«Online o’qitish tizimi web ilovasini ishlab chiqish».

Ushbu bitiruv malakaviy ishida masofaviy taʼlim tizimi orqali online oʻqitish tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilishini o'rganish va O'zbekiston sharoitiga mos keladigan masofaviy ta'lim tizimi orqali ko'rsatilgan xizmatlarni amalga oshirib beradigan web-sayt yaratishdir.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Bugungi kunda ta'lim tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni mustaqil fikrlay olish darajasiga etkazishga katta e'tibor berilmokda. Oliy ta'limda yangi o'qitish texnologiyalarining yaratilayotganligi, ilm-fanning jadal taraqqiyoti mutaxassis kadrlarda bilim va malakalarni muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab va kengaytirib borishni taqozo etmoqda. Insoniyat tarixining ko'p asrlik tajribasi ezgu g'oyalardan va sog'lom mafkuradan maxrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi. «Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo'lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamalakat taraqqiyotini ta'minlash qiyin», - degan edilar prezidentimiz Islom Karimov. O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko'lamlari qanday bo'lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mexnat samaradorligini oshishida qanday rol o'ynashiga bog'liq. 2012-2014 yillarda Aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning eng muxim ustuvor vazifa va yo'nalishlarini amalga oshirilishini ta'minlovchi tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturga binoan milliy axborot tizimini rivojlantirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi Internet tarmog'idan foydalanish narxlarini kamaytirish, xalqaro Internet tarmog'ini kengaytirish choralarini ko'rish; Internet tarmog'ini O'zbekiston sigmentida turli-tuman qiziqarli ommabop pilot loyihalarini amalga oshirishda axborot kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'larini yo'naltirish bo'yicha takliflar kiritish; Milliy Internet va ZiyoNET jamoat talim-axborot tarmog`ini rivojlantirish va boshqalar.
  • Mavzuning dolzarbligi: Axborot texnologiyalari va uning qulayliligi va ishonchliligi, hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalariga yangi axborot texnologiyalarini kirib kelishiga zamin yaratmoqda. Bu texnologiyalarning xizmat ko'rsatish sohalariga kirib kelishi foydalanuvchilar uchun ham, xizmat ko'rsatuvchilar uchun ham qulaylik tug`dirish bilan birga quyidagilarni tejashga olib keladi: a)vaqtni, b) mehnat resurslarini, c)sarf - xarajatlarni. Shuning bilan birga unumdorlikni oshishiga imkon bermoqda. Bundan tashqari bunday texnologiyalar yordamida xizmat ko'rsatish sohalarida yangi xizmat turlari joriy etilmoqda. Shunday xizmat turlaridan biri bu online o'qitish tizimi tomonidan mijozlarga taqdim etiladigan elektron chipta xizmat turidir.
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Axborot texnologiyalari yordamida shartnoma asosida online o'qitish tizimi orqali online o'qitish tizimini tashlik etish, tashkiliy tuzilishini o'rganish va O'zbekiston sharoitiga mos keladigan online o'qitish tizimi orqali ko'rsatilgan xizmatlarni amalga oshirib beradigan web-sayt yaratishdir. Axborot texnologiyalari yordamida shartnoma asosida online o'qitish tizimi web-saytini yaratish.
  • Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: Axborot texnologiyalari asosida online o'qitish tizimi web-sayti hisoblanadi.
  • Ishning amaliy ahamiyati: Axborot texnologiyalari asosida online o'qitish tizimi bu sohasi avtomatlashtirish imkoniyati beradi. Bu bilan aholiga sifatli xizmatlar taqdim etiladi.
  • Bitiruv malakaviy ishi asosan turtta bobdan iborat bo'lib, birinchi bobda online o'qitish tizimi hozirgi holatining tahlili, ikkinchi bobda online o'qitish tizimini tashkil etish va uchinchi bobda online o'qitish tizimini boshqarishni amaliy tadbiqlari keltirilgan, turtinchi bobda hayot faoliyati havsizligi keltirilgan. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishida xulosa, adabiyotlar ro'xati va ilovalar mavjud.: MUNDARIJA: KIRISH.....5 I BOB. ONLINE O'QITISH TIZIMI HOZIRGI HOLATINING TAHLILI.....7 1.1 Oliy o'quv yurtlarida online o'qitish tizimidan foydalanishning ahamiyati va omillari.........7 1.2 Online o'qitish tizimining tuzilishi va o'qitish modellari............20 1.3 Online o'qitish kurslar yaratishning konsteptual asoslari..........26 1.4 Masalaning quyilishi...............................................................35 1.5 I-bobga xulosa......................................................................37 II BOB. ONLINE O'QITISH TIZIMINI DASTURIY TA'MINOTINI TASHKIL ETISH.........38 2.1 Online o'qitish texnologiyalari va tashkil etish usullari...........38 2.2 Online o'qitish tizimini yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalarning umumiy tavsifi.............................................................................46 2.3 Ma'lumotlar bazasini loyihalash va MySQL vositasidan foydalanish.......48 2.4 Online o'qitish tizimida qo'llanilgan to'lov turlari va ularning mexanizmi........54 2.5 II-bobga xulosa......................................................................60 III BOB. ONLINE O'QITISH TIZIMINI BOSHQARISHNI AMALIY TADBIKI............61 3.1 Online o'qitish tashkil etish usullari va texnologiyalari..........61 3.2 Online o'qitish tizimini boshqarish strukturasi......................65 3.3 Tizimdan foydalanish usullari va imkoniyatlari.....................67 3.4 III-bobga xulosa.....................................................................73 IV BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.......................................................74 4.1 Ishlab chiqarish muhitida mikroqurilmani inson salomatligiga ta'siri.......74 4.2 Ishlab chiqarishda xonalarga qo'yiladigan mikroqurilmaning gigiyenik normalari.....................................................................................79 YAKUNIY XULOSA.........................................................................................82 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................83 ILOVA................................................................................................................85
