik gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, jakkard oʻrilishda to'qilgan guldor gazlamalar, sof jun kalava ipdan va sintetik iplar qoʻshilgan yarim kalava ipdan to'qilgan gazlamalar ishlab chiqariladi. Yozgi ko'ylaklar va koʻylak kostyumlar uchun har xil strukturali lekin sidirg'a yoki aksincha, bir xil strukturali lekin har xil rangga bo'yalgan gazlamalar ishlab chiqariladi. Paltolik gazlamalar assortimenti uchun tik va yotiq tukli, jingalaklangan guldor va sidirg'a paltolik gazlamalar va draplar, nitron tolali hajmdor strukturali gazlamalar ishlab chiqariladi. Kamvol gazlamalar koʻylaklik, kostyumlik va paltolik xillarga boʻlinadi. Ko'ylaklik kamvol gazlamalar yengil boʻladi, oʻrilish naqshi aniq bilinib turadi, ular 15-31 teksli yakka ipdan va 15x2 - 31x2 teksli pishitilgan ipdan ishlab chiqariladi. Kostyumlik kamvol gazlamalar polotno, reps, sarja, krep, rogojka oʻrilishlari bilan ishlab chiqariladi. Ularning tandasiga 19x2 - 42x2 teksli pishitilgan ip, arqog'iga 19-42 teksli yakka ip ishlatiladi. 1m gazlamaning massasi 180-400 g. Yarim jun kostyumlik kamvol gazlamalar tarkibida 15-80% jun boʻladi. Bu assortimentning katta qismini lavsan, viskoza, nitron tolalari qo'shilgan jun gazlamalar tashkil qiladi. Sof jun kostyumlik kamvol gazlamalar 30,3x2, 24x2, 22,2x2, 19,2x2 teksli sof jun ipdan sarja, krep va aralash oʻrilishlarda toʻqiladi. Ba'zi hollarda 2-8% kapron iplar qo'shib pishitiladi. Bu qalin gazlamalarning 1m ining massasi 260340 grammni tashkil qiladi. Paltolik gazlamalar assortimenti ancha cheklangan, bular gabardinlar, diagonallar, plashlik, bukle, paltolik gazlamalar kiradi. Gabardinlar diagonal oʻrilishda mayda boʻrtma yoʻllar hosil qilib toʻqiladigan sof va yarim jun gazlamalardir. Tanda va arqog'iga pishitilgan ipdan foydalanilib, 1 m gazlam massasi 270-440 g. Bukle - sof jun yoki yarim jun qora rangli gazlama boʻlib, maxsus oʻrilish qoʻllab yoki shakldor ip qoʻllab oʻngida rel yefli sirt hosil qilinadi. Bukle gazlamalar ayollar qishki paltosining avrasi uchun ishlatiladi. Diagonal sof jun sidirg'a gazlama. Oʻngida 75-80° burchak ostida qoʻsh boʻrtma yo'llar hosil qilinib, asosan kitellar tikishda ishlatiladi. Plashlik gazlamalar - mayda guli oʻrilishda toʻqilgan yarim jun gazlama boʻlib, tandasini paxta yoki kapron ip aralashtiribpishitilgan jun ipi tashkil qiladi. Tarkibida 37-65% jun boʻladi, 1 m gazlamaning massasi 167-201 g. Paltolik gazlamalar- pishitilgan iplardan ishlab chiqarilib, qalin, vertikal mayda boʻrtma gulli gazlama, 1 m gazlamaning massasi 385-497g. Mayin movut gazlamalarga draplar, triko, sheviotlar va paltolik gazlamalar misol boʻladi. Drap - movut assortimentidagi eng sifatli va og'ir gazlama boʻlib, eni 1,5 m gacha, 1 m gazlamaning massasi 450-800 g. Ular 62,5-166 teksli jun va yarim jun iplardan ishlab chiqariladi. Draplarning texnologik xossalari ularning tola tarkibiga, qalinligi va zichligiga bog'liq. Paltolik gazlamalar draplarga qaraganda yengilro va siyrakroq, strukturasi ancha bo'sh boʻlganligidan draplarga qaraganda mayinroq, ularga ishlov berish ancha oson, ancha bejirim, oʻng sirtining naqshlari turli - tumanroq boʻladi. Ular sidirg'a, melanj va guldor qilib ishlab chiqariladi. Tolalarining tarkibi jihatidan sof va yarim junli boʻladi. 1 m gazlamaning massasi 350-550 g. Sheviot - sarja oʻrilishida toʻqilgan yarim jun sidirg'a gazlama. Uning tandasini paxta ipi tashkil qiladi. Ularning rangi ancha toʻq boʻladi, 1 m gazlamaning massasi 340-380 g. Sintetik tolali jun gazlamalar assortimentning kata qismini tashkil etmoqda. Sintetik tolalar qoʻshish natijasida gazlamalarning pishiqligi ortadi. Lavsan qo'shilgan gazlamalar eng ko'p ishlatiladi. Lavsanli jun gazlamalar ancha pishiq, qayishqoq, yorug'lik va ob-havo ta'siriga chidamli boʻladi, uncha g'ijimlanmaydi, xoʻllanganda kam kirishadi. Nitron tolali jun gazlamalar kostyum va ko'ylakli gazlamalar sifatida ishlab chiqariladi. Uncha g'ijimlanmaydi, kimyoviy reagentlar ta'siriga chidamli boʻladi. Shoyi, sun'iy va sintetik gazlamalar assortimenti. Tolalarning tarkibi, tuzilishi va pardozlanishi jihatidan shoyi gazlamalar turli-tuman boʻladi. Shoyi gazlamalar assortimentining 98%ini kimyoviy tolalardan to'qilgan gazlamalar tashkil qiladi. Shoyi gazlamalar assortimenti tez-tez oʻzgarib turadi. Ularning assortimenti elastik, hajmdor va profillangan sintetik iplar ishlatish (bunday iplar mustaqil ishlatiladi yoki tabiiy va sun'iy ipak bilan qoʻshib ishlatiladi), oʻrilish turlarini murakkablashtirish (yirik gulli murakkab oʻrilishlarni keng qoʻllash), shoyi gazlamalarni pardozlashning har xil usullari (gofre, tezoblash, gul bosish, termik ishlov) hisobiga kengayadi. Assortimentni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: toʻshamali, yaltiroq sirtli zich gazlamalar yaratish; sirtlari bir-biridan keskin farq qiladigan (bir tomoni silliq, yaltiroq, ikkinchi tomoni g'adir-budir yoki silliq, lekin xira) gazlamalar ishlab chiqarish; kuchli, shaker pishitilgan va teksturlangan iplardan foydalanib, eponj tipidagi faktura sirtli, shu jumladan nafis gazlamalar yaratish; shtrix effektini va chala yigirilish effektini beradigan gazlamalar ishlab chiqarish. Chirayli ko'ylaklik va koʻylaklik - ^styumlik gazlamalar ishlab chiqarish uchun atsetat yoki triatsetat toladan olingan iplar va yarqiroq metall iplar qo'shilgan teksturalangan iplar, proflangan kapron qoʻshib pishitilgan triatsetat ipakdan qilingan hajmdor iplar keng qoʻllaniladi. Mayda gulli va yirik gulli oʻrilishlarda toʻqilgan bir qatlamli va koʻp qatlamli, sidirg'a va guldor, yassi va hajmdor strukturali gazlamalar ishlab chiqariladi. Astarlik gazlamalar assortimentida viskoza, atsetat, vistoza-atsetat iplardan atlas oʻrilishda, shuningdek, mayda gulli va har xil yirik gulli oʻrilishlarda toʻqilgan gazlamalar ishlab chiqarish kengaymoqda. Plashlik gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, shtapel, lavsan-viskoza yoki viskoza-kapron aralashtirib yigirilgan kalava ipdan polotno oʻrilishdan toʻqilgan rezinalangan gazlamalar, oʻngiga plyonka qoplangan gazlamalar bilan to'ldirilmoqda. Sof viskoza va aralash kalava ip: triatsetat- viskoza, triatsetat-viskoza-kapron kalava ipdan to'qilgan shtapel gazlamalar ishlab chiqarish kengaymoqda. Ipak gazlamalar ko'pincha yo^^nligi 1,5-2,3 teksli xom ipakdan, pishtilgan tabiiy ipak va yigirilgan ipak iplardan ishlab chiqariladi. 