Mehnat resurslarini boshqarish

Ushbu kitob "Mehnat resurslarini boshqarish" fanining nazariy asoslari, mehnat resurslarining takror barpo bo'lishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish strategiyasi va taktikasi, yuqori malakali kadrlarni shakllantirish va xodimlarni boshqarishning mezonlari, o'lchovlari va ko'rsatkichlari, xodimlarni professional tanlash, o'qitish, malakasini oshirish va lavozimlarga biriktirish va ko'tarish masalalari, xodimlarni ishga qabul qilish va undan bo'shatish hamda xodimlarni boshqarishning huquqiy-me'yoriy asoslari va zaruriy hujjatlarni to'g'ri va tez rasmiylashtirish, xodimlarni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo'llari yoritilgan. Kitob magistratura talabalariga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni mehnat resurslarini boshqarish sohasida ham tub o'zgarishlar qilinishini taqozo etadi. Mehnat resurslarini boshqarish fanini o'rganish o'ta muhimdir. Prezident IA. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palalatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlangan vazifalar bayon etilgan.
  • I bob. “MEHNAТ RESURSLARINI BOSHQARISH” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI: Bobda "Mehnat resurslarini boshqarish" fanining predmeti, maqsadlari va vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, uni o'rganish usullari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, bandlikni tashkil etish va hisobga olish usullari, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish tizimi, ish bilan bandlikni ta'minlash dasturlari, ularning asosiy yo'nalishlari, ishsizlikning namoyon bo'lishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek ishsizlarga haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish xususiyatlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari faoliyati, bandlik siyosati doirasida bandlikka ko'maklashish yo'nalishlari haqida so'z yuritiladi.
  • II bob. MEHNAT RESURSLARINING TAKROR BARPO BO'LISHI: Aholining takror barpo bo'lishi – mehnat resurslarining shakllanishi asosida tushuniladi. Mexnat resurslarining shakllanish xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi, uning mutloq miqdori esa o'sa boradi. Aholida yosh-jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi, uning mutloq miqdori esa o'sa boradi. Tashkillashtirilishiga ko'ra hududiy harakatchanlik shakllari va sabablari haqida so'z yuritiladi.
  • III bob. MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH TIZIMINING MOHIYATI, TAMOYILLARI VA USULLARI: Mehnat resurslarini boshqarish tizimining mohiyati, tamoyillari va usullari, davlat ish bilan bandlik xizmati va uning faoliyat yo'nalishlari, mehnat resurslarini boshqarishning nodavlat tuzilmalari faoliyati, mehnat resurslarini boshqarish jarayonida ijtimoiy sherikchilik usullaridan samarali foydalanish kabi mavzular yoritilgan.
  • IV bob. MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISH VA BOSHQARISH: Mehnat bozorining shakllanishi va me'zonlar bo'yicha guruhlanishi, mehnat bozorini tartibga solish usullari va vositalari, mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga solish tizimi, mexanizmlari va vositalari, mehnat bozorini boshqarish siyosati, bandlikka ko'maklashish yo'nalishlari, ish bilan bandlikni ta'minlash va ishsizlikni kamaytirish bo'yicha davlat dasturlari, mehnat bozorining iqtisodiy tarkibiy qismining samaradorligi va uni boshqarishning samaradorligi kabi masalalar keng yoritilgan.
  • V bob. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGINI TARTIBGA SOLISH: Aholining ish bilan bandligini tashkil etish va uning tasniflanishi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish, norasmiy ish bilan bandlik va uni tartibga solish, ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'larining shakllanish manbalari va xarajatlari hamda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari faoliyati, bandlik siyosati doirasida bandlikka ko'maklashish yo'nalishlari keltirilgan.
  • VI bob. ISHSIZLARNI ISH BILAN TA'MINLASHNING MAQSADLI DASTURLARI VA ULARNING ASOSIY YO'NALISHLARI: Ishsizlikning namoyon bo'lishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ishsizlikning ijobiy va salbiy oqibatlari, ishsizlarga haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish xususiyatlari, ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturining vazifalari va tarkibi, ish bilan bandlikka ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'larining shakllanish manbalari va xarajatlari hamda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari faoliyati, bandlik siyosati doirasida bandlikka ko'maklashish yo'nalishlari kabi masalalar keng yoritilgan.
  • VII bob. MEHNAT RESURSLARI VA ISH O'RINLARI HISOBINI YURITISH BALANSINI TUZISH METODIKASI: Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishlashga muhtoj shaxslarni aniqlash metodikasi, aholining ish bilan bandligini o'rganish tartibi, ish o'rinlari hisobini yuritish va balansini tuzish metodikasi kabi masalalar yoritilgan.
  • VIII bob. MEHNAT RESURSLARINI SIFAT JIHATIDAN BOSHQARISH: Mehnat resurslarining asosiy sifat xususiyatlari, ularning malaka ko'rsatkichlari, mehnat bozorida raqobatbardoshlik, shaxsiy va mehnat faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar, ishchi kuchini boshqarish, kasbiy va ilmiy-amaliy jihatdan tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, shuningdek, mehnat bozorining samarali rivojlanishi uchun qaysi bir muhim hisoblanadi va boshqalar qamrab olingan.
  • XIX bob. MEHNAT RESURSLARINING HARAKATCHANLIGINI BOSHQARISH: Mehnat resurslarining hududiy harakatchanligi va uning tasnifi, mehnat resurslarining tarmoq va tarmoqlararo harakati, mehnat resurslarining kasbiy harakatchanligi, mehnat resurslarining hududiy harakatchanlik jarayonlarini tartibga solish va mehnat resurslari harakatchanligini boshqarish vositalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • X bob. MEHNAT RESURSLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMI: Iqtisodiy faol aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlari, iqtisodiy nofaol aholini ijtimoiy himoya qilish kabi masalalar yoritilgan.
  • XI bob. MEHNAT RESURSlarini BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI: Jamoa shartnomalari va kelishuvlari, mehnat shartnomalari, ularning tuzilishi va bekor qilinishi, ish beruvchi tomonidan to'lanadigan nafaqa, shuningdek, mehnatga haq to'lash tizimi va boshqa muhim masalalar qamrab olingan.
  • ATAMALAR LUG'ATI: Kitobda ishlatilgan muhim tushunchalar va atamalar izohlangan.
  • ADABIYOTLAR RO'YXATI: Kitobni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.