Neft va gaz kimyosi
Ushbu o‘quv qo‘llanma neft va gazni jismoniy-kimyoviy xossalari, ularni tadqiqoti va tarkibiy qismlarga ajratish usullari hamda neft va gazni tarkibiga kiruvchi birikmalarning asosiy sinflarining xossalari va reaksiyalari ko‘rib chiqilgan. Neftning hosil bo‘lishi, termik va termokatalitik o‘zgarishlari kimyosi, neft va gaz uglevodorodlarining gidrogenolizi va boshqa reaksiyalari jarayonlari masalalari yoritilgan. Yoqilg‘i va moylar asosiy turlarining tarkibi va ekspluatatsion xossalari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. O‘zbekistondagi tabiiy gaz, gaz kondensatlari va neft haqidagi ma‘lumotlar keltirilib, tahlil qilingan. Neft va gaz kimyosi, neftni qayta ishlash sanoati muhandis-texnik, ilmiy xodimlari va ushbu sohalar bo‘yicha kadr tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma 5γβ1400 – Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan «Neft va gaz kimyosi» fani bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, u quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: kirish, neft va tabiiy garlar, neftni sinflash va tovar neft mahsulotlarining tavsifi, neft va neft mahsulotlarining fizik-kimyoviy xossalari, neft va gaz tarkibini ifodalash va aniqlash usullari, neft va gaz tarkibining o‘rganish va komponentlarni ajratib olish usullari, neftning kimyoviy tarkibi, neftning getroatomli birikmalari va mineral komponentlari, neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash kimyoviy jarayonlari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan to‘yinmagan uglevodorodlar va ularning fizik-kimeviy xossalari, tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtli moddalarning fizik kimyoviy xususiyatlari, asosiy organik sintezning xom ashyosi va jarayonlari, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish, neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni.
Asosiy mavzular
- KIRISH: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV nomidagi TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI NEFT – GAZNI QAYTA ISHLASH O‘BЕKTLARI KAFEDRASI NEFT VA GAZ KIMYOSI FANIDAN O‘QUV QO‘LLANMA TOSHKENT – 2021
- I. "NEFT VA GAZ KIMYOSI" FANININIG MAZMUNI, PREDMETI VA METODI: I.1. NEFT VA GAZ SANOATI HAQIDA MA’LUMOT Reja: 1. O‘zbekistonda neft va gazni qayta ishlash texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi. 2. Neft kimyoviy sintez fanini rivojlanish tarixi 3. O‘zbekistonda neft kimyo sintezini rivoji to‘g‘risida
- II. NEFT VA GAZ TARKIBINI FIZIK-KIMYOVIY USULLARDA TEKSHIRISH: II.1. NEFT VA NEFT MAHSULOTLARINI TARKIBINI FIZIK–KIMYOVIY USULDA TEKSHIRISH Reja: 1.Neft va neft mahsulotlarini tarkibini fizik–kimyoviy usulda tekshirish. 2.Ultrabinafsha spektroskopiyani (UB). 3.Infraqizil (IQ)–spektroskopiya tahlil usulida neft va gazdan olingan organik moddalarning tuzilishini o‘rganish.
- III. NEFTNING KIMYOVIY BIRIKMALARI.: III.1. NEFT VA YO‘LDOSH GAZLARDAGI ALKANLARNING MIQDORI REJA: 1. Neft tarkibidagi suyuq alkanlar; 2. Neftning qattiq alkanlari; 3. Alkanlarning xossalari; III.2. ARENLAR VA NEFTNING GIBRID UGLEVODORODLARI. III.3. NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR. III.4. NEFT TARKIBIDAGI GETEROATOMLI BIRIKMALAR VA MINERAL KOMPONENTLAR.
- IV. NEFT VA GAZ SANOATIDA TERMIK TERMOKATALITIK JARAYONLAR.: IV.1. NEFT TARKIBIDAGI UGLEVODORODLARNING TERMIK O‘ZGARISHLARI. IV.2. NEFT VA GAZ TARKIBIDAGI UGLEVODORODLARNING TERMOKATALITIK O‘ZGARISHLARI. IV.3. NEFTNI QAYTA ISHLASHDA GIDROGENLASH JARAYONLAR. IV.4. NEFT VA GAZ MAHSULOTLARINI TOZALASH.
- V. TABIIY GAZ TARKIBIDAGI OLTINGUGURTLI MODDALARNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI.: V.1. NEFTNING OLTINGUGURT VA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARI. V.2. GAZLARNING TURLARI. GAZLARNI TOZALASH USULLARI. V.3. TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASH.
- VI. ASOSIY ORGANIK SINTEZNING XOM ASHYOSI VA JARAYONLARI: VI.1. TABIIY GAZNI ZARARLI QO’SHIMCHALARDAN TOZALASH. VI.2. TABIIY GAZNI CHUQUR QAYTA ISHLASH BILAN INDIVIDUAL GAZ KOMPONENTLARINI AJRATIB OLISH. VI.3. NEFTNI DESTRUKTIV QAYTA ISHLASH JARAYONI. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati