Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фуқаролик жамияти
O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati va uning shakllanishi, rivojlanishi, fuqarolik jamiyatining umumiy va o‗ziga xos xususiyatlari hamda fuqarolik jamiyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari o‗rganilmoqda. Shuningdek, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalari, ularning o‗zaro aloqadorligi va rivojlanishi hamda jamiyatni boshqarishda fuqarolarning ishtiroki, fuqaroviy ong va fuqarolik faolligi, jumladan, fuqarolik jamiyatining rivojlanishida nodavlat notijorat tashkilotlarining va o‗zini-o‗zi boshqarish organlarining roli, shuningdek, jamoatchilik nazoratining mohiyati, shakllari va ahamiyati haqida batafsil ma‘lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari: Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‗lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‗tish davrida yaqqol namoyon bo‗ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‗i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
- Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‗lish omillari: Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o„rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‗ziga xos tamoyillir va me‘yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me‘yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
- Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‗rni: Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o‗rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni o‗rganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo‗lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o‗rganish muhim ahamiyatga egadir.
- O‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining strategik yo‗nalishlari: O‗zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‗shimcha chora-tadbirlar Dasturi mamlakatimizda yoshlarga e‘tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‗tarilganini ko‗ramiz. Hech qachon ma‘naviyatsiz etuk insonni tarbiyalab bo‗lmaydi. CHunki, odamzot uchun hayot yo‗llarida har qadamda zarur bo‗ladigan ajdodlar yodi, milliy g‗urur va iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga sadoqat, farzandlik hissi, insoniy fazilatlar aynan ma‘naviyat orqali uning ongu tafakkuriga singib boradi.
- Barkamol avlodni tarbiyalash g‗oyasi va uni amalga oshirish mexnaizmlari: Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‗lom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta‘minlash, qonuniy manfaatlarni muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko‗tarilganligi barchamizga ma‘lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‗nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi.