Kub simmetriyali hajmiy yarim o`tkazgichlarda yorug`likning nochiziqli yutilishi
Ushbu dissertatsiya yarimo'tkazgichlarda yorug'likning optik hodisalarini, xususan, ko'p fotonli yutilish va chiziqli sirkulyar dixroizm kabi hodisalarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda murakkab zonali va hajmiy yarimo'tkazgichlarda, shuningdek, ikki va uch o'lchamli elektronlar tizimlarida kuzatiladigan optik effektlar mikroskopik mexanizmlari aniqlangan. Zamonaviy nazariy hisoblash usullari, jumladan, VKB-metodi, kvant mexanikasi va Feynman-Keldish grafiklar texnikasi yordamida olingan natijalar eksperimental ma'lumotlar bilan solishtirilgan. Tadqiqot natijalari optoelektronika, nanofizika va fotonika sohalarida qo'llanilishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Yorug'likning yarimo'tkazgichlarda yutilishi. Zonalaro optik o'tishlar: Ushbu bobda elektronlar bilan elektromagnit nurlanishning o'zaro ta'siri, elektromagnit maydon operatori, yutilishning fundamental polosa(tasma)si-valent zonasi va o'tkazuvchanlik zonasi holatlari o'rtasidagi optikaviy o'tishlar, shuningdek, ruxsat etilgan va ta'qiqlangan optikaviy o'tishlar uchun yorug'lik yutilishidagi fundamental polosa(tasma)sisining chegarasi tahlil qilingan.
- Novertikal optikaviy o'tishlardagi yorug'likning fundamental yutilishi: Bu bobda olmossimon va ruxli temirtosh simmetriyali yarim o'tkazgichlarning zonaviy tuzilishi, ularda kechadigan optikaviy o'tishlarda impuls saqlanish qonuni va fononlar bilan o'zaro ta'sir, novertikal optikaviy o'tishlar tahlil qilingan.
- Yarimo'tkazgichda ko'p fotonli yorug'lik yutilishining chiziqli sirkulyar dixroizmi: Ushbu bobda yarimo'tkazgichlarda ko'p fotonli yutilishning chiziqli sirkulyar dixroizmi va uning fizikaviy tabiati, xususan, murakkab zonali yarimo'tkazgichlarda to'rt fotonli yutilishning chiziqli sirkulyar dixroizmi o'rganilgan.