Kiyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma kimyo sanoatida qo'llaniladigan turli texnologik jarayonlar va qurilmalar, ularning ish printsiplari, klassifikatsiyasi, asosiy parametrlarini aniqlash hamda ular bilan bog'liq asosiy nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida tayyorlangan. Qo'llanmada kimyo sanoatida ishlatiladigan asosiy jarayonlar, jumladan, suyuqliklar harakatining rejimini aniqlash, markazdan qochma nasoslarning xarakteristikalarini o'rganish, mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi, filtrlash doimiyligini aniqlash, tsentrifugalash jarayonini o'rganish, bug'latish jarayonini va bug'latish qurilmalarini tuzilishi, eritmalarning temperatura depressiyasini aniqlash, quritish qurilmasida quritish jarayonini tasvirlash hamda maydalash jarayonini o'rganish kabi mavzular qamrab olingan. Har bir mavzu nazariy asoslar, tajriba o'tkazish tartibi va hisoblash qismlaridan iborat bo'lib, talabalarga ushbu jarayonlar va qurilmalar haqida chuqur bilim berishga qaratilgan. Qo'llanmada nazariy va amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Suyuqlikning oqish rejimini aniqlash: Ushbu laboratoriya ishi suyuqliklar harakatining ikki rejimini, ya'ni laminar yoki to'lqinsimon rejimda harakat qiladi. Oqimlarnig harakat rejimini birinchi bo'lib 1833 yilda ingliz fizigi O. Reynolds rangli eritmalar yordamida suyuqlikning ikki hil – laminar va turbulent rejimda bo'lishini aniqladi. Tajriba qurilmasi 1.1- rasmda ko'rsatilgan. Reynolds kriteriysi harakat rejimini aniqlash bilan birga oqim harakatidagi qovushqoqlikva inertsiya kuchlarining o'zaro nisbatini ham aniqlaydi.
  • Markazdan qochma nasoslarning xarakteristikasini o'rganish: Ushbu ishni o'tkazishdan maqsad, nasos qurilmasini sinab nasosning asosiy parametrlarini aniqlashdir. Aniqlangan parametrlar asosida nasos ish g'ildiragining aylanishlar chastotasi o'zgarmas n=const holda Q-H, Q-N, Q-η orasidagi bog'lanishlarni grafikda tasvirlab, nasosning xarakteristikasi quriladi.
  • Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi: Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining ko'pchilik texnologik jarayonlarida mavhum qaynash usuli keng qo'llanilmoqda. Issiqlik almashinish, quritish, adsorbtsiya, aralashtirish, uzatish, katalitik kuydirish kabi jarayonlarida ishlatilishi yaxshi natijalar bermoqda. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi, birinchi va ikkinchi kritik tezliklarini aniqlash, hamda ularni nazariy usulda hisoblangan kattaliklar bilan taqqoslash. AP = f(w) va H = f(w) bog'likliklarni grafik usulda tasvirlash.
  • Filtrlash doimiysini aniqlash: Suspenziya va changli gazlarni filtr to'siqlar orqali o'tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr to'siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib suyuqlik yoki gazni o'tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Filtrlash jarayonining asosiy xarakteristikasi quyidagilardan iborat: 1. Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi. 2. Suspenziyaning filtrlash tezligi. 3. Jarayonning gidravlik qarshiligi. Filtrlash doimiyligini aniqlash.
  • Tsentrifugalash jarayonini o'rganish: Tsentrifugalash markazdan qochma kuch ta'sirida, suspenziya, emulsiya va komponentli sistemalar (qattiq faza saqlovchi suspenziyalar) ni ajratish qurilmasidir. Bu protsessni o'tkazish uchun mo'ljallangan mashinalar tsentrifugalar deb ataladi. Tsentrifugalarning asosiy ishchi organi yaxlit yoki teshikchali yon devordan iborat aylanuvchi rotordan iborat. Tsentrifuganing unumdorligini aniqlash.
  • Eritmalarning temperatura depressiyasini aniqlash: Bug'latish jarayonini va bug'latish qurilmalarini tuzilishini o'rganish. Eritmalarini uning tarkibidagi erituvchisini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo'li bilan quyuqlantirish jarayoni bug'latish deb yuritiladi. Eritmalarning temperatura depressiyasi quyidagi tartibda aniqlanadi.
  • Issiqlik berish koeffitsientini aniqlash: Issiqlik almashinish qurilmasini tuzilishini o'rganish va issiqlik berish koeffitsientini aniqlash. Issiqlik jarayonlari temperaturalar farqi mavjud bo'lganda, temperaturasi yuqori bir jismdan temperaturasi past ikkinchi jismga issiqlikning o'tishidir. Issiqlik berish koeffitsientini aniqlash.
  • Quritish qurilmasida quritish jarayonini tasvirlash: Quritish deb, qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoniga aytiladi. Quritish asosan ikki usulda olib boriladi. 1. Konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aralashadi. 2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material o'rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo'ladi. Quritish jarayonini tasvirlash.
  • Maydalash jarayonini o'rganish: Maydalash jarayonining samaradorligini aniqlash uchun maydalanish darajasi tushunchasi ishlatiladi. Bu ko'rsatkich maydalanishgacha bo'lgan material bo'lagining o'rtacha xarakterli o'lchami (db) ni maydalangan material bo'lagining o'rtacha xarakterli o'lchami (dm) ga nisbati bilan belgilanadi. Maydalash jarayonini o'rganish.