Tribologiya asoslari

Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Andijon Mashinasozlik Instituti

Asosiy mavzular

  • 1- LABORATORIYA ISHI: SIRPANIB ISHLOVCHI DETALLAR MATERIALLLARINI YEYILISHGA SINASH.: Sirpanib ishlovchi qismlar materiallarini yeyilishga bardoshliligini baholash. Detallarni yeyilishi ular orasidagi tirqishlarni kengayishga olib keladi. Ishqalanish va yeyilishga xisoblab va ularni o'lchash metodlarini, yeyilishga chidamliligini oshirishning usullari, ishqalanuvchi juftliklar uchun materiallar tanlash metodlarini o'rganish.
  • 2- LABORATORIYA ISHI: SIRPANIB ISHQALANUVCHI DETALLARNING YEYILISH TEZLIGINI XISOBLASH.: Markaziy Osiyoning iqlim sharoiti yuqori miqdordagi chang zarrachalari va quruq issiqlik bilan harakterlanganligi sababli mashina va mexanizmlar ishqalanuvchi yuzalardagi asosiy yeyilish turi bu abraziv yeyilishdir. Podshipniklarni abraziv yeyilishga xisoblash bilan tanishib chiqamiz. Yeyilish tezligini xisoblash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi.
  • 3-LABORATORIYA ISHI: TISHLI ILASHMALAR YEYILISH TEZLIGINI XISOBLASH: Tishli uzatmalarning ponasimon tirqishiga kiradigan abraziv donachalar ishkalash kuchi ta'sirida g'ildirak tishining bir-birlari bilan o'zaro tutashadigan qism yaqinlashuviga mos ravishda olib boradi, buning natijasida ularning botish darajasiga qarab ishqalanish yuzalari elastik yoki plastik deformatsiyaga uchrashi mumkin. Tishli uzatmalarda mikro-kesish protsessi kuzatilmaydi, chunki tishlarning ilashadigan joylarda kontakt bosim abraziv donachalarning siqilishiga mustaxkamligidan ancha yuqoridir.
  • 4-LABORATORIYA ISHI: ISHQALANUVCHI DETALLARNING YUZA G’ADUR - BUDIRLIKLARINI ANIQLASH: Mashina detallarining yuza qismi ma'lum texnologik ishlovdan so'ng xosil bo'lgan g'adir-budirliklaridan, to'lqinsimonlik va formasining makro og'ishidan iborat bo'ladi. Yuza g'adir-budurliklari deb ma'lum baza o'lchamida olingan / 80-8000 mkm/, detal yuza relefini tashkil qiluvchi, nisbatan kichik qadamga 1 / 2-800 mkm/ va balandlikka Rmax / 0,02-400 mkm / ega bo'lgan notekisliklar yig'indisiga aytiladi.
  • Laboratoriya mashg'uloti №5: Sirpanib ishqalanuvchi podshipnikning ish resursini (ishlash vaqtini) aniqlang.: Sirpanib ishqalanuvchi podshipnikning ish resursini (ishlash vaqtini) aniqlang. Materiallarning yeyilishga nisbiy bardoshlik koeffitsienti (ẞ1,2) ni aniqlaymiz. Ishqalanish juftligini nisbiy (h¹) va chegaraviy (h*) yeyilish miqdorini aniqlaymiz.
  • Laboratoriya mashg'uloti №6: Sirpanishdagi ishqalanish koeffitsientini tajriba yo'li bilan aniqlash.: Sirpanishdagi ishqalanish koeffitsientini aniqlashni turli materiallarda sinab ko'rish. Gorizontal tekislik bilan qiya tekislik orasidagi burchak a kattalashgan sari jismga ta'sir qiluvchi og'irlik kuchi G2 va tinch holatdagi ishqalanish kuchining Fishq miqdori oshadi.