Areal lingvistika fanini o'qitish asoslari

Ushbu kitobda «Areal lingvistika» fani boʻyicha olib boriladigan maʼruza va amaliy mashgʻulotlarning mavzulashtirilgan materiallari oʻrin olgan. Mazkur oʻquv-uslubiy qoʻllanmadan filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishlarida fan boʻyicha olib boriladigan maʼruza va amaliy mashgʻulotlarda unumli foydalanish mumkin. Kitobda areal lingvistikaning nazariy va metodologik muammolari, uslublari, terminlarining izohlari va boshqa koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Oʻzbek tilshunosligida areal lingvistikaning oʻrni, ahamiyati va uslubiy manbalarga boʻlgan ehtiyoj haqida maʼlumot berilgan. Prezidentimiz farmoni bilan tilshunoslik sohasi jadal rivojlanayotgani, ayniqsa, oʻzbek tili va shevalarini qiyosiy-tarixiy hamda tipologik tekshirishlarning dolzarb masalaga aylanganligi ta'kidlangan.
  • 1-ma'ruza: Kirish. “Areal lingvistika” fanining maqsad va vazifalari: Areal lingvistikaning zamonaviy qiyosiy tilshunoslik sohasi sifatida rivojlanib borayotganligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, «areal lingvistika», «lingvistik geografiya», «arealogiya», «dialektografiya» kabi tushunchalar hamda ularning oʻzaro munosabati va talqinlariga oid munozaralar keltirilgan.
  • 2-ma'ruza: "Areal lingvistika”ning fan sifatida shakllanishi va oʻrganilishi: Areal lingvistikaning asoschisi I.Shmidt nomi tilga olinib, uning «Hind-yevropa tillarning qarindoshligi» monografiyasi va keyingi taraqqiyotiga hissa qoʻshgan olimlar, xususan, G.Venker, J.Jilyeron, E.Edmon, M.Bartoli, B.Terrachini, Dj.Devoto, Y.Koseriu, D.I.Edelman va boshqalar haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, B.A.Serebrennikovning «areal lingvistika» atamasidan voz kechish taklifiga ham toʻxtalib oʻtilgan.
  • 3-ma'ruza: "Areal lingvistika”ning metodologik va metodik asoslari xususida: Areal lingvistikaning metodologik asoslari, jumladan, dialektologiyadan oʻziga xos xususiyatlari va lingvogeografiya metodi haqida maʼlumot berilgan. Dialektlarni zonalashtirish metodikasi va areal sathda oʻrganish konsepsiyasiga koʻra oʻzbek tilli massivni tavsiflovchi belgilar hamda ularni oʻrganish usullari haqida soʻz boradi.
  • 4-ma'ruza: "Areal lingvistika”ning nazariy va metodologik muammolari talqini: Areal tadqiqotlar natijalarining lingvistik hamda dialektologik atlaslarda namoyon boʻlishi va «Areal lingvistika»da qoʻllaniladigan sinxron va diaxron tavsiflash metodologiyalari haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, areal atlaslarning turlari va ularni tuzish tamoyillari haqida soʻz boradi.
  • 5-ma'ruza: “Areal lingvistika”ning tadqiqot olib borish usullari”: Areal lingvistikaning asosiy vazifasi til hodisalarining maʼlum bir hududga tarqalishini kartalashtirish ekanligi, buning uchun kartalashtirish usuli va uning turlari, shuningdek, areallar, izoglossa, innovatsiya markazi, irradiatsiya kabi terminlar haqida batafsil maʼlumot berilgan.
  • 7-ma'ruza: Izoglossa termini tavsifi va tahlili: Izoglossa terminining paydo boʻlishi, mohiyati va tahlili haqida maʼlumot berilgan. Lingvistik yoki dialektologik orol tushunchasi, fonetik, leksik va morfologik izoglossalar hamda ularning tarqalish areallarini aniqlash usullari haqida soʻz boradi.