1 m eng yupqa gazlamalarning massasi 14-22 g ni tashkil qiladi. Tabiiy stoyi gazlamalar guruxiga krep, glad, jakkard tukli va boshqalar kiradi. Krep gazlamalar eng ko'p ishlatiladi. Krep-deshin, krep-shifon, krep-jorjet kabi krep guruxidagi to'qimalar sirti mayda donador qilib ishlab chiqariladi, yupqa, yengil, shaffof bu gazlamalar krep effektini beradi. Glad gazlamalar ichida shoyi-polotno eng ko'p tarqalgan boʻlib, tandasiga xom ipak, arqog'iga boʻsh pishitilgan ipak ipak ishlatiladi. Shoyi-polotno xom sarg'ish yoki guldor, zich va noshaffof gazlama boʻlib, kam g'ijimlanadi. Jakkard gazlamalarga bezak sifatida ishlatiladigan ipak gazlamalar misol boʻladi. Tukli gazlamalarga baxmal misol boʻlib, u ipak ipidan tukli oʻrilishda ishlab chiqariladi. 1 m gazlamaning massasi 190 g. Ipakka boshqa tolalar qo'shib ishlab chiqarilgan gazlamalara paxta tolasi yoki kompleks iplar, hajmdor sintetik iplarga tabiiy ipak qo'shib ishlab chiqariladi. Duxoba gazlamalar tuklari viskoza iplaridan va zamin ipi tabiiy ipak yoki paxta tolali ipdan tashkil topgan boʻladi. Sun'iy iplardan ishlab chiqarilgan gazlamalar shoyi gazlamalarning eng ko'p sonli guruxini tashkil etadi. Ular tabiiy tolali iplardan toʻqilgan gazlamalarga nisbatan ancha qalin, og'ir, g'ijimlanuvchan boʻladi. Krep usulida pishitilgan iplarni qoʻllash gazlamalarning g'ijimlanuvchanligini kamaytiradi, lekin dag'alligini oshiradi. Sintetik iplardan to'qilgan gazlamalarning koʻpchiligi 3,8-6,5 teksli kompleks iplardan to'qiladi. Gazlamalarni jimirlab yaltiraydigan qilish uchun profillangan kapron iplar ishlatiladi. Tanda va arqoqiga 100% kapron ishlatib, astarlik, bluzkalik va plashlik gazlamalar ishlatiladi. Astarlik kapron gazlamalar juda pishiq, toʻzishga chidamli boʻladi, deyarli kirishmaydi, lekin issiqqa uncha chidamaydi va gigienik ko'rsatkichlari juda past. Parcha arqoq sistemasiga koʻplab metall iplar (tillarang, kumushrang iplar) ishlatib, sintetik va viskoza iplardan mayda va yirik gulli oʻrilishlarda toʻqiladigan yaltiroq, dag'al gazlama. Metall iplar gazlamaning o'ngiga chiqariladi. Shtapel gazlamalar sun'iy va sintetik shtapel tolalardan to'qilishi mumkin. Shtapel gazlamalarning koʻpchiligi viskoza tolali iplardan to'qiladi. Atsetat, triatsetat va sintetik shtapel tolalar - lavsan va nitrondan to'qilgan gazlamalar ham bor. Odatda, ip yigirishda shtapel tolalari paxta tolasiga aralashtiriladi. Sintetik shtapel tolalar qoʻshish natijasida gazlamalarning qayishqoqligi, toʻzishga chidamliligi oshadi va shaklini yaxshi saqlaydi. Qalinligi va massasiga qarab, shtapel gazlamalar ko'ylaklik, kostyumlik va paltolik gazlamalar sifatida ishlatiladi. Toʻqimachilik materiallarining sifatini aniqlash usullari va mahsulot sifati boshqaruvi Toʻqimachilik materiallari va boshqa turdagi mahsulotlaming sifatini baholash, uning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va oʻlchash ishlari boʻyicha olingan natijalarni hamda standart va me'yoriy hujjatlarga solishtirilgandagi bahosiga asoslangan boʻladi. Chunki, mahsulot xossalarini aniqlash uslublari asosan standartlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda batafsil keltirilgan boʻladi. Toʻqimachilik materiallarning sifatini baholashning bir qancha uslublari mavjud boʻlib, ularga eksperimental, organoleptik, ekspert, sotsiologik, hisoblangan, differentsial, kompleks va aralash kabilar kiradi. Eksperimental uslub - toʻqimachilik materiallarining xossalarini oʻlchash yoʻli bilan (instrumental uslub) yoki nuqsonlarning sonini hisoblash va sanash yo'li bilan olinadi. Organoleptik uslub - insoniyot tanasining hislari va sezgirligiga qarab, hamda sinalayotgan toʻqimachilik materiallarini etalonga solishtirish yo'li bilan sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi. Bu uslub yordamida toʻqimachilik materiallarining sifatiga toʻgʻri baho berish kerakligi, hamda mutaxassislarning malakasiga va bilim saviyasiga koʻproq bog'liq boʻladi. Chunki, mutaxassislarning xulosasiga qarab mahsulotning sifat ko'rsatkichi belgilanadi. Ekspert uslubi - to'qimachilik materiallari va buyumlarining sifat koʻrsatkichlarini soni 7 tadan 12 tagacha tashkil topgan mutaxassis-ekspertlarning baholariga asosan aniqlaydi va ular kichik-kichik guruxchalarni tashkil etadi, hamda baholashda eksperimental va organoleptik uslublardan ham foydalaniladi. Ekspertlar talab sub'ektining bahosini kamaytirish ishlarini quyidagi tartibda amalga oshiradi. Boshlanishida ekspertlar bir-biriga bog'liqsiz ravishda mahsulot sifatini qayd etadi, keyin esa birgalikda muhokama qiladi va har bir ekspert oʻzining xulosasini bildiradi, hamda olingan umumiy ekspert-mutaxassislarning xulosalaridan keyin mahsulotning sifatiga yangi baho beradi. Olingan aniq natija koʻrsatkichlari mutaxassis-ekspertlarning kamida uchtasining ovoz berish natijasiga qarab ba^la^di. Undan tashqari, ovoz berish natijalari uchtadan ko'proq boʻlishligi ham mumkin. U mutaxassislarning bilim darajasi va malakasiga bog'liq boʻladi. Sifat bosqichi boʻyicha toʻqimachilik materiallari attestatsiyalanadi va mutaxassis-ekspertlarning oʻzaro ovoz berish tartibiga binoan xulosa chiqariladi. Agar mahsutot sifatli deb topsa, unda shu mahsutotga sifat belgisi beriladi. Sotsiologik uslub - iste'molchilarning taklif va mutohazalaridan kelib chiqqan holda mahsulotning sifat koʻrsatkichi baholanadi. Bu yerda asosiy e'tiborni to'g'ri va aniq ma'lumotlami yig'ishga