Мультимедиа иловаларини яратишнинг замонавий амалий ва техник воситалари таҳлили

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanma yaratishning barcha nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va quyidagi natijalar olindi: "Kompyuterli modellshtirish” fanini o`qitish tahlili o`rganildi; elektron o`quv qo`llamani yaratishga qo`yiladigan talablar o`rganildi; elektron o`quv qo`llama yaratuvchi dasturiy vositalarning tahlili o`rganildi; "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanmanining tuzilishi ishlab chiqildi; "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanma yaratildi; elektron o`quv qo`llanmadan foydalanish uchun ko`rsatmalar ishlab chiqildi; Yaratilgan multimediali elektron o`quv qo`llanma mazkur fan bo`yicha ma'ruza, tajriba ishlariga doir bilimlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari mazkur fan bo`yicha yaratilgan elektron o`quv qo`llanmadan talabalar va o`qituvchilar ta'lim jarayonida va mustaqil ishlashlari uchun foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Milliy istiqol mafkurasining bosh g'oyasi bu - ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishi jahon hamjamiyatiga qo`shilishini ta'minlaydigan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etmoqda. Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun, shaxs manfaatlarining ro'yobga chiqarishning sharoitlari va ta'sirchan mexanizmlari ustida ishlash, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirish zarur hisoblanadi. Ushbu omil Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Shu tufayli O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov 1997-yil 29-avgustida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasidagi “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori
  • Ishning dolzarbligi: Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining tez suratlar bilan rivoj topishi kundan-kunga milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, bozor iqtisodiyotiga kirib borishi, iqtisodiy munosabatlarning takomillashishi, kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, xalq ta'limi sohasidagi islohotlar: akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tashkil etilishi rivojlanishimizning izchilligidan dalolat berib turibdi. Hozirda ta'lim jarayonini avtomatlashtirishga katta e'tibor qaratilgan. Ta'lim jarayonini avtomatlashtirishning qulay vositalaridan biri kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Kompyuterlarning keng qo`llanilishi o`qituvchilar tomonidan elektron qo`llanmalarni tayyorlashdagi murakkabliklarni bartaraf qilish va bu jarayonni avtomatlashtirishga imkonini yaratadi. Turli xil "elektron o`quv qo`llanmalar”, kompyuterda taqdim etilishi ko`pgina afzalliklarga ega. Shularni hisobga olgan holda "Kompyuterli modellashtirish” fanini o`rgatuvchi elektron o`quv qo`llanmalarga ehtiyoj sezilyapti. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ham xuddi shu kabi dolzarb masalalarni yechishga qaratilgan bo`lib, unda “Kompyuterli modellashtirish” fanini o`rgatuvchi elektron o`quv qo`llanma yaratish g'oyasi ilgari surilgan.
  • Ishning maqsadi: “Kompyuterli modellashtirish” fani bo`yicha barcha me'yoriy hujjatlar, nazariy va amaliy ma'lumotlarni o`z ichiga oluvchi elektron o`quv qo`llanmani ishlab chiqish.
  • Ishning ob'ekti va predmeti: Ishning ob'ekti: Oliy ta'lim muassasalarida o`qitilayotgan fanlar, fanlar asosida yaratilgan o`quv qo`llama, o`quv qo`llamaning imkoniyatlari va o`quv jarayonida tutgan o`rni yoritib berish jarayoni. Ishning predmeti: Oliy ta'lim muassasalari uchun "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron qo`llanma yaratish.
  • Ishning vazifalari: 1.Dars jarayonida o`quv qo`llamadan foydalanishning hozirgi holatini aniqlash. 2.O`quv qo`llama orqali o`qitish jarayonida yuqori natijalarga erishish.
  • Kompyuterli modellashtirish fanini o'qitishning tahlili: Dastur O`zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standarti 5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniring, IT servis)bo`yicha bakalavr tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo`lgan talablar
  • Fanni o'qitish semestrlari, umumiy va mashg'ulot turlari bo'yicha hajmi: Fan 8 semestrda o`qitiladi. Umumiy hajm 108 soat, Jumladan: Ma'ruza - 24 soat, Amaliy mashg'ulotlar - 24 soat, Tajriba ishlari - 24 soat.
  • Ma'ruza mavzulari va ajratilgan soatlari: 1.Kompyuterli modellashtirish nazariyasining umumiy muommolari (2 soat), 2.Kompyuterli modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari (2 soat), 3.Deskriptiv modellar (2 soat), 4.Qonuniyat tenglamalarini tanlash (2 soat), 5.M-darajali polinom bilan approktsimatsiyalash (2 soat), 6.Differentsial modellar (2 soat), 7.Chiziqli dasturlash masalasini yechish uchun simpleks usul (Dantsig usuli) (2 soat), 8.Transport masalasining matematik modeli va yechish uchun potentsiallar usul (2 soat), 9.Hisoblash tizimlarini analitik modellashtirish (2 soat), 10.Hisoblash tizimlarini harakteristikalari (2 soat), 11.Hisoblash tizimlarini imitatsion modellashtirish (2 soat), 12.Chiziqli bul dasturlash modellari (2 soat).
