Matematika o’qitish metodikasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matematika darslarini tashkil etish metodikasi bo'yicha chuqur bilim berishga qaratilgan. Unda matematika fanining mazmuni, o'qitish mohiyati, zamonaviy o'qitish usullari, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, didaktik tamoyillar, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va baholash tizimi kabi masalalar batafsil bayon qilingan. Mavzular quyidagilarga bo'linadi:Nazariy masalalar va ularning mohiyati;Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi;Matematika o‘qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi;O‗quv jarayonida foydalaniladigan didaktik tamoyillar;O‘quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirish usullari va ularning vazifalari;Ko‘pxonali sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi;Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari va ular orasidagi bog‗liqliklari;Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va masala yechishning uslubiyoti.
Asosiy mavzular
- Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi: Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari, nazariy asoslari, didaktik tamoyillari, usullari, ko'rgazmali va didaktik qurollari, darslarni tashkil etish va baholash tizimi kabi masalalar bayon qilingan.
- Nazariy masalalar va ularning mohiyati: Matematika o'qitishning asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari, o'qitish usullari, vositalari, shakllari haqida ma'lumot beradi.
- Matematika o‘qitish metodlari: O'qitish metodlari turlari, induktiv, deduktiv, analgiyalar, ularning klassifikatsiyasi va qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi.
- Didaktik tamoyillar: Ta'lim jarayonida foydalaniladigan asosiy didaktik tamoyillar va ularning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
- O‘quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirish: Boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish usullari va ularning vazifalari haqida ma'lumot beradi.
- Ko‘p xonali sonlarni nomerlash: Ko'p xonali sonlarni nomerlashning nazariy va amaliy jihatlari, usullari va o'rgatish metodikasi haqida ma'lumot beradi.
- Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari: Miqdorlar, ularning turlari, o'lchov birliklari va ular orasidagi bog'liqliklar haqida ma'lumot beradi.
- Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish: Sinfdan tashqari ishlarning turlari, mohiyati, maqsadga muvofiq tashkil etish usullari va namunalari haqida ma'lumot beradi.