Муаллифларнинг шахсий ҳуқулари ва уларни муҳофаза қилиш усуллари
Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida "Mualliflik huquqi" fanidan "Mualliflarning shaxsiy huquqlari va ularni muhofaza qilish" mavzusini o'qitish bo'yicha ilmiy-amaliy va uslubiy tavsiyalar berishga qaratilgan. Qo'llanmada mualliflik huquqining mohiyati, uni himoya qilish mexanizmlari, shaxsiy va mulkiy huquqlar, ularning turlari, qonunchilik asoslari, xalqaro tajribalar hamda zamonaviy o'qitish metodlari atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mualliflarning shaxsiy huquqlari va ularni muhofaza qilish: Mavzuning nazariy masalalari, uning rivojlanish yo'nalishlari, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan innovatsion usullar va xorijiy tajribalar hamda mavzuni o'qitish bo'yicha amaliy ishlanmalar (ma'ruza matni, keyslar, topshiriqlar) yoritilgan.
- Mualliflik huquqining obyekti va sub'ektlari: Mualliflik huquqining obyekti va sub'ektlari, ularning turlari, huquqiy maqomi, shaxsiy va mulkiy huquqlar hamda ularni boshqa shaxslarga o'tkazish tartibi haqida ma'lumot berilgan.
- Mualliflik huquqini himoya qilishning shakllari va usullari: Mualliflik huquqini himoya qilishning huquqiy belgilari, shartnomalar, litsenziyalar, mualliflik huquqlarini boshqarish va ularni himoya qilish usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Mualliflarning mulkiy huquqlarini boshqarish: Mualliflarning mulkiy huquqlarini boshqarish tushunchasi, mulkiy huquqlarni boshqaruvchi tashkilotlar, ularning faoliyati va xalqaro hamkorlik haqida ma'lumot berilgan.
- Amanliy topshiriqlar: Mavzularni mustahkamlash uchun keyslar, amaliy topshiriqlar va nazorat savollari keltirilgan.