“Ирмаш-гидравлика” МЧЖ шароитлари учун “1150506 Плита” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ва операцияларининг технологик таъминот воситалари конструкцияларини ишлаб чиқиш

Ushbu diplom ishi Andijon mashinasozlik institutining "Mashinasozlik texnologiyasi" fakultetida "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasida tayyorlangan bo'lib, unda "Irmash-gidravlika" MCHJ sharoitida "115.05.06 Plita" detallarini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarini, hamda ularning texnologik ta'minot vositalari konstruksiyalarini ishlab chiqish ko'rsatilgan. Diplom ishi mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish yo'nalishi bo'yicha IV kurs 115-14 guruhi talabasi tomonidan bajarilgan. Ishda umumiy qism, texnologik qism, konstruktorlik qism, hayot faoliyati xavfsizligi qismi va iqtisodiy qismlar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • UMUMIY QISM: Detallarning xizmat vazifasi, ishlab chiqarish turini aniqlash, detallarning konstruktiv tuzilishining texnologikligini tahlil qilish va boshqalar.
  • TEXNOLOGIK QISM: Zagotuvka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash, texnologik jarayon marshrutini ishlab chiqish, zagotovkaga ishlov berishda qo'yma miqdorini hisoblash, kesish maromlarini hisoblash va asosiy vaqtni aniqlash, sarflangan texnik vaqt me'yorini aniqlash.
  • KONSTRUKTORLIK QISM: Dastgoh moslamasini loyihalash va hisoblash, mexanik yig'uv sexini loyihalash, kesuvchi asbobni bayoni va hisobi.
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI: Loyihalanayotgan ish joyini mehnat sharoitlarini ta'rifi, ishlov berishda qulaylik va havfsizlikni ta'minlash, yoritish, ventilyatsiya tizimi, elektr havfsizligi, yong'in havfsizligi.
  • IQ TISODIY QISM: Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini aniqlash, sarflangan xarajatlar va kapital qo'yilmalarni hisoblash.