Kоsоnsоy PTK tоla tоzalash texnоlоgik jarayonin takоmillashtirib qayta lоyixalash
Ushbu diplom loyihasi «Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi» kafedrasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Kosonsoy PTK tola tozalash texnologik jarayonini takomillashtirib qayta loyixalash mavzusida olib borildi. Amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishini mavzusi bo'yicha kerakli nazariy va amaliy ma'lumotlar to'plandi. Texnologik bo'limda Kasonsoy paxta tolasi A/J ning bosh rejasini hisoblash ishlari olib borilib, korxonaning bosh rejasi chizildi va quritish-tozalash, jinlash, linterlash va presslash sexidagi uskunalar haqida ma'lumot berildi, tayyor mahsulotlar balansi kiritildi. Mexanika bo'limida Kasonsoy paxta tolasi A/Jdagi 1VP rusumli tolatozalash mashinadagi tozalash samaradorligini oshirish maqsadida barabanlar sonini 2 ta qilib, kolosniklarni yengillashtirdik. Nazariy taxlil asosida tozalash samaradorligini 10% ga ortishga erishdik va kolosniklarga sarflanadigan materialni iqtisod qilishga erishdik. Iqtisodiy bo'limda taklif etilgan 1VP rusumli tolatozalagich o'zgartirishlar asosida hisob-kitoblar qilinib Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik iqtisodiy samarasi va mavjud tolatozalagich va taklif qilinayotgan tolatozalagich samaradorligi hisoblanib taqqoslab, iqtisodiy afzalliklari kiritildi. Takomillashgan tolatozalagich Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik sof foydasi 37926131 so'mni tashkil etadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Jahon bozorida paxta tolasi to'qimachilik sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida mamlakatimiz paxtachilik tarmog'ini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
- Texnologik qism: Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy operatsiyasi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitdan ajratiladi. Bu jarayon tolaning sifatiga yuqori ta'sir ko'rsatadi. Tolani tozalash uskunalaridagi tozalash samaradorligi past, tola nuqsonlar bilan chiqish miqdori yuqori. Shu sababdan tola tozalash jarayonini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
- Mexanika qismi: Paxta tolasining jahon bozoridagi raqobatdoshligi asosan tashqi ko'rinishi, tola uzunligi, hamda tarkibidagi ifloslik va nuqsonlar miqdoriga qarab belgilanadi. Jinlashdan so'ng paxta tolasida uluk va ifloslik ko'rinishidagi aralashmalar bo'ladi. Tolatozalagichga qo'yiladigan talablar: tolatozalagichlar ishchi organlarining ta'siri tola fizik-mehanik xususiyatlarini buzmasligi; mashinalar toladan standart norma bo'yicha maksimal ifloslik va uluk miqdorini ajratish kerak; tolatozalashda tolaning maxsulot ko'rinishini yaxshilash kerak; chiqindilar ichida tolalar miqdori minimal bo'lishi.
- Mehnat muhofazasi va ekologiya qismi: Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga ta'sirini o'rganadigan fan mehnat gigiyenasi deyiladi. Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat, ishlab chiqarish shovqinlari, elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiatsiya, lazer nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli ta'sirini qunt bilan ilmiy asoslab o'rganish zaruriyati tug'ildi.
- Iqtisodiy qism: Nazariy izlanishlar asosida tolaning sifat ko'rsatkichlari bo'yicha yaxshi natijalar kutilmoqda, xususan, paxta tolasi nuqsonlar va iflos aralashmalar yig'indisining massaviy ulushi, shtapel massauzunligi kabi ko'rsatkichlar yaxshilandi. Yillik iqtisodiy samaraning hisobi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: Э = [(с, + Е,, ■ K 1 )-(C2 + E,, ■ К 2)]■ А 2 + (Цг-Ц).
- Xulosa: Ushbu diplom loyihasi Kosonsoy PTK tola tozalash texnologik jarayonini takomillashtirib qayta loyixalash mavzusida olib borildi. Mexanika bo'limida Kasonsoy paxta tolasi A/Jdagi 1VP rusumli tolatozalash mashinadagi tozalash samaradorligini oshirish maqsadida barabanlar sonini 2 ta qilib, kolosniklarni yengillashtirdik. Nazariy taxlil asosida tozalash samaradorligini 10% ga ortishga erishdik va kolosniklarga sarflanadigan materialni iqtisod qilishga erishdik. Iqtisodiy bo'limda taklif etilgan 1VP rusumli tolatozalagich o'zgartirishlar asosida hisob-kitoblar qilinib Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik iqtisodiy samarasi va mavjud tolatozalagich va taklif qilinayotgan tolatozalagich samaradorligi hisoblanib taqqoslab, iqtisodiy afzalliklari kiritildi. Takomillashgan tolatozalagich Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik sof foydasi 37926131 so'mni tashkil etadi.
- Foydalanilgan adabiyotlar: Ushbu diplom loyihasini tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qarori, E. Zikriyoyev “Paxtani dastlabki qayta ishlash”, M.Omonov “Paxtani dastlabki ishlash spravochnik”, R. Murodov “Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida xom ashyoni va undan olinadigan mahsulotlarni tashuvchi transport vositalari”, Babadjanov M.A. “Texnologik jarayonlarni loyihalash”, Qudratov A. va G'aniyev T. “Mehnat muhofazasi va ekologiya”, Isaev R.
- Ilovalar: Ushbu bo'limda AQSh paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan tolatozalagichlar va tolatozalash mashinalari haqida ma'lumotlar berilgan.