  • Tajriba ishlari mashg'uloti: 1.Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullari (4 soat), 2.Trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari (2 soat), 3.Aniq integral qiymatini taqribiy hisoblash usullari (2 soat), 4.Boshlang'ich shartli oddiy differentsial tenglamalarni sonli yechish usullari (2 soat), 5.Chegaraviy shartli oddiy differentsial tenglamalarni yechish uchun oddiy progonka va differentsial progonka usullari (2 soat), 6.Integral va integro-differentsial tenglamalarni taqribiy yechish usullari (4 soat), 7.O`zgaruvchan kesimli to`sin egilishi masalasining matematik modeli va uni yechish usuli (2 soat), 8.O`zgaruvchan kesimli sterjen tebranishi masalasining matematik modeli va uni yechish usuli (4 soat), 9.Sterjen turg'unligi masalasining matematik modeli va uni yechish usuli (2 soat).
  • Amaliy mashg'ulotlar: 1.Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullari (4 soat), 2.Trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari (4 soat), 3.Aniq integral qiymatini taqribiy hisoblash usullari (4 soat), 4.Boshlang'ich shartli oddiy differentsial tenglamalarni sonli yechish usullari (4 soat), 5.Chegaraviy shartli oddiy differentsial tenglamalarni yechish uchun oddiy progonka va differentsial progonka usullari (2 soat), 6.Chegaraviy shartli oddiy differentsial tenglamalarni yechish uchun oddiy progonka va differentsial progonka usullari (2 soat), 7.Parametrik identifikatsiyalash. EKKU bilan tajriba ma'lumotlari asosida bog'lanishni aniqlash (4 soat).
  • Mustaqil ishlarning mavzulari: 1.Tizimlarni modellashtirishning asosiy tushunchalari. Matematik sxemalar va ularning sinflari (2 soat), 2.Tizimlarni (ob'ektlarni, hodisalarni) ishlash jarayonini shakillantirish va algoritmlash (4 soat), 3.Murakkab tizimlarning ishlash jarayoniga ta'sir etuvchi faktorlar (2 soat), 4.Kontseptual modelni yaratish (2 soat), 5.Stratifikatsiyalash, lokallashtirish, detallashtirish, jarayoni holatlarni ajratib olish va aks ettirish (2 soat), 6.Murakkab tizimlar elementlarini matematik modeli (4 soat), 7.Bog`lanish sxemalari va matematik modeli (2 soat), 8.Tasodifiy jarayonlarni modellashtirish protseduralari (4 soat), 9.Imitatsion modellar va algoritmlar (2 soat), 10.Modellashtirish natijalarini belgilash va qayta ishlash algoritmlari (2 soat), 11.Modellashtirishda optimallashtirish usullaridan foydalanish (4 soat).
  • Elektron o`quv qo`llanma haqida umumiy ma'lumotlar: Elektron o`quv qo`llanma fan sohasini butunlay yoki qisman qamrab oluvchi, avtomatlashtirilgan o`qitishga mo`ljallangan virtual tizim hisoblanadi. Elektron uslubiy ko`rsatma o`quv fanining ma'lum bir bo`limlarini o`zlashtirish vositalari va usullarini o`rgatuvchi virtual yuriqnoma tizimidir. Virtual laboratoriya ishi - konstruktiv ko`rsatgich interfeysi kiritilishi asosida berilgan mavzuning laboratoriya ishlarini tasvirlash jarayonini virtual tashkil qilish tizim hisoblanadi. Prezentastion ma'ruza- ma'ruza materiallarini tasvirlashning fiksirlangan algoritmini multimedik tizimidir. Elektron ma'ruza - giperssilkalar va interaktiv elementlardan foydalanib o`quv fanining ma'ruza matnlarini tasvirlashning multimedik tizimidir.
  • Elektron o`quv materiallarini rasmiylashtirish tartibi: • bitta g'oya va bitta dasturiy vosita yordamida elektron o`quv materiali konstrukstiyasi uchun mos elektron ko`rinishini yaratish. • ma'lumotlarni ximoya qilishning birorta vositasi yordamida elektron o`quv materialini tarmoqda ishlatish imkonini qushish. • elektron o`quv materialini arxiv ko`rinishini ma'lumotni saqlash qurilmalarida (kompakt disk yoki strimerlarda) saqlash va serverning virtual disk yurituvchisiga originalni kiritish. • elektron o`quv materialini mos instanstiyalarda qayd qildirish.
