Ochiq resurslar raqamli kutubxonasini yaratish texnologiyalari

Ushbu diplom ishi «Ochiq resurslar raqamli kutubxonasini yaratish texnologiyalari» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda ochiq ta'lim va ilm-fan resurslarining ma'lumotlar bazasi, uning algoritmi, qidiruv tizimi berilgan. Tajribalar va tahlillar asosida ochiq resurslar elektron kutubxonasini yaratish modelining va texnologiyasining batafsil yoritilgan. Jumladan, tizimning funksional va tashkiliy tuzilishi, ma'lumotlar bazasi, ishlatiladigan dasturlash tillari va texnologiyalar, qidirish tizimi va uning algoritmlari hamda hayotiy faoliyat xavfsizligi masalalari atroflicha o'rganilgan. Kitob oxirida mazkur dasturdan foydalanish bo'yicha qo'llanma va dastur kodlari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Axborot-kutubxona faoliyati va uning jamiyatdagi o'rni, axborot-kutubxona faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari, ochiq resurslar va ularning ahamiyati, elektron kutubxonalarning rivojlanishi va uning ilm-fan rivojiga ta'siri, global tarmoqdagi ochiq elektron kutubxonalar tahlili.
  • I BOB. OCHIQ RESURSLAR ELEKTRON KUTUBXONALARINING FOYDALANUVCHILAR UCHUN AHAMIYATI: Ochiq resurslar elektron kutubxonasiga oid asosiy tushunchalar va ta'riflar, Xalqaro ochiq foydalanish siyosatining olib borilishi va uning ilm-fan rivojiga ta'siri, Global tarmoqdagi ochiq elektron kutubxonalar tahlili.
  • II BOB. OCHIQ RESURSLAR RAQAMLI KUTUBXONASINI YARATISHNING MODELI VA TEXNOLOGIYASI: Ochiq elektron kutubxona tizimini yaratishda qo'llaniladigan dasturlash tillari va texnologiyalari, Elektron kutubxona uchun resurslar va ularning formatlari tasnifi, Ochiq elektron kutubxona yaratish modeli va algoritmlari.
  • III BOB. OCHIQ ELEKTRON KUTUBXONA DASTURIY TA'MINOTINI YARATISHNING TEXNIK YECHIMLARI: Dasturiy ta'minotning funksional tuzilmasi va masalalar sxemasi, Dasturiy ta'minotning tashkiliy tuzilmasi va kadr ta'minoti, Dasturdan foydalanish bo'yicha qo'llanma.
  • IV BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI: Mehnatni muhofaza qilishni ta'minlash, Kutubxonalarda texnika xavfsizligi.