Kimyo lаbоrаtоriya mashg’ulotlаri

Ushbu uslubiy ko'rsatma oliy oʻquv yurtining Kimyo fanidan taʼlim oluvchi barcha bakalavriyat talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, koʻrsatmaning asosiy maqsadi talabalarni kimyodan oladigan nazariy bilimlarini mustashkamlash va tajriba yoʻli bilan sinab koʻrishdan iborat. Laboratoriya mashgʻulotlarini maʼruza bilan paralel ravishda oʻtkazilishi mashgʻulotlarning unumli va foydali boʻlishiga yordam beradi. Oʻtilgan material yuzasidan tajriba oʻtkazilib, unda bayon etilgan fikrlarning toʻgʻriligiga amalda ishonganidan keyingina talaba maʼruza materialini puxta egallaydi. Shu sababli ushbu uslubiy koʻrsatmada har bir laboratoriya ishidan oldin laboratoriya ishi mavzusiga oid nazariy bilimlar, tajribaning bajarilish tartibi, reaksiya tenglamalari va sinov savollari berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kimyo laboratoriyasida ishlash ehtiyot choralari. Kimyoviy asbob anjomlar va idishlar: Laboratoriya ishi boshlashdan avval, talaba texnika havfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqishi shart va mahsus daftarga imzo chekishi lozim. Har qaysi laboratoriya ishi belgilangan joyda bajarilishi shart. Mashg'ulot paytida talaba mahsus kiyim (halat) siz ishlashi mumkin emas. Mashg'ulot rejasida ko'rsatilmagan ishlarni bajarishi taqiqlanadi. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va havfsizlik tehnikasi qoidalariga rioya qilishi lozim.
  • Aralashmalarni ajratish usullari. Ifloslangan va suvda eriydigan tuz namunasini tozalash.: Suvda eruvchan qattiq moddalarni suvda erimaydigan qo'shimchalardan tozalash usullari bilan tanishish. Filtr qog'ozi yordamida voronka tayyorlash, suyuqliklarni filtrlash va eritmani bug'latish yo'li bilan tuz ajratib olishga oid malaka hosil qilish.
  • Moddalarning fizik kattaliklari (Laboratoriyada ishlash texnikasi): Laboratoriya mashg'ulotlarida qoʻllaniladigan asboblar umumiy va yakka holda foydalanish uchun moʻljallangan asboblarga boʻlinadi. Umumiy foydalanish uchun moʻljallangan asboblarga: tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish pechlari, havo soʻrgich nasoslar, reaktivli shtativlar va boshqalar kiradi.
  • Kimyoviy reaktsiyalar bo'yicha tajribaviy masalalar: Ajralish reaksiyalari. Malaxitning parchalanishi. Almashinish reaksiyasi. O'rin olish reaksiyasi.
  • Oksid, asos, kislota va olinishi: Elementlarning kislorodli birikmalariga oksidlar deb ataladi. Oksidlar tarkibida kislorod hamma vaqt manfiy 2 valentlikni namoyon qiladi. Kimyoviy hossalari jihatidan barcha oksidlar tuz hosil qiladigan va tuz hosil qilmaydigan guruhlarga bo'linadi.
  • Tuzlarning olinishi: Tuzlar deb molekulasi metall atomi va kislota qoldig'idan iborat bo'lgan murakkab moddalarga tuzlar deyiladi. Tuzlar molekulasining tarkibiga qarab, 3 guruhga ajiratiladi: Normal yoki o'rta tuzlar. Nordon yoki kislotali tuzlar. Asosli tuzlar.
  • Kimyoviy reaksiya tezligiga moddalar kontsentratsiyasining ta'siri: Kimyoviy reaksiya tezligi va unga turli omillarning taʼsiri haqidagi taʼlimotga kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasining vaqt birligi ichida o'zgarishi bilan o'lchanadi.
  • Kimyoviy muvozanatni siljitishga moddalar kontsentratsiyasining ta'siri: Kimyoviy muvozanat holatida to'rgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (masalan: harorat, bosim yoki kontsentratsiya) o'zgartirilsa, muvozanat tashqi ta`sirni kamaytiradigan reaksiya tomoniga siljiydi.