  • 8-ma'ruza: Tillarning oʻzaro taʼsiri va oʻtish zonalari hududining hosil boʻlishi: Tillarning oʻzaro taʼsiri va oʻtish zonalari hamda areal sinonimlar va irradiatsiya hodisasi haqida batafsil maʼlumot berilgan. Qardosh tillarning oʻtish zonalari, qardosh boʻlmagan tillarning oʻtish zonalari va dialektlarning oʻzaro taʼsiri masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilgan.
  • 9-ma'ruza: Ikki til oʻtish zonalaridagi oʻzgarishlar: Qardosh va qardosh boʻlmagan tillarning oʻtish zonalari hamda dialektlarning oʻzaro taʼsiri va oʻtish zonalari mavzusida maʼlumot berilgan. Jumladan, qipchoq va qarluq lahjalari bilan tojik tilining oʻzaro taʼsiriga oid holatlar tahlil qilingan.
  • 10-ma'ruza: Oʻzbek tili shevalarini xaritalashtirish muammosi: Oʻzbek shevalarini areal kartalashtirish harakatlari va muammolari, shevalardagi izoleksemalar va izofonemalarni mavzu guruhlariga ajratib kartalashtirish usullari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
  • GLOSSARIY: Kitobda foydalanilgan asosiy lingvistik terminlar va ularning izohli lugʻati keltirilgan. Jumladan, Adstrat, Analitik karta, Aralash zona, Areal, Areal lingvistika, Areallar dinamikasi, Areal kartalar, Arealogiya, Areal-tipologik metod, Areal atlas, Areal lingvistik (umumareal) tamoyil, Artikulatsiya, Bilingvizm, Boshlangʻich karta, Dastur-soʻroqlik, Dialekt, Diglossiya, Diaxron tavsiflash, Dialektologik tamoyil, Diftong, Dialektal atlaslar, Dialektal boʻlinish, Etimologik ekskurs, Eksperimental fonetika, Ekstensoinal takson, Fetish, Fonetik izoglossa, Fonetik tamoyil, Fonematik tamoyil, Fonetik shakllar, Grafik tamoyil, Grammatik shakllar, Hind-yevropa tillari, Izoleksa, Izomorfema, Izofona, Innovatsiya markazi, Irradiatsiya, Kartalashtirish, Kartalashtirish usuli, Kartografik metod, Koʻrsatkich, Korrespondent, Labiogramma, Lingvogeografik metod, Lingvistik yoki dialektologik orol, Leksik izoglossa, Lingvogramma, Makon faktori, Makro va mikro atlas, Massiv, Metokartografik metod, Mikroatlas, Milliy atlas, Milliy til, Milliy lahjalar, Morfologik izoglossa, Morfologik tamoyil, Mos hodisalar, Neolingvistika, Oraliq karta, Palatogramma, Qardosh tillar, Qardosh boʻlmagan tillar, Qorluq dialekt zonasi, Qigichoq dialekt zonasi, Regional atlas, Rentgenogramma, Sinxron tavsiflash, Sintetik karta, Spektrogramma, Struktur-areal, Substrat, Superstrat, Takson, Taksonomiya, Tayanch dialekt, Tarixiy fonetika, Tarixiy leksika, Ta'sir zonalari, Tarixiy-an'anaviy tamoyil, Til landshafti, Til oroli, Til ittifoqlari, Transkripsiya, Turk oʻgʻuz, Umlaut hodisasi, Xorazmcha turkiy til, Xorazm lahjasi, Y-lovchi shevalar, Yigʻma karta, Zamon faktori, Zonal atlas, Oʻlik tillar, Oʻtuvchi zonalar, Oʻgʻuz dialekt zonasi, Oʻz qatlam, Oʻzlashma qatlam, Shahar tip shevalari, Sheva konsepsiyasi kabi terminlar izohlangan.