Халқ чолғуларида ижрочилик

Ushbu o'quv qoʻllanma Oliy ta'lim muassasalarining “Cholgʻu ijrochiligi” (xalq cholgʻulari) bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan 2-kurs talabalari uchun moʻljallangan. Unda nay va qoʻshnay cholgʻulari hamda fortepiano uchun moslashtirilgan xalq kuylari oʻrin olgan. Qoʻllanma shuningdek, Oʻzbekiston madaniyati rivojiga hissa qoʻshgan bastakorlar Toʻxtasin Jalilov va Muxtorjon Murtazoyevlar ijodi hamda ularning hayoti haqida maʼlumot beradi.

Asosiy mavzular

  • Xalq kuylarini qayta ishlash va moslashtirish tushunchalari: Ushbu bo'limda xalq kuylarini qayta ishlash va moslashtirish tushunchalari, bu jarayonning mohiyati va ahamiyati haqida soʻz boradi. Shuningdek, mazkur yo'nalishda ijod qilgan oʻzbek bastakorlari va ularning oʻrni haqida ma'lumot berilgan.
  • 3-semestr ijro dasturiga tavsiyalar: 3-semestr yakuniy nazoratiga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarida ijro dasturiga kiritilgan xalq merosi va bastakorlar ijodiyoti namunalarini (Xorazm xalq kuylari, Muxtorjon Murtazoyev musiqalari) sahnada tayyorlash va topshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
  • 4-semestr ijro dasturiga tavsiyalar: 4-semestr yakuniy nazoratiga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarida ijro dasturiga kiritilgan xalq merosi va bastakorlar ijodiyoti namunalarini (Toʻxtasin Jalilov musiqalari) sahnada tayyorlash va topshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
  • MUSIQIY KROSSVORD: Kitobda Muxtorjon Murtazoyev hamda Toʻxtasin Jalilov ijodiga oid musiqiy krossvordlar keltirilgan.
  • Testlar: 3- va 4-semestrlarda oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari va ularning javoblari berilgan.
  • Glossariy: Kitobda ishlatilgan musiqa terminlarining izohlari keltirilgan.