  • Elektron o`quv materiallarining tasvirlash tartibi: • Elektron o`quv qo`llanmalar va darsliklar kafedra, fakultet va universitetning ilmiy-uslubiy kengashlariga muxokama qilish uchun taqdim etiladi. Universitetning ilmiy-uslubiy kengashi xulosasiga binoan material universitet o`quv jarayonida qo`llanishga va tijorat yo`lida foydalanishga ruxsat qilinadi. • elektron uslubiy ko`rsatmalar, elektron va prezentastion ma'ruzalar va virtual laboratoriya ishlari kafedra va fakultetning ilmiy-uslubiy kengashlarida ko`rib chiqish va tasdiqlash bilan cheklanadi. Elektron o`quv kurslari tushunchasi, maqsadi, topologiyasi va afzalliklari.
  • Zamonaviy ta'lim uslubiyoti: Zamonaviy ta'lim uslubiyoti kompyuter texnologiyalari yordamida o`qitish prinstiplarini amalga oshirishni yanada samalari usullarini izlanmoqda. Mamlakatimiz ta'lim uslubiyotida amalda o`quv kursi asoslarini o`rganuvchi, ya'ni mavjud atamalarni va turli o`quv nashrlari tiplari o`rtasida tafovutni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar yo`q edi.
  • Darslik, Elektron darslik, Elektron o`quv kursi (EO`K): Darslik- Davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturiga mos va joriy nashr sifatida rasman tasdiqlangan o`quv fani yoki uning bo`limlari sistematik tarzda bayon qilingan o`quv nashri hisoblanadi. Elektron darslik - fanning Davlat ta'lim standartlari, o`quv rejasi va ishchi dasturiga mos mazmunini yuqori ilmiy, uslubiy va texnik darajada yaratilgan elektron o`quv nashri hisoblanadi. Elektron o`quv kursi (EO`K) - o`quv faniga mos, qisman yoki to`laligiga asosiy darslikni o`rnini to`ldiruvchi elektron ko`rinishli o`quv nashri. Bu grafik, matnli, ovozli, muzikali, video, foto va boshqa informastiyalar, hamda foydalanuvchining bosma hujjatlari majmuidir. Zamonaviy elektron o`quv kursi- bu kompyuter texnologiyalari va Internet vositalarini qo`llashga asoslangan yahlit didaktik sistemadir. Uning asosiy maqsadi shuki individual va optimal o`quv dasturi bo`yicha faqat o`quvchilarni o`qitish emas, balki shu bilan birgalikda ta'lim jarayonini boshqarishdir. Elektron o`quv kursi- bu o`quv materialini umuman yangi ko`rinishi bo`lib unda o`zlashtirish uchun ma'lum va asoslangan, tushunarli bo`lgan barcha narsalarni aks ettirish kerak. Elektron o`quv kursi fan materiallarini ketma-ket bayon qiladi. Darslik, xrestomatiya, spravochnik elementlaridan tashkil topadi. Shu bilan bir qatorda elektron o`quv kursi faqatgina o`quv ma'lumotlarini bermasdan, shuningdek o`zlashtirishni nazorat qilishi zarur bo`ladi. Buning uchun testlari, baholash nazorat savollari va amaliy topshiriqlar qo`llaniladi. O`quvchining javob natijalari asosida olingan bilim darajasi bahosi aniqlanadi va o`quvchiga xato javoblar tushuntiriladi, ta'limning navbatdagi bosqichlarida o`rganiladigan o`quv materiali bo`yicha ko`rsatmalar beriladi.
  • Elektron o`quv kurslari hisoblanadi: o`quv fanining eng muxim alohida bo`limlari nashri (ma'ruza, mustaqil ish, nazorat topshiriqlari va testlarni elektron kurslari); o`quv fani bo`yicha maʼlumotnomalar va maʼlumotlar bazalari; masala va mashqlar to`plami ; turli mashg`ulotlarni qo`llab-quvvatlovchi kompyuterli illyustrastiyalar (karta va sxemalar atlaslari, konstrukstiyalar atlaslari va h.k.); xrestomatik to`plam ; nazorat etuvchi kompyuter dasturlari; o`quv eksperimenti, laboratoriya ishlari, kurs ishlari va diplom loyihalarini olib borish bo`yicha metodik ko`rsatmalar .