qaratiladi, hamda sifat koʻrsatkichlarini baholash boʻyicha yetarli darajadagi xulosa ega boʻlishi shart. Aks tolda mahsulot sifatiga salbiy tushunchani keltirib chiqarish mumkin. Hisoblash uslubi - toʻqimachilik materiallarining sifat koʻrsatkichlari va tuzilishi ko'pgina omillarga, masalan, tex^togik jarayonlarning ta'siri va shu bilan birgalikda boshlang'ich material xossalariga bog'liqligi hisoblab chiqiladi. Bu uslub toʻqimachilik materiallar sifatini va texMtogik jarayonlarni loyihalashda keng qoʻllaniladi. Toʻqimachilik materiallarining sifat koʻrsatkichlarini baholashda ishlatilgan barcha uslublardan turli yakuniy xutosalar kelib chiqadi, shu sababli mahsutotning sifat koʻrsatkichlarini baholashda differentsial, tompleks va aralash uslublar ishlatiladi. Sifatni differentsial batolash uslubi mahsulotning atohida xossalari, hamda buyumlarning nuqsonli boʻlgan qismlarining oʻlchamsiz koʻrsatkichlari boʻyicha sifatni batolash ishlari amalga oshiriladi, shu bilan birgalikda ^mpleks va aralash sifatni batolash uslublari ham mustaqil ravishda ishlatishga to'g'ri keladi. Birinchi tolatda, mahsulotning ba'zi bir sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ko'pgina alohida boʻlgan oʻlchamli yoki oʻlchamsiz baholashni beradi. Ikkinchi holatda esa jami mahsulotning sifat koʻrsatkichlari boʻyicha navi, sinfi, guruxi va boshqa sifat koʻrsatkich natijalarining oralig'i aniqlanadi, hamda umumiy yig'indili indeksi, koeffitsientlar yoki ko'rsatkichlari hisoblanadi. Sifatni kompleks baholash uslubi - sifatning alohida ko'rsatkichlari boʻyicha materialni birgalikda baholash ishlari ba'zida materialning bitta koʻrsatkichida bir qancha tompleks asosiy xossalarini umumiy batolash kerakligini keltirib chiqaradi. Natijada, bu toʻqimachilik materiallarining sifatini umumiy batolash deyiladi, masalan, zig'ir tolali xom ashyoning nomeri, bir jinsli junning sifati va boshqalar. Mahsubt sifat koʻrsatkichlari kompleks baholashning mohiyatiga bog'liqligi haqiqiy va taqribiy ^mpleks baholashga boʻlinadi. Haqiqiy kompleks batolash belgilangan fizik maqsadga ega boʻlib, ular koʻpincha tolaning yigiriluvchanlik qobiliyati, hamda buyumning ishlatilishidagi xizmat muddatini ifodalaydi. Haqiqiy kompleks baholash har doimiy taqribiy baholashga nisbatan yaxshiroqdir. Masalan, paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori haqiqiy tompleksli xususiyati deyiladi. Kompleks baholashning afzalligi shundaki, unda bir sonli yakuniy batolash boʻyicha xulosa qilinadi. Bu batolash afzalliklar bilan bir qatorda, kamchiliklardan ham xoli emas, ya'ni alohida xossalari haqida to'liq ma'lumotga ega boʻlmaymiz. Xom ashyoni to'g'ri tanlash uchun, texnologik jarayonni boshqarish va ishlatilish davrida materialdan ratsbnal foydalanishni bilish lozim. Shuni eh^rga olish lozimki, u yoki bu materialning toshlanghch xossalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ^biy va texrnbgik jarayon harakatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. ^la qanchalik ingichka boʻlsa, undan tayyorlanayotgan ipning solishtirma mustahkamligi shunchalik yuqori va notekisligi kam boʻladi, hamda tashqi ko'rinishi silliqroq boʻladi. Shuni unutmaslik kerakki, u yoki bu sifatni kompleks ba^ashm alohida sifat ko'rsatkichlarini turli hisoblashdan olish mumkin. Bir qancha sifat koʻrsatkichlarning darajasi boʻyicha o'rtacha tompleks baholash oʻzgarmasligi mumkin, ulaming bir qismi pastki darajaga, bir qismi yuqori darajaga ega boʻlishi mumkin. Sifatni aralash baholash uslubi - sifatni aralash baholash uslubi jami sifat ko'rsatkichlari juda yuqori boʻlgandagina ishlatiladi, bitta kompleks sifat koʻrsatkich mahsulotning butun imkoniyatlarini toʻliq xarakterlashga imkoniyati yetmaydi. Aralash baholash uslubida bir qancha kompleksli baholash yoki alohida differentsial bilan kompleks baholash birgalikda ishlatiladi, hamda mahsulotning sifat bosqichini, navini va boshqalarni olishga imkoniyat tug'diradi. Toʻqimachilik materiallari uchun ba'zida kompleks sifat koʻrsatkichlaridan eng yomoni boʻyicha baholanadi, keyin esa bu bahoni boshqa koʻrsatkichlarning qiymatlari boʻyicha aniqlashtiriladi. Belgilangan toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotning sifat ko'rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo'luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni oʻz ichiga oluvchi ishlarning yig'indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga boʻlinadi: foydalanishda sarflanadigan mahsulot; oʻz resursini sarflaydigan mahsulot. Mahsulot sifatining ko'rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; iste'molchilar talablarining tahlilini; mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; sifat koʻrsatkichlariga boʻlgan asosiy talablarni. Toʻqimachilik korxonalari uchun tegishli talablar mavjud: iqtisodiy; ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblaming hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-larning sifati va shunga oʻxshashlar kiradi. Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunarni ta'mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblami texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to'lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag'batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga oʻxshashlar kiradi. Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, oʻzaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida - tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada;iste'molda yoki ishlatishida namoyon boʻladi. Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini baholaydi. Toʻqimalarning fizik va mexanik xossalari tasnifi Gazlamalarning fizik xossalariga gigroskopikligi, havo oʻtkazuvchanligi, bug' oʻtkazuvchanligi, suv oʻtkazmasligi, hoʻllanuvchanligi, chang oluvchanligi, elektroluvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Fizik xossalariga qoʻyiladigan talablar gazlamalarning vazifasi bilan belgilanadi va ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog'liq boʻladi. Toʻqimachilik materiallarining gigroskopik koʻrsatkichlari ularning namlikni oʻziga shimish va oʻzidan chiqarish xususiyati bilan aniqlanadi. Ich kiyimlik buyumlar, paypoq, sochiq, tibbiy paxtalar uchun gigroskopik xususiyatlar asosiy koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi. Gigroskopik xususiyatlarga quyidagi koʻrsatkichlar kiradi. Namlik, gigroskopikligi, suv massasining (msuv), quruq modda massasiga (mq) nisbati bilan foizda aniqlanadi. Materiallarning konditsion massasi quyidagi formula bilan aniqlanadi. bu erda: Wk-materiallaming konditsion namligi, standatda beriladi; mx-haqiqiy massa, tarozida tortiladi; Wx-haqiqiy namlik tajriba bilan aniqlanadi. Gigroskopik namlik-havo namligi 100 foiz boʻlganda materiallarni oʻziga qabul qilgan namligi bilan aniqlanadi. bu erda: me-eksikatorda 98 foiz nisbiy namlikda saqlangan namunaning massasi. mk-materialning quruq massasi. Jadvaldan ma'lumki tabiiy materiallarning gigroskopik xususiyatlari yaxshi. Sintetik materiallarniki yomon. Shuning uchun ichki kiyimlarga tibiiy materiallardan tayyorlangan buyumlarning ishlatmoq kerak. Toʻqimachilik materiallarning namlikni oʻziga yutishini sorbtsiya deyiladi. Namlikni oʻzidan chiqarishga desorbtsiya deyiladi. Sorbtsiya ikki xil boʻladi. Adsorbtsiya-materiallarning ustki qatlami namlikni yutadi. Bu jarayon tez oʻtadi. Absorbtsiya-materiallar butun hajmi boʻyicha namlikni yutadi. Bu jarayon ma'lum bir vaqt ichida oʻtadi. Sorbtsiya jarayonida material yutgan namlikning hammasi desorbtaiya jarayonida chiqib ketmaydi. Chunki namlikning (suv, par) ma'lum bir qismi material moddalarining molekula orasiga joylashib oladi. Materiallarning suv shimuvchanligi (Ssh) - namunani toʻliq suvga botirganda shimgan suv miqdoriga aytiladi. Namunani suvga botirganda qo'shilgan suvning (Kc) massasi quyidagi formula bilan aniqlanadi. Toʻqimachilik materiallarning 1 m yuzasi (S) bilan shimilgan suv miqdoriga materialning suv sig'imligi (Cc) deyiladi. Materialning suv shimuvchanligini aniqlash uchun 50x50 mm namuna tayyorlanadi. Boshlang'ich massasini aniqlab, distrlangan suv T+20° qoʻyilgan stakanga solinadi. O'n daqiqadan keyin xoʻl namunani olib, massasi tortiladi, natijasi formula (1) qo'yiladi. Ayniqsa, ichki kiyimlik va yozgi kiyimlik gazlamalar uchun gigroskopiklik juda muhim hisoblanadi. Bunday gazlamalar ichida zig'ir tolali gazlamalarning, shunindek, viskoza gazlamalarning gigroskopikligi ham yaxshi. Sintetik, triatsetat gazlamalarning gigroskopigligi past, faqat vinol to'qimasining gigroskopikligi ip gazlamanikiga o'xshaydi. Suv yuqtirmaydigan eritma shimdirish, plenka va rezina qatlami qoplash, yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishtov berish natijasida toʻqimani gigroskopikligi pasayadi. Toʻqimachilik materiallarining kapillyarligi. Tayyorlangan namunaning (50x300 mm) bir uchi distirlangan suvga solinganda bo'ylama kapillyarlar boʻyicha koʻtarilgan suv ustuni bilan aniqlanadi. Kapillyarligi yuqori boʻlgan materiallarning gigienik xususiyatlari yaxshi boʻladi, yaxshi boʻyaladi, tozalanadi, namlikni oʻziga yaxshi tortadi. Gazlamaning kirishishligi. Kirishish-nam va issiqlik ta'sirida gazlama oʻchamlarining kichrayishi. Toʻqimachilik materiallar xo'llanganda, yuvilganda, xoʻllab dazmollanganda kirishadi. Gazlamaning kirishishi natijasida undan toʻqilgan buyumlar kirishadi, kiyim qismlarining shakli buziladi. Kiyimning avrasi, astari turlicha kirishsa, kiyimda g'ijimlar, buramlar paydo boʻlishi mumkin. Gazlamaning kirishishiga sabab, gazlamalarni ishlab chiqarish jarayonida iplar tarang tortilgan tolatda boʻladi. Shu holatda toʻqiladi, pardozlanadi bu bilan materialning choʻzilgan qismi mahkamlanib qoladi. Gazlamalarni yuvganda yoki ho'llanganda iplar boʻshashadi. Mavjud boʻlgan qayishqoq deformatsiya qaytadi. Natijada material kirishadi. Ayniqsa material tanda yo'nalishi boʻyicha ko'p kirishadi. Demak, gazlamalarning kirishishi ularning tola tarkibi, tuzilishi va pa^ziga bog'liq. Tabiiy tolalardan olingan gazlamalar suvda shishadi natijada kirishadi. Sintetik iplardan olingan gazlamalar suvda shishmaydi, shuning uchun ular kirishmaydi. Katta eshilgan iplardan to'qilgan material koʻp kirishadi. 1 va 9 fazadagi material ham ko'p kirishadi. Materialning oʻlchami kirishganda kamaysa, musbat (+) kirishish deyiladi. Agar oʻlchami koʻpaysa, manfiy (-) kirishish deyiladi. Materialning kirishishi 3 xil oʻlchamlar boʻyicha aniqlanadi. Materiallarning eni va uzunligi boʻyicha chiziqli kirishishi. Materialning yuza boʻyicha kirishishi. Materialning hajmi boʻyicha kirishishi. Formulalarda: bu erda: L1, St Vi - namunaning boshlang'ich koʻrsatkichlari; L2, S2, V2 - namunaning ishlov berilgandan keyingi koʻrsatkichlar. Demak materialning kirishishiga 3 ta sabab bor: Tayyor mahsulotni hoʻl ishlov berilganda pardozlash jarayonida saqlanib qolgan qayishqoq va 'lastik deformatsiyaning qaytishi natijasida. Materiallarni ivitganda ulardagi iplarning boʻrtishi natijasida. Materialni ivitilganda sistema iplarning bittasi (arqoq) tekislansa, ikkinchi sistema iplar (tanda) yig'iladi. Gazlamalarning kirishishi tajriba yo'li bilan aniqlanadi. 