Boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari
Ushbu kitobda boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalari fani bo'yicha talabalar bilimini tahlil qilish uchun umumiy ma'lumotlar, nazorat turlari, baholash mezonlari va fan mazmuni bayon etilgan. Asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati, elektron resurslar hamda uslubiy ko'rsatmalar keltirilgan. Kitobda avtomatika, texnologik jarayonlarni boshqarish, sensorlar, kuchaytirgichlar, relelar, kontaktorlar, dvigatellar va boshqa ko'plab boshqarish tizimlari elementlari va qurilmalarining tuzilishi, ishlash printsiplari, asosiy tavsiflari, xatoliklarni aniqlash, hisoblash usullari, texnik xususiyatlari va amaliy mashg'ulotlarni bajarish bo'yicha batafsil ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- 1- Modul. Fanga kirish. Avtomatik boshqarish sistemalari – elementlar majmuasi: Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi, fizikaviy – texnik shakillanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funktsiyasi. Oʻzbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qoʻshgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar.
- 2 – Modul. Boshqarish sistemalarining sezgir elementlari – oʻzgartirgichlar.: Elektr chiqish signallarini birlamchi oʻzgartirgichlari – datchiklar. Asosiy tushunchalar. Datchiklarga qoʻyiladigan asosiy talablar, tanlash usullari. Parametrik va generatorli datchiklar.
- 3 – Modul. Boshqarish sistemalarini kuchaytirgich elementlari.: Kuchaytirgichlarni sinflanishi, tavsiflari. Kuchaytirgichlarda teskari aloqalar.
- 4 – Modul. Boshqarish sistemalarini rele, kontaktor va kommunikator elementlari.: Elektrik relelar, ishlash printsipi, asosiy tavsiflari. Tanlash usullari, qoʻllanilishi.
- 5 – Modul. Boshqarish sistemalarining raqamli elementlari: Mantiqiy elementlar, asosiy mantiqiy operatsiyalar, qoʻllanilashi. Xotira elementlari, schetchiklar. Triggerlar va registrlar.
- 6 – Modul. Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalari: Ijro qiluvchi qurilmalarni sinflanishi, umumiy tavsiflari. Boshqarish sistemalarida tutgan oʻrni. Kamchiliklari.