  • Materialning bayon qilinishi bo`yicha elektron o`quv kursini 4 ta turi: 1. Matnli o`quv kursi; 2. Gipermatnli o`quv kursi (ko`rsatkichlar asosida tarmoqlangan «daraxt» shaklida bayon qilish); 3. Spravochnik xarakteridagi o`quv kursi (o`quv materialini ixtiyoriy qismiga erkin murojat qilish mumkin holda spravochnik ko`rinishida bayon qilish); 4. O`yinli o`quv kursi;
  • O`quv qo`llanmalari harakteriga ko`ra:: 1. Informastion (an'anaviy ko`rinishda bayon qilish); „savol-javob" (konkret savol, muammo va masalaga to`g`ri berib bayon qilish); 2. Informastion-nazorat (o`quv materiali va nazorat savollarini navbati bilan almashib kelishi); 3. Teskari informastion aloqali (interaktiv (muloqatli) o`quv kursi, ya'ni bilimlarni doimo baholab berish va navbatdagi o`rganiladigan o`quv material bo`yicha ko`rsatmalar berish); 4. Pag`onaviy nazorat darajasi:
  • Elektron o`quv kursi materiali quyidagi turlarga ega bo`ladi:: • statik • dinamik • bir rangli va ko`p rangli • ovozli va ovozsiz
  • Elektron o`quv kursini an'anaviy darslikdan farqi: Bugungi kunda elektron o`quv kurslari nazorat va mashq masalalarini yechish uchun mo`ljallangan ta'lim vositasi sifatadagi kompyuterli o`qitish dasturi ko`rinishiga ega bo`lib bormoqda. Elektron o`quv kurslari quyidagi prinstiplarga ega: material bilan tanishish mashq qilish nazorat. Shuningdek elektron o`quv kurslari kashfiyot metodi asosida o`qitishga asoslanmoqda, ya'ni “ko`r”, “tanib ol”, “tushun",
  • Elektron o`quv qo`llamani yaratishga qo`yiladigan talablar: Elektron o`quv qo`llanmalarning kategoriyalar bo`yicha sinflanishi quyidagi talablarga asoslangan: - pedagogik talablar: bularga didaktik va metodik talablar kiradi; - texnikaviy talablar. - psixologik talablar; Elektron qo`llanmalarning kategoriyalari – «*» (yulduzcha) bilan belgilanadi. Yulduzchalar soni elektron o`quv qo`llanmalarning sifati va murakkabligi darajasining oshishi bilan mos ravishda ko`payib boradi. Elektron o`quv qo`llanmalar to`rtta kategoriyalar bo`yicha sinflanadi. Oliy kategoriyadagi elektron o`quv qo'llanmalar-to`rtta yulduzcha bilan «****», past kategoriyadagi elektron o`quv qo`llanmalar – bitta yulduzcha bilan, «*» belgilanadi. Yuqorida keltirilgan talablarni inobatga olib tuzilgan elektron o`quv qo`llanmalar kategoriyalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
  • Elektron o`quv qo`llanmalar kategoriyalari: Pedagogik talablar: Interfaol o`quv materialini qamrab olish % (15, 25-45, 50-85, 86-100). Har bir bo`lim yoki modulda test savollarining berilishi (+). Testlardagi javoblar darajasi (1, 1, 2, 3 va undan ortiq). Javoblar uchun vaqtni limitlashtirish (+,+). Tushuntiruv miqdori (+,+). Baholash reytingini hisobga olinishi (+,+). Virtual jarayonlar va ob'ektlar (+,+). Gipermatnlar (+,+). O`quv materialining tovush bilan kuzatilishi (+,+). Video animatsiyalar: -ba'zi illyustratsiyalarda; -qisman ma'ruza mashg`ulotlarida yoki amaliy mashg`ulotlarning o`quv materiallarida; -to`liq tizimli qo`llanilishi (+). Psixologik talablar: O`rganilayotgan mavzu bo`yicha ekranli betlar hajmi (5 gacha, 4 gacha, 3 gacha, 3 gacha). Musiqaviy kuzatish (Ruxsat etiladi). Betlarning nurli gamma foni (Ochiq rang qatnash maydi). Texnikaviy talablar: O`qitish vaqtining inoabatga olinishi (-,-). Zaruriy betga o`tish (+,+). O`quv materialining tuzilmaga keltirilgan namoyishi (+,+).
  • Elektron o`quv qo`llanmalarni ishlab chiqishga qo`yiladigan didaktik talablar: 1. Ta'limda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarni so`nggi Yutuqlarni hisobga olinishi EO`Q mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta'minlaydi. O`quv materialini EO`Q yordamida o`zlashtirish jarayoni o`qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o`xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil metodi. 2.O`qitishning erishuvchanlik talablari EO`Qda amalga oshiriladi va ta'lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o`quv materialini o`rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruriyatini bildiradi. O`quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha Yuklash mumkin emas, unda ta'lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi. 3.O`qitishning muammoviyligini ta'minlash talablari ta'lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta'lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o'sadi. Ushbu didaktik talabning EO`Q yordamida bajarilish darajasi, an'anaviy qo`llanmalar va qo`llanmalardan ko`ra, sezilarli ravishda Yuqori bo`ladi. 4.O`qitishning ko`rgazmaliligini ta'minlash talablari- ta'lim oluvchilar tomonidan o`rganilayotgan ob'ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi. 5. O`qitishni ongliligini, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta'minlash talablari o`quvfaoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o`quv axborotini jalb qilish bo`yicha ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun EO`Q bilan ta'minlashni ko`zda tutadi. Bunda ta'lim oluvchi uchun o`quv faoliyati yo`naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo`yicha EO`Q tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kerak.