8710-84 standart bo'yicha 300x300 mm boʻlgan namuna olinadi. Namunaga ikki yoʻnalish boʻyicha 100x100 mm belgi qoʻyiladi (rangli ip bilan tikiladi) yuvish mashinasida eritmalar bilan 20-25°C 0,5 soat davomida yuviladi. Namunani quritib, dazmollab belgilangan nuqtalar orasini oʻlchaydi. Quyidagi formula bilan kirishish miqdori aniqlanadi. Gazlamalar kirishuvchanligi ko'rsatgichlari (2.2-jadval) boʻyicha 3 guruxga boʻlinadi I, II, III Gazlamalar kirishuvchanligi ko'rsatgichlari Kirishishi % Kirishishi % Gurux tanda arqoq Gazlama ko'rsatkichi I 1,5 1,5 kirishmaydigan II 3,5 2,0 kam kirishadigan III 5 2 kirishadigan Gazlamalarning kirishuvchanligini kamaytirish uchun ularga maxsus mashinalarda eritmalar bilan ishlov beriladi. Koʻp kirishadigan materiallarni bichishdan oldin bug' bilan ishlov beriladi. Toʻqimachilik materiallari oʻzidan havo, bug', chang, suv va radioaktiv nurlarni oʻtkazish qobiliyati bilan oʻtkazuvchanligi aniqlanadi. Ayrim vaqtlarda amalda materiallarning oʻtkazmaslik koʻrsatkichi ishlatiladi. Masalan, suv oʻtkazmasligi, chang oʻtkazmasligi va h.k. Materialning havo oʻtkazuvchanligi. Ma'lum bosim farqi bilan (AP) 1 m² yuzadan 1 s ichida oʻtgan havoning miqdoriga materiallarning havo oʻtkazuvchanligi deyiladi. Materiallarning havo oʻtkazuvchanligi (Xp) havo oʻtkazuvchanlik koeffitsenti bilan aniqlanadi: Xp = -V- (dm 3 /m 2 s). Bunda: V- havoning miqdori, dm³; S-materialning yuzasi, m²; t-vaqt, s. Havoning bosim farqi koʻpayishi bilan materiallarning havo oʻtkazuvchanligi oshadi. Qalin va zich toʻqilgan gazlamalar uchun (1) tenglamadagi ikkinchi hadni hisobga olinmaydi. Yozgi kiyimlar uchun (Xp) katta boʻlishi kerak. Kuzgi vaqishki kiyimlar uchun (Xp) kichik boʻlishi kerak. Koʻpqavatli kiyimlar uchun havo oʻtkazuvchanlik Kleyton formulasi bilan aniqlanadi. Xp = 1/(1/X1 +1/X2 + ... 1/Xn) bu erda: X1, X2...... Xn-har bir materialning havo oʻtkazuvchanligi. Toʻqimachilik materiallarning havo oʻtkazuvchanligi VPTM-2 asbobida oʻrganiladi. Asbobning tuzilishi, aniqlash usuli laboratoriya darsidan oʻzlashtirilsin. Toʻqimachilik materiallarning bug' oʻtkazuvchanligi. Toʻqimachilik materiallarning yuqori namlik muhitdan kam namlik muhitga suv bug'larini oʻtkazish qobiliyatiga ularning bug' oʻtkazuvchanligi deyiladi. Ichki kiyimlar odam tanasidan chiqadigan suv bug'larini, ya'ni terni yaxshi oʻtkazishi kerak. Suv bug'lari gazmoldagi g'ovaklar orqali va materialning gigroskopligi hisobiga oʻtadi. Toʻqima kiyim ostidagi havodan bug'larni shimib, uni atrofidagi muhitga oʻtkazadi. Materiallarning bug' oʻtkazuvchanligi bug' oʻtkazuvchanlik koeffitsenti bilan aniqlanadi. Bh = A/St (mg / m² s) bu erda: A-kamaygan suv miqdori, mg; S-namuna yuzasi, m²; t-bug' oʻtish vaqti, s. Materiallarning bug' oʻtkazuvchanligi (Bh) idishdagi havo qatlamining balandligiga bog'liq. Balandlik (N) katta bo'lsa bosim kichik boʻladi, bug' oʻtkazuvchanlik kam boʻladi. Bh-atrof-muhit parametriga bog'liq, shuning uchun tajriba konditsion parametrli shkafda oʻtlaziladi. Toʻqimachilik materiallarning chang oʻtkazuvchanligi. Toʻqimachilik materiallarning 1 m yuzasidan ma'lum vaqt ichida oʻtgan chang massasi bilan ifodalanadi. Materialning chang oʻtkazuvchanligi, chang oʻtkazuvchanlik koeffitsenti bilan aniqlanadi. Chu = m / (St) (g/m² s) bu erda: m - material orqali o'tgan chang miqdori, g; S-material yuzasi, m; tvaqt, s. Materialning chang oʻtkazuvchanligi qop mahsulotlari, gaz filtrlari va ishchilarning himoya kiyimlari uchun katta ahamiyatga ega. Qop mahsulotlari koʻp chang oʻtkazsa, qop ichidagi mahsulot kamayadi. Himoya kiyimlar zaharli changlarni oʻtkazsa odam sog'ligiga salbiy ta'sir qiladi. Materialning chang oʻtkazuvchanligi toʻqimaning gʻovakligiga, qalinligiga, chang zarachalarning oʻlchamlariga va havodagi chang miqdoriga bog'liq. Materialning chang oʻtkazuvchanligi oddiy chang yutgich bilan aniqlanadi. Chang yutgich filtriga tahlil qilinayotgan material namunasi qoʻyiladi. Chang solingan idishdan chang yutgich so'rib oladi. Materiallarning chang oʻtkazuvchanligi quyidagi formula bilan aniqlanadi. Chu = m / (St) (g/m² s) bu erda: m-materialdan oʻtgan chang miqdori; m q m₁- (m2 - m3); m₁-idishdan so'rib olingan chang miqdori, g; m2-materialda yig'ilib (ushlanib) qolgan chang miqdori, g; m3-filtr oldida yig'ilib qolgan chang miqdori, g; Л S-filtr yuzasi, m; t-chang yutgichning ishlagan vaqti, s. To'qimachilik materiallarining chang oluvchanligi. Toʻqimachilik materiallarning chang oluvchanligi ularning kirlanish xususiyatini bildiradi. Materiallarning bu hususiyatlari tola tarkibiga, oʻrilish sinfiga, toʻqima zichligiga, pardoziga bog'liq. Silliq, zich toʻqimalarga kam chang yopishadi. Tukli, boʻsh to'qimlarning chang oluvchanligi yuqori boʻladi. Toʻqimalarning tashqi koʻrinishidagi nuqsonlar gazlamaning ma'lum cheklangan joylaridagi nuqsonlarga (dog'lar, siyraklik, chala oʻrilish, zichlashgan joylar) va butun gazlama toʻpiga yoyilgan nuqsonlarga (kirlanganlik, yoʻl-yoʻllik, har xil tuslilik) boʻlinadi. Toʻqima sifatini baholash, ya'ni navini aniqlashda balli sistemadan foydalaniladi va u fizik-mexanik xossalari hamda tashqi ko'rinishidagi nuqsonlar boʻyicha ballarning umumiy yioʻindisi bilan aniqlanadi [8]. I nav uchun to'qima toʻpining shartli uzunligiga yo'l qoʻyiladigan eng ko'p jarima ballari yig'indisi- 10, II nav uchun - 30. Toʻqima to'pining quyidagi shartli uzunligi qabul qilingan [9]: eni 90 sm gacha boʻlgan xom ip gazlamalar uchun 40 m; eni 90 dan 110 sm gacha boʻlganlari uchun 30 m; 110 sm dan enli boʻlganlari uchun 23 m; qirqma tukli gazlamalr uchun 20 m. Hisoblash navlarga ajratish boʻlimida to'qimalar oʻlchanadi va gazlamalarning umumiy miqdori, shuningdek har bir toʻquvchi gazlamalar miqdori hisobga olib boriladi. Toʻquvchilik oʻrilishlari bilan nazariy tomondan tanishib chiqqandan soʻng oʻrilishlarni farqlay ola bilishlari kerak. Tajribaga surp, sarja, satin oʻrilishdagi gazlama namunalari beriladi. Namuna kattaligi 5x5 sm boʻlishi kerak. Tajriba gazlama namunasining oʻng va teskarisini farqlab oladi. Shu bilan birga namunadagi tanda va arqoq yoʻnalishini aniqlaydi. Namunani tekshirayotgan paytida namuna shunday joylashtirilishi kerakki, tanda iplari tik (vertikal), arqoq iplari ko'ndalang (gorizontal) qolatda boʻlishi kerak. Namunani chap vaquyi tomonida baxrama qosil qilinadi. Igna yordamida iplarni bir-biridan surib ajratiladi. Shu tariqa qar qaysi tanda va arqoq iplarining joylashish oʻrnini aniqlanadi va shu asosida daftarga toʻquvchilik oʻrilishi sxemasini chiziladi. Katakchalarda tanda ipini shtrixlab (boʻyab), arqoq ipini esa ochiq qoldirib ko'rsatiladi. Sxemani chizganda birinchi navbatda rapport aniqlab olinadi, siljishlar soni belgilanadi. Xuddi shu tartibda berilgan hamma namunalar taqlil qilinib, oʻrilishlari aniqlanadi. Iplarning tolaviy tarkibi iplarni kuydirishda kuli va qidi orqali aniqlandi.
