Тармоқлар ва соҳалар маркетинги

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tayyorlangan boʻlib, unda sanoat, agrosanoat, bank, xizmat koʻrsatish va turizm kabi tarmoqlar hamda sohalar marketingi mazmuni keng qamrab olingan. Kitobda marketingning nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi, kichik korxona marketingi, bank marketingi, turizm va mehmonxona xizmatlari marketingi, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari marketingi kabi mavzular oʻz ichiga oladi. Shuningdek, kitobda har bir mavzuning oʻziga xos xususiyatlari, marketing strategiyalari, marketing tadqiqotlari va marketingni tashkil etish masalalari atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Sanoat marketingi: Sanoat marketingining nazariy va amaliy jihatlari, sanoat korxonalari uchun marketing faoliyatini tashkil etish, tashqi bozorda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat marketingining oʻziga xos xususiyatlari, tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi, kichik korxonalarda marketingning oʻziga xos xususiyatlari va marketing faoliyatini tashkil etish
  • Agrosanoat marketingi: Agrosanoat marketingining xususiyatlari va funksiyalari, agrosanoat marketingining axborot tizimi, agrosanoat marketingining rejalarashtirish va boshqarish tizimi, agrosanoat kompleksida marketing faoliyatini tashkil etish, qiylloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorida talab, taklif, narxning shakllanish xususiyatlari, agrosanoat marketingining koʻrsatkichlari va nazariy jihatlari
  • Bank marketingi: Oʻzbekistonda bank tizimining rivojlanishi, bank marketingining oʻziga xos xususiyatlari, bank marketingining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, bank mahsuloti va uning hayotiy davri, bank marketingining elementlari, axborot tizimi, bank marketingini rejalarashtirish va nazorat qilish tizimi, bank marketingini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, bank marketingida tadqiqotlar
  • Kapital qurilish marketingi: Kapital qurilish marketingining xususiyatlari, sotish faoliyati tahlili, marketing strategiyasini ishlab chiqish, marketingni rejalarashtirish va uning tizimlari, nazorat va muhokama savollari
  • Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi marketingi: Xaridarlar nazariyasi asoslari, oldi-sotdi harakatlari strukturasini tushuntirish, mijozni qabul qilish va u bilan muloqot oʻrnatish, ehtiyojni aniqlash va xaridorni tinglash, mahsulotni taqdim etish va dalillar bilan asoslash, eʼtirozlarga javob berish, bitim tuzish va xaridorni toifalash, ulgurji savdoda marketing faoliyatini tashkil etish, xizmatlar tushunchasi va ularning mahsulotdan farqlari, xizmatlar marketingining oʻziga xos xususiyatlari, mehmoxona xizmatlari bozorida reklama
  • Turizm va mehmonxona xўжалиги marketingi: Turizmning tarixi, turizm tushunchasi va tasniflanishi, turistik mahsulot, turizm bozori: mohiyati, strukturasi va zamonaviy holati, turizm bozorini segmentlash, turizm marketingi konsepsiyasi, uning maqsadi va funksiyalari, turistik mahsulotlarni sotish usullari, mehmoxona xўjaligida marketing faoliyatini tashkil etish, mehmoxona xizmatlari bozorining kontъyunkturasi, mehmoxona biznesida marketingni rivojlantirish, mehmoxona xizmatlari bozorida reklama
  • Kichik korxonalar marketingi: Kichik korxonalarni belgilovchi mezonlar, kichik korxonalarda marketing kompleksining xususiyatlari, kichik korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, kichik korxona samaradorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanish va marketing muhiti tahlili, kichik korxonalarda marketing faoliyatini rejalarashtirish va bashoratlash, nazorat va muhokama savollari
  • Xorijiy korxonalarning marketingi: Xorijiy korxonalarning marketing xususiyatlari, xorijiy korxonalarning marketing dasturi, xorijiy korxonalarning marketing dasturini asoslash uslublari, nazorat va muhokama savollari
  • Notijorat korxonalarning marketingi: Notijorat korxonalari marketingining mohiyati, notijorat korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, siyosiy marketing, shaxsiy marketing, nazorat va muhokama savollari
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi: Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi muhiti, marketing tadqiqotlari, xorijiy firmalar va ularning tovarlari haqida axborot toʻplash, xorijiy bozorlarda firmalar va ularning mahsulotlari raqobatbardoshligi, xorijiy firmalarning bozor faoliyati marketing strategiyalari, firmalarning tashqi bozorga chiqishi boʻyicha marketing strategiyalari, tashqi bozorda narx siyosati va xalqaro narxni shakllantirish, nazorat va muhokama savollari