Urganch tumanida potoka ishlab chiqarish sexini loyihalash
Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Urganch tumanida patoka ishlab chiqarish sexini loyihalash va qandolatchilik sohasida sifatli va arzon xom ashyo ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini boʻyicha strategiya ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mavzuning dolzarbligi: Qishloq xo`jaligi maxsulotlarni yetishtirish, qabul qilish va davlat andoza talablariga javob beradigan eksportbob mahsulotlarni ishlab chiqarish va respublikamizni axoli soni va talabidan kelib chiqqan xolda makkajo`ri kraxmalidan potokani ishlab chiqarish sexlarini loyixalash, qurish va mahsulotlarni respublika ichida va chet ellarda eksport qilishda muhim masala hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan Patoka ishlab chiqarish sexini loyihalash mavzusiga bag`ishlangan mening bitiruv malakaviy ishim sohasining muhim masalani yechimini topishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
- TANLANGAN MAVZUNI TEXNIK IQTISODIY JIHATDAN ASOSLASH: Korxonaning bosh rejasini tuzishda shamol yo'nalishini ham inobatga olindi. Chunki korxonadan chiqayotgan turli xil gazlar xar xil xidlar aholi yashash punktiga teskari xolatda yo'naltirilishiga harakat qilindi. Ushbu ko'rsatkichlarni kamida besh o'n yillik natijalarga asosan o'rtacha olindi. Korxonani loyihalashda transport xarajatlarini kamaytirish va xom ashyoni yo'qotishlarsiz korxonaga olib kelishni ham ko'rib chiqildi.
- TEXNOLOGIK QISM: Makkajo'xori kraxmalining fizik-kimyoviy xossalari: kleysterlanishga moyilligi, qovushqoqlik, studen hosil qilish qobiliyati. Ushbu xossalar konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega (marmelat, iris, karamellar kekslar,piroklar, kisellar va b.). Makkajo'xori kraxmali ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat bo'ladi: makkajo'xorini yuvish, maydalash, dastlab bo'tqadan, keyin kraxmalni ajratish, yuvish va quritish.
- EKOLOGIK MASALALAR YECHIMI: Sanoatda ishlab chiqarilgan gaz aralashmalarini tozalash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Ogirlik kuchi ta'sirida chuktirish. 2. Markazdan kochma elektr va boshka kuchlar maydonida chuktirish. 3. Filtirlash. 4. Gazlarni yuvish.
- INSON FAOLIYATINI XAVFSIZLIGI: Ishlab chiqarishda inson boshqaruvchi kuchdir. Lekin insonlarning ham imkoniyat darajalari ma'lum bir chegaralarga ega. Mana shu chegaralar buzilsa inson oldida, masalaga bevosita yondashsak esa ishlab chiqarishni boshqaruvchi ishchi oldida katta muammolar vujudga keladi.
- XULOSA: Makkajo'xori undan olinadigan kraxmal uning bugungi kunda saqlanayotgan xolati, uning atrof muxitga ta'siri to`g`risida ma'lumotlar jamlandi; internet va adabiyotlardan olingan ma'lumotlar asosida soxa mutaxassislari uchun oziq-ovqat sanoati makkajo'xoridan dunyo amaliyotida qanday maqsadalrda foydalanilayotganligi, ulardan maxsulot olish usullari to`g`risida ma'lumotlarni jamlanadi va o`rganib chiqildi.