Populyatsiya ekologiyasi

Ushbu kitob populyatsiya ekologiyasi faniga bag'ishlangan bo'lib, unda populyatsiya tushunchasi, uning xususiyatlari, guruhlik xislati, klassifikatsiyasi va tuzilishi kabi asosiy mavzular batafsil yoritilgan. Kitobda populyatsiyaning dinamikasi, statistik tavsifi, strategiyasi va o'zaro ta'siri kabi masalalar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari: Populyatsiya - bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo'lib, ular ma'lum joyda uchraydi va ko'p hayotiy belgilarga ega bo'ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a'zolarning hayotiy belgilari: Tur vakillari qalinligi, tug'ulishi, o'lishi, yosh bo'yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma'lum hududda tarqalishi va o'sish xillaridir.
  • Populyatsiyaning guruhlik xislati: Tur vakilining ma'lum hududdagi umumiy soni; Ma'lum maydon uchun tur vakillarining o'rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya aʼzolarining massasi; Tug'ulish – ma'lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo'lgan yangi vakillari soni; O'lish – ma'lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o'lgan a'zolar darajasi; Populyatsiyaning o'sishi-tug'ilishi va o'lish o'rtasidagi farq bo'lib, bu farq salbiy va ijobiy bo'lishi mumkin.
  • Populyatsiya klassifikatsiyasi: Populyatsiya klassifikatsiyasida bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi: elementlar (boshlang'ich soda), ekologik va jo'g'rofik populyatsiyalar. Ularning qisqacha ta'rifi quyidagicha: Elementlarning populyatsiya – bu uncha katta bo'lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig'indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo'lsa, populyatsiyalarning soni ko'p bo'ladi va ko'p sonli populyatsiyalar hosil qiladi.
  • Populyatsiyaning tuzulishi: Populyatsiya a'zolarning jins, yosh bo'yicha, morfologik ko'rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy holatlari, genitek xususiyatlari va hududlar bo'yicha taqsimlanishi populyatsiyaning tuzulishini aks ettiradi. Turning umumiy biologik xususiyatlari, muhitning abiotik va biotik omillari hamda boshqa ta'sirlar asosida populyatsiya tuzulishi kelib chiqadi va unga tur vakillarining harakatchanligi, ma'lum joyga bog'langanligi va og'ir to'siqlani oshib o'ta bilishi kabi belgilar kiradi.