Muayyan ob’yektlarning graf modelini hosil qilish va ularni tahlil qilishning dasturiy vositalarini yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishida muayyan ob'yektlarning graf modelini uchlar qo'shniligi va insidentlik matritsalari yordamida hosil qilish, ularni Eyler va Gamilton sikllariga tekshirish, metrik xarakteristikalarini (radius, diametr, markaz) aniqlash algoritmlari va dasturiy vositalari ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari: Graflarning abstrakt va geometrik tasvirlari, qo'shnilik va insidentlik matritsalari, graflar ustida amallar (birlashtirish, biriktirish, ko'paytirish), marshrutlar, zanjirlar, Eyler va Gamilton graflari, metrik xarakteristikalar (masofa, radius, diametr).
- Muayyan ob'ektlarning graf modelini hosil qilish: Uchlar qo'shniligi va insidentlik matritsalari asosida graflarni hosil qilish algoritmlari va dasturiy vositalari, Eyler va Gamilton sikllariga tekshirish, metrik xarakteristikalarni aniqlash.