Физика
Ushbu uslubiy ko'rsatma fizika fanining "Molekulyar fizika va termodinamika asoslari" bo'limi bo'yicha masalalar va ularni yechishga oid uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Ko'rsatma Davlat ta'lim standarti asosida "Kompyuter injiniringi", "Telekommunikatsiya texnologiyalari" yo'nalishlari bo'yicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli namunaviy dastur va o'quv rejalar asosida ishlab chiqilgan. Umumiy fizikaning elektr va magnitizm bo'limlariga doir oltita mavzu bo'yicha masalalar keltirilgan. Mavzulardagi masalalar 25 ta variantlarga taqsimlangan, 5 tadan variantlar talabalarning mustaqil uy ishlari uchun ajratilgan. Ko'rsatmada mustaqil ishlash uchun masalalarni echish namunalaridan tashqari, talabalar o'zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Fizika qonunlarini bilish deganda, bu ularni ta'riflashni bilish bo'lmay, balki ularni aniq masalalarni yechishda tatbiq qilishni bilmoq demakdir. Masala yechishni bilish, studentlarni mustaqil ijodiy ishlashga yordam beradi, o'rganilayotgan hodisaning analiz qilishga o'rgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarni (faktorlarni) ajratib olishga imkon beradi. Mustaqil ravishda masala yechish protsessi eng ko'p foyda keltiradigan prosess bo'lib, quyidagi metodik qo'llanma buniamalga oshirishga qaratilgan. U umumiy fizika kursi programmasi asosida tuzilgan bo'lib, birinchi semestrda ajratilgan masalalarni va metodik ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi.
- 2-MAVZU: Ideal gaz qonunlari. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi.: Ushbu mavzu ideal gaz qonunlari, molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi, ideal gaz molekulalarining tezligi va energiya bo'yicha taqsimoti, gazning bajargan ishi, issiqlik sig'imi, termodinamikaning birinchi qonuni va uning izojarayonlarga tatbiqi, entropiya kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Shuningdek, nazorat savollari va asosiy formulalar berilgan.
- Masalalar echishga doir misollar: Mazmuni: 1- misol. Karbonat angidrid gazi SO2 ning molyar massasi M aniqlansin. Echish: Berilgan moddaning molyar massasi M = Mk formula yordamida aniqlanishi mumkin; bunda M moddaning nisbiy molekulyar massasi; k=10-³ kg/mol. Nisbiy molekulyar massani M. = Σnᵢ Aᵢ,ᵢ munosabatdan topamiz. Bunda nᵢ – berilgan modda molekulasining tarkibiga kiruvchi i-kimyoviy elementning atomlari soni; Aᵢ,ᵢ – i- kimyoviy elementning nisbiy atom massasi.