Консертместрлик махорати
Ushbu darslik «Konsertmeysterlik mahorati» fani bo'yicha O'zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Unda konsertmeysterlik san'atining nazariy va amaliy jihatlari, turli musiqa janrlari va asarlarning tahlili, ijro mahorati, nutq va texnik ijro malakalarini shakllantirish kabi muhim masalalar yoritilgan. Darslik zamonaviy pedagogik qarashlar, musiqa asarlarini o'rganishning samarali usullari va to'plangan pedagogik tajribalarni o'z ichiga olgan.
Asosiy mavzular
- Konsertmeysterlik mahorati fanining maqsadi va vazifalari, musiqa ta'limidagi o'rni: Mazkur fanning maqsadi – talabalarni opera teatrlariga, studiyalariga, xor jamoalariga o'quv yurtlariga asosiy va kerakli jo'rnavoz sifatida tayyorlashdir. Konsertmeysterlik mahorati kursi musiqiy teatrlarida, musiqa o'quv yurtlarida, vokal, barcha cholg'u yo'nalishlari, dirijyorlik sinflari u'chun hamda radio Tellevideniyalar u'chun malakali jo'rnavoz ijro'chilari sifatida talaba-pianino'chilarni ijodiy tarbiyalab, yetishtirishdir.
- Ijro malakasini rivojlantirish: Umuman ijro'chilik san'ati va xususan, jo'rnavozlik quyidagilardan tarkib topadi: birinchidan, ijro'shining musiqiy iqtidori, uning tasavvur olami va asarning to'liq shakli hamda obrazli-badiiy jabhasini qamrab ola bilishidan; ikkinchidan, fortepiano fakturasining texnik murakkabliklari ustida ishlash natijasida erishilgan avtomatizmdan; uchinchidan, artistizmidan, muallif g'oyasini konsert estradasida obrazli qilib, ilhom bilan bayon etishdan, ijro etilayotgan asarning ichki mazmunini yoritib berishdan.
- Dasturda ijro etilayotgan asarlarni badiiy obrazi, xarakterini me’yoriga yetkazish: Jo'rnavozlik amaliyotida maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi masala – nota varag'idan o'qish ko'nikmasini shakllantirib uni rivojlantirishdir. Ushbu qo'llanmada biz ko'plab jo'rnavozlar u'chun ko'ndalang bo'lgan bu muammo tahliliga to'xtalmay ilojimiz yo'q.
- Kamer-vokal asarlar ustida ishlash: Nisbatan kichikroq binolarda ijro etiladigan musiqa, ijro'chilar va tinglovchilar o'rtasidagi birmunсha yaqin, bevosita muloqot kamer-vokal janrlarga xosdir. Kamer musiqaning sahnaviy vokal janrlardan farqli qirrasi shundaki, unda ijro'chilarning artistik individualligi birinchi planga chiqadi.
- Metroritm va temp ustida ishlash: Fortepiano partiyasida berilgan sinkopali akkordlar yakka xonanda bilan ritmik jihatdan birga ijro etishni talab etadi. Yakka xonanda partiyasida uchraydigan ritmik usullar, kompozitor tomonidan ko'rsatilgan templar, jumla oxirida sekinlashishlar va yakkaxon olayotgan nafasiga talabalar katta ahamiyat berishlari shart. Temp jihati kirish qismiga qaraganda ozgina oldinga suriladi.
- Konsertmeysterlik mahorati texnikasi asosiy turlari va ishlari: Bugungi kunda «jo'rnavozlik mahorati» sinfida asosan yakka xonandalar bilan ishlash bejiz emas. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Xususan, yakka xonandalar orqali musiqa tovushlarini eshitish, musiqa jumlalarini ifodali tuzish, turli xildagi intonatsiyalarni ajratish tajribasiga ega bo'lish mumkin. Shuningdek, yakka xonandalar bilan ishlash jarayonida, jo'rnavoz-pianinochi kuylovchi ovozining tovush chizig'ini olib borishi, uning tembr va dinamikasini his qilishi, so'z va kuy orasidagi birlikni bilishi, shu orqali turli nyuanslar kelib chiqish sabablari haqida tushunchalarga ega bo'lishi lozim.
- Asarlarning mohiyatini tushunib, ifodali ijro etish: Jo'rnavozning to'laqonli faoliyati uchun shaxsning psixologik, estetik va nihoyat, falsafiy qirralari ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu sifatlar jo'rnavoz ijodida uning musiqiy xotirasi, tafakkuri va tasavvuriga ulkan ta'sir ko'rsatib, muhim rol o'ynaydi va natijada uning musiqiy dunyoqarashini shakllantiradi. Ansamblning har bir qatnashchisi, shubhasiz, o'z ijodiy individualligini saqlab qolishi kerak, ammo ijro'chilar yodda tutishi kerak bo'lgan asosiy narsa, bu xonanda va jo'rnavoz chiqishlari – yaxlit, yagona jarayondir.
- Yirik shakldagi asarlar tahlili va ular ustida ishlash: Romansdan farqli o'laroq, opera ariyasi personaj obrazini to'liq yoritmaydi: ariyagaсha va undan keyin ham personaj opera dramaturgiyasi qonunlari bo'yicha yashaydi. Ariya esa voqelikning muayyan lahzasinigina ifodalab, personaj holatini muayyan vaziyatdagina yetkazib beradi. Bunda “Ivan Susanin”, “Faust”, “Shoh kelini”, “Aleko”, “Karmen”, “Traviata” va boshqa ko'plab operalardagi qahramonlar obrazlarining asar davomida o'zgarib borishini eslash mumkin.
- Intonatsiya ustida ishlash: O'qitish metodikasi nafaqat ichki eshitish qobiliyatini rivojlantirish, balki jo'rnavozning musiqiy ongi, tahliliy qobiliyati bilan ham bog'liq. Nota o'qish ko'nikmalarini notalarni o'qigan vaqtda tovushlarni majmuaviy tarzda idrok etish, ya'ni, garmonik figuratsiyalarni akkordlarga aylantirish, murakkab va noqulay fakturani osonlashtirish, garmonik asos topish, bas harakatini eshitib tasavvur qilish orqali rivojlantirish zarur.
- Konsertmeysterlik mahoratini rivojlantirish: Raxmaninov – pianinochi va dirijyor - musiqa madaniyati tarixiga yorqin sahifa qoldirgan buyuk kompozitordir. Fortepiano uchun 5ta konsert, 3ta simfoniyada, opera va kantatalarda, fortepiano uchun asarlar va romanslarda kompozitor ijodining betakror qirralari muhrlangan. Uning ijodida hayotiy ziddiyatlar keskinligi, patetika va ta'sirchan lirizm katta o'rin egallaydi.