Boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari
Ushbu kitob "Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma hisoblanadi. Kitobda avtomatika, sensorlar, kuchaytirgichlar, relelar, datchiklar, transformatorlar, mexanizmlar va boshqa boshqarish tizimlarining asosiy elementlari hamda qurilmalarining ishlash printsiplari, tavsiflari va xususiyatlari, ularning tuzilishi, konstruktiv tuzilishi, statik va dinamik tavsiflari, hamda ularda xatoliklar va ularni kamaytirish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda nazorat savollari va amaliy ishlar mavjud bo'lib, talabalarning fanni chuqurroq o'zlashtirishiga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- 1. Modul. Fanga kirish. Avtomatik boshqarish sistemalari – elementlar majmuasi: Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi fizikaviy – texnik shakillanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funktsiyasi. Oʻzbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qoʻshgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar.
- 2. Modul. Boshqarish sistemalarining sezgir elementlari – oʻzgartirgichlar.: Elektr chiqish signallarini birlamchi oʻzgartirgichlari – datchiklar. Asosiy tushunchalar. Datchiklarga qoʻyiladigan asosiy talablar, tanlash usullari. Parametrik va generatorli datchiklar. Elektrkontaktli datchiklar. Patentsiometrik, tenzometrik, sig‗imli datchiklar. Induktiv, transformatorli, fotoelektrik datchiklar. Pezoelektrik, termoelektrik induktsion datchiklar. Optik tolali datchiklar. Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin premniklar, ishlash rejimlari. Datchiklarni elementar oʻzgartirgichlarsifatida ulanish sxemalari.
- 3. Modul. Boshqarish sistemalarini kuchaytirgich elementlari.: Kuchaytirgichlarni sinflanishi, tavsiflari. Kuchaytirgichlarda teskari aloqalar. Elektron, yarim oʻtkazgichli operatsion kuchaytirgichlar. Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. Koʻp kaskadli kuchaytirgichlar. Magnitli bir va ikki taktli kuchaytirgichlar. Elektromashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik va pnevmatik kuchaytirgichlar. Gidravlik nasos, pnevmatik kompressorlarni ishlash printsiplari.
- 4. Modul. Boshqarish sistemalarini rele, kontaktor va kommunikator elementlari.: Elektrik relelar, ishlash printsipi, asosiy tavsiflari. Tanlash usullari, qoʻllanilishi. Elektromagnitli rele konstruktiv tuzilishi. Tortish Tavsiflari. Himoya qilish sxemalari. Qutblangan rele, vaqt, issiqlik relelari. Elektromagnitli kontaktorlar. Magnitli ishga tushirish qurilmalari, avtomatik oʻlchash, uzatish vositalari.
- 5. Modul. Boshqarish sistemalarining raqamli elementlari: Mantiqiy elementlar, asosiy mantiqiy operatsiyalar, qoʻllanilashi. Xotira elementlari, schetchiklar. Triggerlar va registrlar. Analog – raqamli va raqamli analogli oʻzgartirgichlar. Ishlash printsiplari, turlari. Asosiy tavsiflari.
- 6. Modul. Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalari: Ijro qiluvchi qurilmalarni sinflanishi, umumiy tavsiflari. Boshqarish sistemalarida tutgan oʻrni. Kamchiliklari. Elektromagnitli ijro qiluvchi qurilmalar. Elekromagnitlarni tortish va mexanik tavsiflari. Oʻzgaruvchan tokli elektromagnitlar. Ijro qiluvchi doimiy tok dvigatellarini ishlash printsipi, konstruktsiyalari, ishga tushirish va himoya qilish sxemalari. Kontaktsiz dvigatellar. Umumiy ma‘lumotlar. Qadamli va momently dvigatellar, ishlash printsipi, ulanish sxemalari. Oʻzgaruvchan tokli ijro qiluvchi dvigatellar. Asosiy tiplari, konstruktsiyalari, elektrik va mexanik tavsiflari, ishga tushirish sxemalari. Doimiy magnitli sinxron dvigatellar. Ishlash printsipi, elektrik, mexanik tavsiflari, ishga tushirish sxemalari. Gidravlik va pnevmatik dvigatellar, ishlash printsipi, konstruktiv tuzilishi asosiy tavsiflari, qoʻllanish chegaralari. Boshqarish sistemalarini elementlari va qurilmalarini yangi konstruktsiyalari, imkoniyatlari.