  • Eritmalar tayyorlash va eritmalarning turlari: Dispers sistemalar. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma`lum darajada maydalangan zarralar hamda tarqalishi natijasida hosil bo'lgan sistemalar dispers sistemalar deyiladi.
  • Elektrolit eritmalarning xossalari: Elektrolit eritmalarida sodir bo'digan reaktsalarning mohiyatini ko'atib beruvchi bunday qsqrtirilgan tenglamalar ionli tenglamalar deyiladi.
  • Ion alamashinish reaktsiyalari: Elektrolit eritmalari sodir bo'ladigan reaktsiyalarning mohiyatini ko'rsatib beruvchi ionli tenglamalar bilan yoritiladi.
  • Tuzlarning gidrolizi: Agar erituvchi suv bo'lsa, erigan moddalar bilan suv orasida almashinuv reaksiyalari sodir bo'ladi va moddalar parchalanadi. Bu jarayon gidroliz deb ataladi.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida muhitning roli: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darazhasi (valentligi) reakstiya natijasida o'zgarmaydi.
  • Metallarning kimyoviy xossalari: Metallarning ko'pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta'sirida emiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi.
  • Metallmaslarning olinishi va kimyoviy xossalari: Metallmaslar D.I. Mendeleyev davriy jadvalida asosiy guruhchalarda va davrlarning o'ng tarafida joylashgan. Metallmaslarning xossalari metallarnikidan keskin farq qiladi.
  • Organik birikmalarni sifat analizi: Organik moddalar tarkibidagi azot va oltingugurtni aniqlash bo'yicha usullar keltirilgan.
  • To'yingan uglevodorodlar. Metanni olinishi va xossalari: Uglerodning vodorod bilan birikmalari uglevodorodlar deyiladi va ular ochiq zanjirli – assiklik hamda yopiq zanjirli – karbosiklik bo'ladi. Umuman ikkala qator uglevodorodlari ham to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarga bo'linadi.
  • Alkenlar. Etilenni olinishi va ularning xossalari: Tarkibida ham delta bog', ham pi bog' (qo'shbog' yoki uchbog') tutgan uglevodorodlar to'yinmagan uglevodorodlar deyiladi.
  • Alkinlar. Atsetilenni olinishi va xossalari: Molekulasida uch bog' tutgan uglevodorodlar alkinlar yoki atsetilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Umumiy formulasi— CnH2n-2. Alkinlarning gomologik qatori atsetilendan boshlanadi.
  • Aromatik uglevodorodlarning xossalari: Tarkibida benzol halqasi bo'lgan karbotsiklik birikmalar aromatik uglevodorodlar (arenlar) deyiladi. Aromatik uglevodorodlarning dastlabki vakillari tabiatda uchraydigan mahsulotlardan ajratib olingan bo'lib, xushbo'y hidga ega.
  • Spirtlarning xossalari: Molekulasida turli uglerod atomlarida ikki yoki undan ortiq gidroksil guruhi bo'lgan birikmalar ko'p atomli spirtlar deyiladi.
  • Fenollarning xossalari: Molekula kislorod atomidagi erkin juft elektronlarni benzol yadrosiga siljishi natijada benzol halqasining o'rta va para holatlarida elektron zichligi ortadi, shu hisobdan o'rin olish reaksiyalari ro'y beradi.
  • Aldegid va ketonlarning xossalari: Molekulasi tarkibida karbonil guruhi bo'lgan birikmalarga oksobirikmalar deyiladi. Agar karbonil guruh bitta vodorod va alkil guruh bilan bog'langan bo'lsa aldegidlar, karbonil guruh ikkita radikal bilan bog'langan bo'lsa ketonlar deyiladi.
  • Karbon kislotalarni olinishi va xossalari: Uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining karboksil guruh COOH ga almashinishi natijasida hosil bo'lgan organik birikmalar karbon kislotalar deyiladi.
  • Uglevodlar. Monosaxaridlar, di- va polisaxaridlarning xossalari: Uglevodlar tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, tirik organizmlar hayotida muhim rol o'ynaydi. Bu birikmalar uglerod, vodorod va kisloroddan iborat.
  • Aminokislotalar va oqsillarning xossalari: Oqsillar azotli yuqori molekulyar tabiiy organik modda – biopolimerlardir. Oqsil molekulalari murakkab tuzilishga ega bo'lgan a- aminokislotalar qoldiqlaridan tarkib topgan.