  • EO`Qdan foydalanishda o`qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari: o`rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko`nikmalarning ma'lum tizimining ta'lim oluvchilar tomonidan o`zlashtirilishi ketma-ketligini ta'minlanishini bildiradi. Bilim, ko`nikma va mahorat ta'lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qo`llanilishda o`z o`rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi: - o`quv materialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish; o`quv materialining har bir bo`limida shakllanadigan bilim va ko`nikmalarning rivojlanishini inobatga olish; - o`rganilayotgan o`quv materialining fanlararo bog`liqligini ta'minlash; o`quv materiali va ta'lim beruvchi ta'sirlarining uzatilish ketma-ketligini chuqur o`ylab ko`rish; bilim berish jarayonini o`qitish mantiqi bilan aniqlanadigan ketma-ketlikda qurish; EO`Q tavsiya qilgan axborotni, o`qitishning mazmuni va uslubi ta'lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bog`liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o`yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va ob'ektlar modellarini tavsiya qilish yo`li bilan amaliyot faoliyatga bog`lanishni ta'minlash.
  • EO`Qdan foydalanishda bilimlarni o`zlashtirish mustahkamligi talablari: talabalarning o`quv materialini mustahkam o`zlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
  • EO`Qda o`qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi talablari: Ta'lim vazifasidagi an'anaviy nashrlarga qo`yiladigan didaktik talablardan tashqari, EO`Q yaratish va joriy qilinishida zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi o`ziga xos didaktik talablar qo`yiladi: 1.Moslashuvchanlik talablari EO`Q ta'lim oluvchi individual imkoniyatlariga, ya'ni o`qitish jarayonida ta'lim oluvchi bilimlari, ko`nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo`lishi kerak. EO`Q moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi darajasi talabalarning o`zlariga qulay bo`lgan individual tempiga mos holda o`quv materialini o`rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi darajasi - ta'lim oluvchi holatining diagnostik tahlili hisoblanadi, uning natijalari asosida, ta'lim berishning mazmuni va uslubi taklif etiladi. Uchinchi darajasi ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilarning guruhlanishi ko`zda tutilmaydi va mualliflar ta'lim oluvchilarning imkoni boricha ko`proq kontingenti uchun, iloji boricha ko`proq variantlarini ishlab chiqishlari tavsiya etiladi. 2. O`qitishning interfaollik talablariga o`qitish jarayonida ta'lim oluvchi bilan EO`Qning o`zaro hamkorligini ta'minlash kiradi. EO`Q vositalari interfaol muloqot va teskari aloqani ta'minlashi kerak. Muloqotni tashkil etishning muhim qismi bo`lib, foydalanuvchi harakatiga EO`Qning reaksiyasi hisoblanadi. Teskari aloqa nazoratni amalga oshiradi, keyingi bajariladigan ishlar bo`yicha tavsiyalar beradi, ma'lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlarga doimiy kirishishni amalga oshiradi. 3.EO`Qning o`quv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari. Zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari o`quv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni ko`zda tutadi. 4. EO`Q bilan ishlashda ta'lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirishni ko`zda tutadi. 5. EO`Q- o`quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog`liqligi talablarini bajarishi kerak. 6. EO`Q- ta'lim berishning to`liqligi va uzluksizligini ta'minlashi kerak.
  • Elektron o`quv qo`llanmalarni ishlab chiqishga qo`yiladigan metodik talablar: Metodik talablar elektron o`quv qo`llanmalariga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xosligi va xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini izlanish usullarini, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan EO`Q quyidagi metodik talablarni qoniqtirishi kerak: 1. EO`Q – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi kerak. 2. EO`Q o`quv materialini Yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta'minlashi kerak. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlik hisobga olinishi kerak. 3. EO`Qda ta'lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirish uchun oshirish turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi kerak. EO`Qni ishlab chiqish va foydalanishga qo`yilgan metodik talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta'sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo`yiladi. Quyida EO`Qga qo`yiladigan psixologik talablar keltirilgan: 1. EO`Qda o`quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi kerak. EO`Q qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotira saqlash kabi psixologik jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. 2. EO`Qdagi o`quv materiali ta'lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak. 3. EO`Q obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. EO`Qning tuzilmasi va mazmuni o`quv materialini chuqur o`rganishga mo`ljallash bilan bir vaqtda o`rganilayotgan fanning o`quv dasturiga mos kelishi kerak. Ta'lim tizimi uchun yaratiladigan EO`Q quyidagi umumiy talablarni xam qanoatlantirishi kerak: EO`Qning mazmuni va tarkibi ta'lim standartining talablariga mos kelishi kerak; - EO`Q o`zida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o`rgatuvchi tizimiga ega bo`lishi kerak;
  • Elektron o`quv qo`llanmalarni ishlab chiqishga qo`yiladigan texnik talablar: Elektron qo`llanma yaratuvchilari dasturiy ta'minotni yaratish bo`yicha quyidagi mezonlarga amal qiladilar: global va lokal tarmoqda, serverda ishlash; foydalanuvchini qayd etish modulini tashkil qilish; kurs administratori; elektron qo`llanma bilan ishlash haqida ; o`quv kursining nazariy bilimlar moduli; o`quv kursining amaliy bilimlar moduli; o`quv kurslari bo`yicha test topshiriqlari; Bu mezonlar 1.1.1-rasmda keltirilgan.
