«Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlar bo’yicha oquv qo‘llanmasi

Kitob Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan boʻlib, unda hayvonlar anatomiyasi fanidan amaliy mashgʻulotlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmasi sifatida foydalanilgan. Qoʻllanma veterinariya, zootexniya yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan. Unda hayvonlar anatomiyasining asosiy tushunchalari, suyaklar, boʻgʻimlar, muskullar, ichki organlar va nerv sistemasi kabi mavzular qamrab olingan.

Asosiy mavzular

  • Skelet va uni bo'linishi. Umurtqani tuzilishi: Skeletning asosiy qismlari (o'q va periferik skelet), umurtqalarning tuzilishi, bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum umurtqalari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Umurtqa, qovurg'a va to'sh suyagini birikishi: Umurtqa pog'onasi, qovurg'alar va to'sh suyagining o'zaro birikishi, ko'krak qafasini hosil bo'lish mexanizmlari tushuntirilgan.
  • Bosh suyagini tuzilishi. Miya bo'limi suyaklarini tuzilishi: Bosh skeletidagi miya bo'limining suyaklari (ensa, ponasimon, chakka, panjarasimon, tepaaro, tepa va peshona) ning topografiyasi va anatomik qismlari bayon etilgan.
  • Yuz bo'lim suyaklarini tuzilishi: Yuz bo'limi suyaklarining (pastki jag', yuqorigi jag', jag'oraliq, burun, yonoq, ko'z yoshi, tanglay, qanotsimon, dimog') topografiyasi va anatomik tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Oldingi oyoq suyaklarining tuzilishi: Oldingi oyoq skeleti tarkibidagi suyaklar (kurak, elka, bilak, tirsak, bilakuzuk, kaft, barmoq) ning anatomik tuzilishi va topografiyasi o'rgatiladi.
  • Keyingi oyoq suyaklarining tuzilishi: Keyingi oyoqdagi suyaklar: tos (chanoq), son, boldir, tovon, oyoq – kaft, barmoqlar anatomik tuzilishi va topografiyasi ko'rib chiqilgan.
  • Bo'g'imlar. Oldingi va keyingi oyoq bo'g'imlarini tuzilishi va funktsiyasi: Bo'g'imlarning tuzilishi, ularning anatomik qismlari hamda hayvonlarda ahamiyati, oldingi va keyingi oyoq suyaklarini birikishi, birikish natijasida hosil qilgan bo'g'imlarni tuzilishi, tiplari va harakat xillari o'rganiladi.
  • Elka kamari muskullari: Elka kamarini hamda elka suyagini bosh, bo'yin va tanaga birlashtiruvchi muskullarni topografiyasi va funktsional anatomiyasi ko'rib chiqilgan.
  • Gavda muskullari: Gavda muskullarini topografiyasi va funktsiyasini o'rganish. Umurtqa pog'onasini muskullari, qorin muskullari ko'rib chiqilgan.
  • Bosh muskullari: Bosh sohasida joylashgan muskullarni topografiyasi va funktsiyaqini o'rganish. Mimika va chaynovchi muskullari farqlanadi.
  • Teri va uning hosila organlarini tuzilishi: Terini tuzilishi, uni qavatlari, teri o'zgarishidan hosil bo'ladigan organlar: jun, ter bezlari, tuyoq, yumshoq tovon va shoxni tuzilishi, teri hosila organlarini hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarini o'rganish.
  • Nafas olish organlarini tuzilishi: Nafas yo'llari: burun, burun bo'shlig'i, hiqildoq va kekirdak hamda asosiy gazlar almashinuvi amalga oshadigan organ o'pkaning morfofunktsional tuzilishini o'rganish, har xil to'rga mansub bo'lgan hayvonlardagi o'ziga xos tafovutlarni aniqlash.
  • Hazm organlarini tuzilishi. Bosh bo'lim ichaklari: Hazm organlarini anatomik tarkibi, uni bo'limlarga bo'linishi; bosh bo'lim ichaklarini anatomik tarkibi: og'iz, og'iz bo'shligi organlari, lab, lunj, tish kabilarni qiyosiy o'rganish.
  • O'rtangi (ingichka) bo'lim ichaklari, jigar va oshqozon osti bezini tuzilishi: Ingichka ichaklarni anatomik tarkibi, ichaklarni tuzilishi, bir biridan farqlanadigan morfologik xususiyatlari, jigar va oshqozon osti bezini tuzilishi va topografiyasini urganish
  • Yo'g'on bo'lim ichaklarini tuzilishi: Hayvonlarni yo'g'on bo'lim ichaklarini shakli, o'lchamlari, bir-biridan farqlanishi, hamda qishloq xo'jalik hayvonlaridagi tafovutni o'rganish.
  • Qon aylanish tizimi: Qon aylanish doirasi va yurakni tuzilishi: Qon aylanish tizimini anatomik tarkibi, qon aylanish doirasi, yurakni va yurak qo'ylakchasini tuzilishi, yurakni klapan apparati, yurak topografiyasi, yurakni qishloq xo'jalik hayvonlaridagi farq qiluvchi xususiyatlarini o'rganish
  • Siydik ayirish organlarini tuzilishi: Siydik ayirish tizimi organlari: buyrak, siydik yo'li, siydik qovug'i, siydik chiqarish kanali va siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o'rganish
  • Erkaklik jinsiy organlarini tuzilishi: Urug'don, urug'don ortig'i, urug'don tizmachasi, urug' xaltasi, yorg'oq urug' yo'li, urug' – siydik kanali, qo'shimcha jinsiy bezlar, jinsiy a'zo va preputsiyani tuzilishini o'rganish
  • Urg'ochilik jinsiy organlarini tuzilishi: Tuxumdon, tuxum yo'li, bachadon, qin, uni dahlizi va lablarini tuzilish va topografiyasini urgatish.