  • III-BOB. TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI SINOV LABORATORIYALARINI ZAMONAVIY JIHOZLAR BILAN TASHKIL ETISH VA LOYIHALASH: Yuqoridagi jihozlarni hisoblash asosida to'quvchilik korxonalariga bugungi kunda zamonaviy olchash jihozlarini tanlaymiz. Matoni qattiqligini oʻlchaydigan asbob Plunjerdiameti 25,4 mm (1 dyuym), Elektrsarfi: batareya Og'irligi: 18 kg Oʻlchami: (D) 500 x (Sh) 500 x (V) 600 mm Thickness-Lab toʻqima, trikotaj, notoʻqima, geotekstil, teri matolarini qalinligini aniqlash asbobi. 0 dan 10 mm gacha qalinlikdagi matolar uchun, aniqlik darajasi 0,01 mm. Quyidagi rusumlari mavjud: EN ISO 5084 standarti asosida (to'qimachilik matosi uchun) 20 sm² - 0.1 i 1 kPa; EN ISO 5084-1 standarti asosida (geotekstil matolari uchun) 5 sm² - 2 i 20 kPa; EN ISO 53855 standarti asosida (notoʻqima matolar uchun) 25 sm² - 0.5 kPa i 1 kPa yoki 10 sm² - 5 kPa. Og'irligi: 23 kg. Oʻlchamlari: (D) 250 x (Sh) 310 x (V) 300 mm. Martindale-Hamma turdagi matoni yemirilishi va tuganaklarini aniqlash asbobi - Taglik va parolon matosi uchun 1.5 m x0.5 m. (paketda 4 dona) - Zich toʻqilan mato bilan qoplangan disk 0 140 mm (paketda 20 dona) - Zich toʻqilan mato bilan qoplangan disk 0 90 mm tuganaklarni aniqlashda ishlatiladi (paketda 20 dona) Elektr sarfi: 220 V/50 Gts, odnofaznoye (110V 60 Gts), Og'irligi: 97 kg Oʻlchami: (D) 730 x (Sh) 660 x (V) 340 mm. Matoni qayrilish burchagini tekshirish Matoni ma'lum bosim va vaqt davomida qayirib bosilgandan so'ng uni va o'z holiga qaytishini va qayrilish burchagini tekshirish uchun qoʻManiladi. ISO 2313, AA TCC 66, BS EN 22313, M&S P22 standarti asosida yaratilgan. Og'irligi: 8 kg Oʻlchami: (D) 250x(Sh)200x(V)350 mm Mato yuzasi 100 sm2ga teng, u maxsus moslama yordamida maxkamlanadi. Bosim: 0-9999 mm/H2O. Bosim tezligi: 10 sm/min dan 60 sm/min (UNI/EN/AATCC i DIN/AFNOR standarti asosida). "Plyus" moduli mavjud bosimi20.000 mm/H2O. bo'lib. Water Proof-matoni bosim ostida suv oʻtkazuvchanligini aniqlash asbobi. Air Tronic-matoni xavo oʻtkazuvchanligini aniqlash asbobi Matodan xavo vertikal xolda oʻtkaziladi. Air Tronic - toʻqimachilik, trikotaj, texnik, notoʻqima matodan, suniy charm, fetrov va qog'ozdan olingan mahsulotlarini xavo oʻtkazuvchanligi tekshiriladi. Xavo oʻtkazuvchanlikning oʻlchov birligi mm/s. Oʻlchash oralig'i 2,8 mm/s dan 8056 mm/s gacha. Xavo xaydash moslamasi matoning 2, 5, 10, 20, 50 sm2yuzasiga moslanadi. Elektr sarfi: 220V 50 Gts Og'irligi: 30 kg Oʻlchamlari: (D) 430 x (Sh) 500 x (V) 620 mm Matoni yuvish mashinasi - Autowash II Matoni quruq yoki yuvilgandan so'ng rang chidamliligini aniqlash qurilmasi. Temperaturani avtomatik elektron oʻzgartirish qurilmasi bilan. Zanglamaydigan metaldan tayyorlangan. Elektr sarfi: 380 V, 50 Gts, trexfaznoye + neytral Og'irligi: 75 kg Oʻlchami: 920 (D) x 580 (Sh) x 750 (V) mm Crock-Meter- mato rangini ishqalanishga chidamliligini aniqlash asbobi Mato rangini ishqalanishga chidamliligini aniqlash asbobi shtbir diametri 1,6 sm, shtbir oʻlchami 1,9x2,54 sm, kuch xosil qiluvchi tosh og'irligi 9 N va 22 N va mato namunalari hamda sikl soni ko'rsatuvchi monitordan iborat. ISO UNI EN 105, AA TCC 8/165, M&S C8 standarti asosida yaratilgan. Elektr sarfi: 220/110 V, 50/60 Gts, odnofaznoye. Og'irligi: 20 kg Oʻlchami: (D) 800 x 250 (Sh) x 260 (V) mm Spektrofotometr- Matoni rangi etalonga mosligini aniqlash asbobi Oʻlchash vaqti1,5 sekund To'lqin uzunligi: 360 nm dan 740 nm. Ta'sir maydoni: 52 mm Interfeys: standartinterfeysi RS-232C. CIE 15, ISO 7724/1, ASTM E1164, DIN 5033-7, JIS Z8722 standarti asosida Elektr sarfi: oʻzgaruvchan tok, 220 V odnofaznoye - 50/60 GS. og'irligi: 670 g mm Oʻlchami: (D) 193 x (Sh) 69 x (V) 96 mm Tenso-Lab 5000 - Ikki kavsharli turli mato pishiqligini aniqlovchi asbob Qisqichlarni maksimal yurish oralig'i: 1200 mm (qisqichsiz) Ikki kavshar oralig'i: 400 mm Matoni yuvish mashinasi - Autowash II Matoni quruq yoki yuvilgandan so'ng rang chidamliligini aniqlash qurilmasi. Temperaturani avtomatik elektron oʻzgartirish qurilmasi bilan. Zanglamaydigan metaldan tayyorlangan. Elektr sarfi: 380 V, 50 Gts, trexfaznoye + neytral Og'irligi: 75 kg Oʻlchami: 920 (D) x 580 (Sh) x 750 (V) mm Temperaturani aniqlash Nisbiy namlikni aniqlash oralig'i: 0 - 100% R.H. aniqlikda yo 3% R.H, 10% R.H. dan 90% R.H. (agar temperatura25°C) Quyidagi oraliqda: xar 3 xaftada, 6 oralig'i-20°C dan +50°Cgachaxaftada, 3 oy,6 oy. aniqlikda yo 1°C. Og'irligi: 2,1 kg Oʻlchami: (D) 300 x (Sh) 245 x (V) 105 mm (R.H.) elektron termogidrograf. Laboratoriya uskunalarini joylashtirish tartibi Toʻqimachilik materiallarini sinash laboratoriyasi koʻp hollarda ishlab chiqarish binosiga, ayrim hollarda ma'muriy bino yoki boʻlimlarga joylashtiriladi. Birinchi holda laboratoriya odatda xoʻjalik binosiga, asosiy ishlab chiqarish sexiga (jarayoniga) yaqin boʻlgan binolarga joylashtiriladi. Unda quyidagi talablarga amal qilish lozim[21]: Bino shimol yoki shimoliy-sharq va shimoliy - gʻarb tomonlarga mo'ljallab qurilgan boʻlishi lozim; Bino birinchi qavatda joylashishi kerak. Buning iloji bo'lmagan taqdirda shunday (bino) xona tanlash kerakki, uning ostida tebranishga, shovqinga, iflos chiqindilar bilan ishlovchi jihoz, Uskunalar boʻlmasligi lozim; Imkoniyat boricha binoni kunduzgi yoritilganlikka yaqin bo'lgan lampalar bilan (dnevnoy svet) ta'minlash lozim; Bino balandligi 3,3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Sinov laboratoriyasini tashkil etish va rejalashni ikki yoʻnalishda olib borish mumkin: Katta bo'limlarga boʻlingan xonaga joylashtirishni tashkil etish, bunda katta