  • AutoPlay Media Studio dasturi imkoniyatlari: Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko`plab dasturiy ta'minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturi. Istalgan fayl yoki fayllar to`plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paketlardan biri hisoblanadi. Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay bo'lgan interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo`lib, ular tarkibiga buyruq tugmasini, tovush kuchaytirgichini, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta'minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o`zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o`zaro bog`lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham qayta ishlash mumkin. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, malumotlar bazasini va shunga o`xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o`zining kutubxonasidagi "niqoblardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday "niqob" sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo`ladi. Qolaversa, malumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o`zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko`rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o`zi ochiluvchi arxiv ko`rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to`liq versiya bilan o`rnatilgan bo`lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug'atlar bo`lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste'molga chiqarilgan: 1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy taʼminotlarni yaratish; 2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati; 3. Web-ilova yaratishga mo`ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 7. Matn rangini o`zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi; 8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 9. Obyektlarni formatlash imkoniyati; 10. Kalit so`zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
  • AutoPlay Media Studio dasturi ishga tushirilishi va yangi loyiha yaratish bosqichlari: Bu muloqot oynasida quyidagi to,,rtta taklif ilgari surilgan bo`ladi: 1) Create a new project (Yangfi loyiha yaratish); 2) Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish); 3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish); 4) Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o`rnatilgan bo`lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o`rnatilgan bo`lsa, u holda taklif ingliz tilida bo`ladi. AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos scriptlar uchun tayyor kodlar toplamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan maqul. Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz "Creat a new project" bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi (2.5-rasm): Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o`zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan (3-rasm): Mavjud loyihani tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, unda Web-sahifa uchun ba'zi ssenariylar tayyor yozilgan holatda bo`ladi. Ba'zi obyektlar uchun bajariladigan funksiyalar esa tayyor holatda berilgan bo,,ladi. Bunday imkoniyat qisqa vaqtda murakkab tuzilmali katta loyihani yaratishda amaliy yordam beradi. AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega: 1. Dastur oynasining darlavha satri. 2. Dastur oynasining menyu satri. 3. Instrumentlar paneli satri. 4. Project Explorer muloqot oynasi. 5. Properties muloqot oynasi. 6. Holat satri. Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani boshqarish elementlari joylashgan. Oynaning menyu satrida quyidagi menyular joylashgan: File. Bu menyu orqali yangi loyiha oynasini ochish, mavjud loyiha oynasini ochish, loyihani xotiraga saqlash, loyihani export qilish, hujjat xossasini o`zgartirish va dasturdan chiqish kabi ishlarni bajarish mumkin. Tools. Ba'zida AutoPlay dasturining galeriyasidagi mavjud buyruq tugmalari dizayn jihatidan yetarli bo`lmay qolishi mukin. Shunday paytlarda ushbu menyuning “Button Maker” bandiga murojaat qilib yangi dizayndagi buyruq tugmalarini yaratish mumkin. Bundan tashqari loyiha uchun ssenariy kodini yozish ham shu menyuda amalga oshiriladi. Publish. Bu menyu yordamida AutoPlayda tayyor holatga kelgan amaliy dasturni ishlatib sinovdan o`tkazish va kompilyatsiyalash mumkin. Align. Bunda obyektning sahifaga (ishchi sohaga) nisbatan koordinatalar bo,,yicha, masalan, % Cut gorizontal, vertikal, va boshqa o`lchamlarga nisbatan joylashuv holatini belgilab olish mumkin. Page. Bu menyu loyihadagi sahifalar uchun xizmat qiladi. Masalan, loyihaga yangi sahifa qo`shish, mavjud tanlangan sahifani o`chirish, mavjud sahifaning dublikatini (aynan nusxasini) hosil qilish, sahifaning xossasiga oid muloqot oynasini chaqirish kabi ishlarni bajarish mumkin. Object. Bu menyuda 24 ta obyektni sahifaga qo`yish imkoniyati mavjud bo`lib, shundan 17 tasi konstruktorlik tizimida ishlatiladigan standart obyektlar bo`lsa, qolgan 7 tasi plagin tarzida tashkil etilgan obyektlar bo`lib, ular “Plugins" buyrug'i orqali sahifaga qo`yiladi, masalan, Calendar, Windows stilidagi "Win-Button" nomli buyruq tugmasi, Slider va hk. Shuningdek, “Properties" buyrug'idan foydalanib, sahifada belgilangan obyektning xossalar oynasini hosil qilish imkoniyati mavjud. Project. Loyihani har tomonlama mukammal ishlash uchun imtiyozli yordam ko`rsatadigan ajoyib menyu hisoblanadi. Uning "Settings" bandiga murojaat qilib, loyihaga oid xossalarni o`zgartirish, “Menu Bar...” bandiga murojaat qilib, yaratilajak amaliy dastur oynasini xususiy menyu bilan ta'minlash, "Global Functions..." bandi orqali loyihadagi barcha sahifalarga birdek tegishli bo`lgan funksiya-qism dasturlarini yozish mumkin. Shuningdek, turli multimedia hujjatlarini va plaginlarni joylashtirishni ham shu menyuda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. "Project Explorer" muloqot oynasida joriy loyihani tashkil etuvch elementlar, masalan sahifalar, obyektlar va ularning nomlari haqida axborot olish, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. "Properties" muloqot oynasida loyiha sahifasining o`zi va sahifadagi har bir obyektga xos atributlar ro`yxati aks etgan bo,,lib, bu muloqot oynasi tanlangan obyektga qarab o„zgarib turadi. Chunki, turli obyektlarning atributlari turlicha bo`lishi mumkin. Project Size satrida biz yaratayotgan loyihaning xotira o`lchami haqidagi axborot aks etadi. Shu axborotga binoan uni CD yoki DVD ga mos kompilyatsiya qilish variantini tanlash mumkin. Holat satrida joriy obyektga ma'lumotnomani chaqirish, loyiha o`lchami, sichqoncha kursori va obyektning sahifadagi o`rni haqida ma'lumot olish mumkin.
  • Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanmani AutoPlay Media studio dasturida yaratish texnologiyasi: Elektron o`quv qo`llanma yaratish. AutoPlay Media Studio dasturi elektron o`quv qo`llanma, elektron laboratoriyalar, elektron o`quv majmualar va boshqa elektron qo`llanmalar yaratishda juda ko`p imkoniyatlarga ega va bu dasturdan foydalanish qulay. Bu dasturdan foydalanish va majmuamizni yaratish jarayonini tushuntirib o`tamiz. AutoPlay Media Studio dasturi ishga tushuriladi.(3.3.1-rasm) Proektni tanlaymiz.(3.3.2-rasm) Kerakli proektni tanlash va shu proektga nom berish oynasi 3.3.3-rasmda keltirilgan. Yangi proekt tayyor bo`ldi endi bu proektni maʼlumotlar bilan to`ldiramiz. "Project" menyusiga kirib, “Settings” bandini tanlaymiz va yuzaga kelgan „Project Settings” sarlavhali muloqot oynasining “Appearance" sahifasidagi "Dimensions” bo`limiga o`tib, “Page Size" maydonidagi ro`yxatdan “Custom" satrini tanlaymiz va “Width” qiymatini 900 ga, "Height" qiymatini esa 600 ga o`zgartiramiz va OK tugmasini bosamiz. Fon qismini joylashtirish: AutoPlay dasturi muhitida 6 ta instrumentlar panelidan foydalanib elektron o`quv qo`llanma yaratishimiz mumkin bo`lib, ular quyidagilardan iborat : 1. Standard; 2. Objects; 3. Advanged objects; 4. Common; 5. Project; 6. Align. Shu panellardan foydalanib bosh sahifamizni tuzib olamiz(3.3.6-rasm) Bosh sahifani tuzib olganimizdan keyin “Page" menyusidagi "Add" bo`limidan foydalanib yangi oyna ochib olamiz(3.3.7-rasm). Yangi ochilgan "Pag1" nomli sahifani ustiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosgan holda "properties" bo`limidan sahifaga nom qo`yib olamiz: Endi bu sahifaga rasm joylashtiramiz buning uchun Objects instrumentlar panelidagi "New Image Objects" instrumentidan foydalanamiz: Kerakli rasmni tanlab “Ok” tugmasini bosamiz: Objects instrumentlar panelidagi “New button objects” instrumentidan foydalanib sahifamizga button joylashtiramiz: Kerakli tugmani bosganimizda o`sha joyga kirishi uchun masalan “Ma'ruzalar” tugmachasini bosganimizda ma'ruzalarnini ochib berishi uchun, “Ma'ruzalar
  • Elektron o`quv qo`llanmadan foydalanish uchun yo`riqnoma: Barcha Oliy Ta'lim Muassasalari uchun ta'limni tashkil qilishning me'yoriy asoslari yagona bo`lsa ham, amalda aniq bir Oliy Ta'lim Muassasalari misolida ta'limni tashkil qilishda o`ziga xosliklarning bo`lishi tabiiydir. Yaratilgan Elektron o`quv qo`llama "Kompyuterli modellashtirish” fani bo`yicha barcha me'yoriy hujjatlar, nazariy va amaliy maʼlumotlarni o`z ichiga oladi. Elektron o`quv qo`llama interfeysi quyidagicha: Elektron o`quv qo`llama ikki qismdan tashkil topgan: Elektron o`quv qo`llama; Muallif haqida; Elektron o`quv qo`llama qismida siz “Kompyuterli modellashtirish” fani bo`yicha barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Bu qism 7 ta bo`limdan iborat bular quyidagilar: Ma'ruzalar; Prezentatsiyalar; Tajriba ishlari; Testlar; Atamalar; Dars o`tish metodlari; Ishchi o`quv dastur; Ma'ruzalar bo`limi “Kompyuterli modellashtirish” faniga doir 12 ta ma'ruzani o`z ichiga oladi: Mundarija: 1. Kompyuterli modellashtirish nazariyasining umumiy muommolari 2. Kompyuterli modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 3. Deskriptiv modellar 4. Qonuniyat tenglamalarini tanlash. 