“Konveroll universal” МЧЖ шароитлари учун “1140302 Қопқоқ” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ва операцияларининг технологик таъминот воситалари конструкцияларини ишлаб чиқиш

Ushbu diplom ishi «Konveroll universal» MCHJ sharoitlari uchun «1140302 Qopqoq» detallini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarining texnologik ta'minot vositalari konstruktsiyalarini ishlab chiqish mavzusiga bag'ishlangan. Unda detalni tayyorlash texnologik jarayoni, jumladan, tayyorlash usuli, operatsiyalarni tanlash, ishlov berish maromlarini hisoblash, moslamalar va kesuvchi asboblarni loyihalash hamda iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini tahlil qilish qamrab olingan. Ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekistonning rivojlanishda mashinasozlik sanoatining roli, ahamiyati, qaror va farmonlar, diplom loyihasining maqsad va vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
  • Umumiy qism: Detalning xizmat vazifasi, ishlab chiqarish turini aniqlash va texnologik jihatdan tahlil qilish masalari yoritilgan.
  • Texnologik qism: Zagatovka olish turini tanlash, texnologik jarayon marshrutini ishlab chiqish, detal konstruktsiyasini texnologiklikka taxlili, zagatovkaga ishlov berishda qo'yim hisobi, kesish maromlarini hisoblash, vaqt me'yorini hisoblash kabi masalalar batafsil ko'rib chiqilgan.
  • Konstruktorlik qismi: Dastgoh moslamasi, kesuvchi asbob va o'lchov vositalarini bayoni va hisoblari keltirilgan.
  • Xayot faoliyati xavfsizligi: Loyihalanayotgan ishchi joyini mehnat sharoitlarining ta'rifi, ishlab chiqarish joyida yoritish tizimini tanlash, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, aloqa yong'in signalizatsiya tizimi va boshqalar, mexnat xavfsizligi bo'yicha barcha talablar va qonun qoidalar yoritilgan.
  • Iqtisodiy qism: Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini aniqlash, kapital xarajatlar va mehnat unumdorligini hisoblash kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Xulosa: Bajarilgan diplom loyihasi bo'yicha xulosalar va takliflar yoritilgan.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Diplom loyihasi uchun foydalanilgan asosiy adabiyotlar keltirilgan.
  • Ilovalar: Spetsifikatsiyalar va texnologik jarayon hujjatlari keltirilgan.