zallarda barcha Uskunalar joylashtiriladi; Kichik bo'limlarga boʻlingan xonalarga joylashtirish, bunda ayrim sinov ishlarini alohida xonalarga joylashtirish mumkin. Oxirgi yoʻnalishdagi rejalashtirishni hozirgi vaqtda barcha korxonalar qoʻllab-quvvatlamoqdalar, chunki ishlash uchun tinch va osuda boʻlib hozirgi talablarga mos keladi. Har xil gruppadagi sinovlar va analizlar alohida boʻlingan yoki birlashtirilgan laboratoriya bo'limlarida bajarilishi mumkin. Ko'p hollarda materialning alohida xususiyatlarini oʻrganishda maxsus alohida xonalarga joylashtiriladi. Masalan tolalarni, yarim xom ashyolarni va iplarni tayyor mahsulotni sinashda alohida xonalarga joylashtirish maqsadga muvofiq boʻladi. Odatda sinovlarni, analizlarni, tahlillarni Uskunaning ishlashiga qarab, issiqlik chiqaruvchi Uskunalar, kimyoviy moddalar bilan ishlash, suv va kanalizasiya zarur bo'lgan analizlar, shovqin va tebranish beruvchi Uskunalarni alohida maxsus xonalarga joylashtiriladi. Toʻqimachilik materiallarining strukturasini (tuzilishini) tahlil qilishda, ya'ni yorug'lik mikroskopida elektron mikroskopda, rentgen tahlilida, spektroskopiya va boshqa struktura analizlarida alohida bo'limlarda tashkil qilinadi. Koʻpincha, geometrik, mexanik xususiyatlarini, kirishish va yemirilish, fizik xossalarini oʻrganishda ularni birlashtirib bir bo'limga joylashtiriladi. Sinov bo'limlarini ajratish va rejalashda doim laboratoriya hajm oʻlchovlarini hisobga olgan holda bajariladi. Kichik laboratoriyalarda bo'limlar soni 3-4 tadan oshmasligi, katta laboratoriyalarda esa 10 va undan koʻp bo'limlar tashkil etilishi mumkin. Materialning turiga qarab, tolalarni yuqori aniqlikda analiz qiluvchi Uskunalarni alohida binoga joylashtirish tavsiya etiladi. Yuqorida ko'rsatilgan asosiy bo'limlardan tashqari quyidagi yordamchi bo'limlar ham boʻlishi kerak: Olingan namunalarni saqlash va ularni normal atmosfera sharoitida ushlab turish (klimatik kameralar) uchun boʻlim; Namunalarni vaznini oʻlchash xonasi; Hisob-kitob ishlarini bajaruvchi xodimlar xonasi; Fotografiya ishlari uchun xona; Ta'mirlash (mexanikaviy va elektrda ishlovchi Uskunalarni) ustaxonasi; Ma'muriy boʻlim (mudir xonasi va boshqalar); Axborot resurs markazi; Boshqa ko'zda tutilishi zarur boʻlgan xonalar. Odatda, laboratoriyani mo''tadil iqlim sharoitini yaratish uchun, havoni sovutish moslamalarini alohida xonaga oʻrnatiladi.
  • IV. SINOV LABORATRIYALARIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIK: Bitiruv ishining bu qismida ishlash jarayonida xayot faoliyatining xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari tegishli adabiyotlarda [14] keltirilgan talablar asosida tahlil qilindi. Hayot faoliyati deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga aytiladi. Jamiyatda va tabiatda yuzaga kelgan ko'pgina negativ faktorlarning avvlam bosh sababi insonlarning antropogen faoliyati boʻlib, xozirgi paytda ushbu muammolarni yechish uchun insoniyat texnosferani mukammallashtirib, odamlarga va tabiatga salbiy ta'sirini yo'l qo'yilgan darajagacha pasaytirish hisoblanadi. Xavfsizlik texnikasi mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishlab chiqarishdagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli ta'siri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me'yoriy texnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, me'yorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yo'l yo'riqlar berish, ishlab chiqarishda sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini o'rgatish; mehnat qilish va dam olish qonun qoidalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish. Texnik tadbirlar ma'lum me'yorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini ta'minlash zarur, xavfli ta'sirlardan himoya qilish uchun to'siqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qo'yiladi. Ko'pincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bog'liq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlami uzoqdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsiyalashdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk ko'tarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo'ladi, namlik, havo ning tozaligi, shovqinlar, nurlanish ta'siri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Har bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun ma'muriyat javobgar hisoblanadi. Aqliy mehnat koʻpgina axborot qabul qilish uzatish ishlarini diqqatni, eslab qolish tizimini, fikrlash tizimini aktivlashishini talab qiladi, natijada uzoq aqliy yuklama insonning asab tizimiga, yurak-tomir tizimiga salbiy ta'sir koʻrsatadi. Ushbu mexnat turiga gipokineziya ya'ni insonni xarakatlanish aktivligi pasayishi natijasida emotsional kuchlanishga qarshi organizm reaktsiyasining yomonlashuvi kuzatiladi. Uzoq aqliy mexnat bilan shug'ullanish asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi: diqqat bilan ishlashi (bir ishdan ikkinchisiga oʻtishi, fikrni bir yerga jamlash), xotirasi (qisqa muddatni va uzoq davrni eslash), axborotni qabul qilishida koʻplab xatolarga yo'l qo'yadi. Atrofdagi predmetlarning xarorati va organizmga jismoniy yuklama ma'lum ishlab chiqarish muxitini tavsiflaydigan parametrlar boʻlib, qolgan parametrlar xisoblanmish odamni oʻrab turgan xavo xarorati, xarakati va atmosfera bosimi mikroiqlim parametrlari deb nomlanadi. Mikroiqlim parametrlari insonni salomatligiga va ishlash qobiliyatiga bevosita ta sir ko'rsatadi. Xavo xarorati 30° S dan oshganda odamning ishlash qobiliyati pasaya boshlaydi. Keskin xavoning oʻzgarishi natijasida inson salomatligi yomonlashadi, maxsus moslamalarsiz inson bir necha daqiqa 116° S gacha xavodan nafas ola oladi. Shu bilan birga xavo xarakatining tezlashishi xam konvektiv issiqlik ajralishini tezlashtirib, salomatligiga salbiy ta sir o'tkazadi. Sinov laboratoriyalarida mehnat muhofazasini tashkil etish korxona maʻmuriyati tomonidan amalga