5. M-darajali polinom bilan approktsimatsiyalash 6. Differensial modellar 7. Chiziqli dasturlash masalasini yechish uchun simpleks usul 8. Transport masalasining matematik modeli va yechish uchun potentsiallar usul 9. Hisoblash tizimlarini analitik modellashtirish 10. Hisoblash tizimlarini harakteristikalari 11. Hisoblash tizimlarini imitatsion modellashtirish 12. Chiziqli bul dasturlash modellari Prezentatsiyalar bo`limi “Kompyuterli modellashtirish” faniga doir 12 ta prezentatsiyani o`z ichiga oladi: Tajriba ishlari bo`limi "Kompyuterli modellashtirish” faniga doir 9 ta tajriba ishlarini o`z ichiga oladi: Testlar bo`limi “Kompyuterli modellashtirish” faniga doir 12 ta ma'ruza doirasidatuzilgan 100 ta testdan iborat: Atamalar bo`limi 12 ta ma'ruza doirasida tuzilgan atamalarni o`z ichiga oladi: Dars o`tish metodlari bo`limida dars o`tish davomida qo`llaniladigan bir nechta metodlar haqida ma'lumot olish mumkin:
  • Xulosa: Ta'lim jarayonini avtomatlashtirishning qulay vositalaridan biri bu ta'lim jarayonida turli xil elektron o`quv qo`llanmalar, o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlardan foydalanishdir. Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Kompyuterli modellashtirish” fani bo`yicha elektron o`quv qo`llanma yaratishning barcha nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va quyidagi natijalar olindi: "Kompyuterli modellshtirish” fanini o`qitish tahlili o`rganildi; elektron o`quv qo`llamani yaratishga qo`yiladigan talablar o`rganildi; elektron o`quv qo`llama yaratuvchi dasturiy vositalarning tahlili o`rganildi; "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanmanining tuzilishi ishlab chiqildi; "Kompyuterli modellashtirish” fanidan elektron o`quv qo`llanma yaratildi; elektron o`quv qo`llanmadan foydalanish uchun ko`rsatmalar ishlab chiqildi; Yaratilgan multimediali elektron o`quv qo`llanma mazkur fan bo`yicha ma'ruza, tajriba ishlariga doir bilimlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari mazkur fan bo`yicha yaratilgan elektron o`quv qo`llanmadan talabalar va o`qituvchilar ta'lim jarayonida va mustaqil ishlashlari uchun foydalanishlari mumkin.
  • Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O`zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent “Sharq” nashriyoti. 2. O`zbekiston Respublikasi Davlat taʼlim Standarti O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi “Ma'rifat” gazetasi 2000-yil 4-noyabr N86-son. 3. „Elektron o`quv adabiyotlarni yaratish texnologiyasi” fani bo`yicha Kasb ta'limi (informatika va axborot texnologiyalari) va Kasb ta'limi (telekommunikatsiya) bakalavriat yo`nalishning talabalari uchun ma'ruza matni Toshkent - 2011 4. 1. А.В.Блохин-Теория Эксперимента-минск, 2002 г 5. 2. Матемитическое моделирование, Под редакцией Дж. Эндрюса и Р. Маклоуна, М.Мир, 1983 6. 3. Растрыгин Л.А., Моджаров Н.Е Введение в идентификацию объектов управления, М.Энергия, 1987-216 ст. 7. 4.Сафаева. Математик дастурлаш. Дарслик. “ИКТИСОД-МОЛИЯ" 303 bet, 2007y. 8. 5. Воробьева Г.Н., Данилова А.Н. Практикум по численным методам.-М.: Высш. школа, 1979. 10. 6. Демидович Б.П., Марон И.А. Основы ивычислительной математики.- М.: Наука, 1970. 11. 7. Майер Р.В-Компьютерное моделирование-2015. 12. Yormatov F. E. "Hayot faoliyati havfsizligi”. Ma'ruzalar matni. Toshkent. ToshDTU 2003yil. 266 bet. 13. A.Raximova “Mehnatni muhofaza qilish”. Tosh. – Ubyokistan 2002. 14. 3. X.E.Goyipov. “Mehnatni muhofazasi”. T.: “Mehnat”-2000 y. 15. 4. U.Yuldashev, U.Usmonov, O.Kudratov. “Mehnatni muhofaza qilish"T.: "Mehnat” 2001.