Keng maydonli tasvirlarda fotometrik tayanch yulduzlarni aniqlash

Ushbu bitiruv malakaviy ishida suyuq ko'zguli teleskoplar yordamida olib boriladigan kuzatuv usullari, olinadigan natijalar va ularni tahlil etish usullari o'rganilgan. Asosiy natija sifatida 2015-yildagi 17- va 21-may kunlarida zenit yo'nalishida olib borilgan kuzatuv natijalari uchun topilgan fotometrik tayanch yulduzlarni ko'rsatish mumkin. Ish jarayonida ZAQ tasvirining dastlabki tahlili, Source Extractor dasturi yordamida tasvirlarning dastlabki fotometrik tahlili, ALADIN elektron atlasi yordamida yulduzlarning GAIA va SDSS kataloglaridagi koordinatalari va standart yulduz kattaliklarini aniqlash, hamda yulduzlarning instrumental yulduz kattaliklari va SDSS katalogidagi standart yulduz ravshanliklari orasidagi chiziqli bog'lanishni ko'rsatishga erishilgan.

Asosiy mavzular

  • Keng maydon kuzatuvlari: teleskoplar va qabul qilgichlar: Zamonaviy nurlanish detektorlari – ZAQ (zaraydli aloqa qurilmalari) kameralar astronomiyada o'tgan asrning 70-yillaridan beri ko'llaniladi. Ularning asosida «metall-okisel-yarimo'tkazgich» sxemasi yotadi. Ushbu bobda ZAQ kameralar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, fotometrik filtrlar va suyuq ko'zguli teleskoplar batafsil ko'rib chiqiladi.
  • Osmonning tanlangan maydon tasvirlarining fotometriyasi va tahlili: Bu bobda osmonning tanlangan sohalarining keng maydonlari tasvirlarining fotometrik qayta ishlash va tahlili bag'ishlangan. Birinchi paragrafda ZAQ tasvirlarining dastlabki tahlili, ya'ni osmon fonini hisoblash va uni olib tashlashga urg'u berilgan. Ikkinchi paragrafda esa tasvirlardagi obyektlarning fotometrik tahlili, standart katalogdan olingan yulduz kattaliklari bilan instrumental qiymatlarni solishtirish orqali fotometrik tayanch yulduzlar aniqlangan.