oshiriladi. Laboratoriyalarida ishlaydigan ishchi xodimlami muhofaza qilish uchun elektr, yong'in xavfsizligi choralari va zarur ishlash sharoitlari yaratiladi. Ish joylaridagi mikroiqlim sharoitlari deganda: Harorat; Nisbiy namlik; Havoning tezligi; Atmosfera bosimi tushuniladi. Kishi organizmining me'yoriy harorati 36,6°C boʻladi. Organizm oʻzi uchun zarur boʻlgan haroratni ta'minlab turish qobiliyatiga ega. Sanitar normalarining ruxsat etilgan temperaturasi: ishlab chiqarish xonalarida (150 dan past boʻlmagan) sinflar, kabinetlar, laboratoriyalarda (16-20°C) gimnastika zali, vestibyul, koridorlarda (14-16° C). Inson faoliyatida namlik ham muhim rol o'ynaydi. Sanitar normalarga koʻra oʻquv xonalaridagi havoning namligi (40-60%) issiq sharoitlarda 75% gacha ortishi mumkin. Inson uchun havo oqimining harakatlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Sanitar normalarga koʻra ishlab chiqarish xonalari va o'quv yurtlarida havoning oʻrtacha harakat tezligi 0,2-0,5 m/s-sovuq hollarda, issiq boʻlganda 0,5-1,5 m/s boʻlishi kerak. Inson havo oqimining ta'sirini tezlik 0,15 m/s boʻlgandan boshlab seza boshlaydi [15]. Sinov laboratoriyalarida boshqa ishilab chiqarish ob'ektlari singari ishchilarni ishga kirish vaqtida, ish joylarida texnika xavfsizligi boʻyicha yo'riqnomadan oʻtkaziladi. Yoʻriqnomalar 2 xil boʻladi: Kirish yo'riqnomasi. Ish joyida oʻtkaziladigan yoʻriqnoma. Ish joyida oʻtkaziladigan yoʻriqnoma 3 xil boʻladi: Dastlabki yoʻriqnoma. Davriy yo'riqnoma. Navbatdan tashqari yoʻriqnoma. Kirish yo'riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga junatilganlar (ish malakasi va stajidan qat'iy nazar), hamda amaliyot oʻtayotganlar va shogirdlar kirish yoʻriqnomasi oʻtadi. Kirish yo'riqnomasini korxonaning mehnat muhofazasi boyicha mas'ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodimi oʻtkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tsexlarda boʻlsa, kirish yo'riqnomasini shu tsexning boshligʻi oʻtkazishi kerak. Shikastlanganlarga dastlabki yordam koʻrsatish, yong'in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar boyicha yoʻriqnomalarni tegishli mutaxassislar oʻtkazadilar. Kirish yo'riqnomasi maxsus adabiyot, koʻrgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda oʻtkaziladi. Kirish yo'riqnoma guruh bilan va yakka tartibda oʻtkazilishi mumkin. Guruh bilan o'tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak. Kirish yo'riqnoma oʻtkazilganligi xaqida maxsus jurnalga va ishchi qoʻliga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib quyiladi. Kirish yo'riqnomasining dasturi quyidagilar: Korxona toʻgʻrisida umumiy ma'lumotlar; Mehnat muhofazasi; Xavfsizlik texnikasi; Ishlab chiqarish sanitariyasi; Shaxsiy himoya vositalari; Shaxsiy gigiena qoidalari; Korxonada yong'in xavfsizligiga qoyiladigan asosiy talablar. Ish joyida oʻtkaziladigan yoʻriqnomadan maqsad har bir ishchini tug'ri va xavfsiz ish usullariga urgatishdan iborat. Yoʻriqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajaradigan texnologik jarayoni, uning harakat oʻzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo boʻlishi mumkin bo'lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini toʻgʻri tashkil qilish va shunga o'xshash masalalar tushuntiriladi. Yoʻriqnoma oʻtkazish ishchining bevosita rahbari boʻlgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo'riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog, instruktorlik vaxta xodimlari va x.k.) ishtirokida oʻtkaziladi. Dastlabki yo'riqnoma. Ish joyida oʻtkaziladigan dastlabki yo'riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qoyishdan oldin yoki ish harakteri oʻzgargan hollarda oʻtkaziladi. Korxonaga ishga kirayotgan ishchini kasbiy malakali va tajribali ishchiga biriktirib kuyish orqali malakasini oshiradi. Bunday biriktirb kuyish tsex boshlig'ining unga javobgar usta koʻrsatilgan yozma farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. Dastlabki yo'riqnoma oʻtkazish yoʻriqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga yozib kuyish orqali mustahkamlanadi. Davriy yo'riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat'iy nazar har olti oydan ko'p bo'lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari boyicha davriy yo'riqnoma oʻtkazilib turiladi. Davriy yo'riqnoma oʻtkazishdan maqsad - ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari boyicha bilimlarini yangilab va toʻldirib turishdir. Davriy yo'riqnoma yakka tartibda va guruh bilan oʻtkazilishi mumkin (bir xil kasbdagi ishchilar bilan) va tsex yoki korxonada boʻlib oʻtgan aniq misollarni talqin etgan holda suhbat oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari yoʻriqnoma. Navbatdan tashqari yoʻriqnoma qoyidagi hollarda oʻtkaziladi: -texnologik jarayon oʻzgarishi, bir uskuna oʻrniga boshqa uskuna oʻrnatilishi yoki mehnat sharoitini oʻzgartirganda; -tsex, boʻlim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya roy berganda; -ishlarni xavfsiz bajarish boyicha yangi qoida va yo'riqnomalarni ishchilar diqqatiga yetkazish zaruriyati tug'ilgan hollarda; -ishlab chiqarish intizomi qoida va yo'riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan hollarda. Navbatdan tashqari yo'riqnomada ishchilarga dastlabki yo'riqnomaning shu yo'riqnoma oʻtilishiga sabab boʻlgan qismigina koʻrib chiqiladi. Navbatdan tashqari yo'riqnoma ham dastlabki va davriy yo'riqnoma kabi bevosita boshliqlar (usta ) tomonidan oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari yo'riqnoma ham dastlabki va davriy yo'riqnoma kabi jurnalga yozib rasmiylashtiriladi, faqat bunda sababi koʻrsatiladi. Ishlab chiqarish korxonalariada odamga to^incha past va yuqori harorat, kuchli issiqlik nurlari, chang, titrashlar (vibratsiya), elektromagnit to'lqinlari, zahararli ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta'sir to^satadi: bular kishi sog'ligining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.