Ноанъанавий сабзавот экинларидан бамия интродукцияси, уни етиштириш технологиясининг айрим элементларини такомиллаштириш (Тошкент вилояти мисолида)
Ushbu kitobda
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu qismda nomzodlik dissertatsiyasi ishining dolzarbligi va zarurati asoslanadi, dissertatsiya mavzusining O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo'nalishlariga, ilmiy-tadqiqotlar rejalariga mosligi ko'rsatiladi, mavzu bo'yicha xalqaro ilmiy-tadqiqotlar sharxi va mavzuning o'rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari shakllantirilgan, tadqiqot ob'ekti va predmeti keltirilgan, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va ularning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, joriy etish haqidagi ma'lumotlar, tadqiqot natijalarining chop etilganligi, dissertatsiyaning hajmi va tarkibi bayon etilgan.
- Bamiya (Hibiscus esculentus L.) o'simligining kelib chiqishi, ozuqaviy bahosi va etishtirish texnologiyasi (Ilmiy manbalar sharhi): Ushbu bobda dissertatsiya mavzusi bo'yicha xorijiy va respublikamiz olimlarining ushbu mavzuda olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va adabiy manbalari sharhlangan. Jumladan, bamiya o'simligining kelib chiqish manzili, tarqalish tarixi, ekiniining tashqi muhit omillariga munosabati, xo'jalik ahamiyati, shifobaxsh xususiyatlari va dunyo mintaqalarida bamiya ekish muddati va sxemasining o'simlik rivojlanishidagi o'rni va etishtirish texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan adabiyotlar ma'lumotlari tavsiflangan.
- Tadqiqotni o'tkazish sharoiti, ob'ekti va usuli: Ushbu bobda ishlab chiqilgan mavzu yuzasidan dala tajribalari o'tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoiti, tadqiqot maqsadi, vazifalari, ob'ekti hamda tajribalarni o'tkazish uslublari ta'riflangan. Tadqiqotlar ob'ekti sifatida bamiya 11 ta nav namunalari, 5 ta ekish muddatlari va 5 ta ekish sxemalari hisoblanadi.
- Bamiya nav namunalari bo'yicha kompleks o'rganish va istiqbolli navlarni tanlash: Ushbu bo'limda O'zbekistonning Markaziy mintaqa tuproq iqlim sharoitida, o'simlikni ko'cha-tini ekib etishtirishda yuqori va sifatli tovarbop hosil beradigan navlarni tanlash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Bu bo'limda bamiya 11 ta nav namunalarini ko'cha-tidan ekib o'rganilganligi keltirilgan. O'rganilgan nav namunalari morfobiologik va xo'jalik belgilari bo'yicha baholangan va istiqbolli navlar ajratilgan.
- Bamiya o'sishi, rivojlanishi va yuqori hosildorligini ta'minlovchi maqbul ekish muddatlari va joylashtirish sxemalarini tadqiq qilish: Ushbu bobda turli ekish muddatlari o'rganildi. Tadqiqotda bamiya 5 ta ekish muddatlarida: 1, 10, 20, 30 aprel va 10 may kunlari ko'cha-tlari ochiq dalaga ekib sinab ko'rildi. Shu bilan birga, turli ekish sxemalari va oziqlanish maydonini bamiya o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri tadqiq qilingan.
- Xulosalar: 11 ta o'rganilgan navlar ichida K-194, «Organik», «Burchunidiy» navlari yuqori hosildorlik ko'rsatkichlari bilan ajralib chiqqanligi, K-36 nav namunasida umumiy hosildorlik gektariga 8,6 tonnani tashkil etganligi haqida ma'lumotlar berilgan.Shuningdek, tavsiya etilgan navlar va ularni etishtirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.