  • I BOB. ONLINE O'QITISH TIZIMI HOZIRGI HOLATINING TAHLILI: 1.1 Oliy o'quv yurtlarida online o'qitish tizimidan foydalanishning ahamiyati Bugungi kunda mutaxassislar online o'qitish tizimini XXI-asr ta'lim tizimi deb nomlashmoqda. Xozirda dunyo bo'yicha online o'qitish tizimiga kata e'tibor qaratilmoqda. Online o'qitish mavzusining dolzarbligi shundaki jamiyat taraqqiyoti avval sanoat va texnikada namoyon bo'lgan bo'lsa bugun axborot olamida namoyon bo'lmoqda. Biz bugun axborot asriga kirib keldik desak mubolag`a bo'maydi. Xozirgi paytda uning rivojlanish bosqichini telekommunikastiyaviy bosqichda deb ta'riflash mumkin. Bu muloqot qilish, bilim va axborot sohalaridir. Bundan kelib chiqadiki, kasbiy bilimlar juda tez eskirmoqda va doimiy takomillashtirib borish lozim. Online o'qitish tizimi vaqt va mintaqaga bog'liq bo'lmagan xolda ommaviy uzluksiz mustaqil ta'lim va umumiy axborot almashinuvi imkoniyatini beradi. Bundan tashqari online o'qitish tizimi jamiyatning katlami (maktab o'qituvchilari, talabalar, harbiylar, ishsizlar va hokazolar), mamlakatning har kaysi tumanlari va chet elda bo'lishidan kat`iy nazar insonlarga bilim va axborot olish huquqini beradi. Aynan shu tizim mamlakat fuqarolarining bilim olish ehtiyojlarini juda mos va qulay qondirishi va konstitustiyaviy huquqlarini ta`minlash imkonini beradi. Yuqoridagi faktlarni ko'zda tutgan holda shuni aytishimiz mumkinki online o'qitish uzluksiz ravishda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni qo'llab-quvvatlash uchun XXI-asrga eng samarali tizim sifatida kirib keldi. Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o'zgarishlar ro'y berayotganligi kun sayin yaqqol ko'rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o'qitish keng qo'llanilayotganligi ham quvonchli hol albatta. Ushbu uslubning ko'plab afzallik tomonlari borligi ko'pchilikka ayon. Barcha oliy o'quv yurtlarida masofadan o'qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida kator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o'qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o'qitishni tashkil etishni xozirgi zamon modellarining asosida kommunikastiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo'l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi. Masofadan o'qitishda o'qituvchi bilan tinglovchining orasida to'g'ridan-to'g'ri muloqotning yo'qligi ham ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o'qitish jarayonini tashkil etishda ma'lum qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Tinglovchini etuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o'qitishni tashkil etish muloqotni telekonferenstiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to'la hal etib bo'lmaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun ko'shimcha o'quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo'ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko'rsatmalar va hokazolar bo'lishi maqsadga muvofiq. Hozirgi zamon talabiga to'liq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu davr talabidir. Xozirgi vaqtda respublikada yosh avlodni tarbiyalash, o'qitish, bilim berish, zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o'rgatish maqsadida juda ko'p ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmokda. Ulardan asosiysi, «Online o'qitish texnika va texnologiyasi»dir. Shu nuktai nazardan yosh avlodni masofadan o'qitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini kuyidagi ko'rinishda amalga oshirish mumkin: Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o'qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ta'limning bu turi shu paytgacha mavjud bo'lgan ta'lim turlaridan o'zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Masofadan o'qitishning kunduzgi va boshqa ta'lim turlaridan farqli jihati shundaki, mazkur ta'lim turiga juda keng axoli ommasini jalb qilish mumkin. Masofadan o'qitish o'zida kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarining ijobiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jihatlariga ko'ra masofadan o'qitish xozirgi kundagi istiqbolli ta'lim turlaridan biri hisoblanadi. Online o'qitish asosida taʼlim berish uchun o'qish istagida bo'lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan binoga yig`ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o'quvchi tomonidan ortiqcha sarf xarajat qilish zarurati bo'lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Masofadan o'qitishga jalb qilinuvchi kontingentni kuyidagi ijtimoiy guruxlarga mansub bo'lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin: ikkinchi oliy yoki ko'shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va kayta tayyorgarlik o'tash istagida bo'lganlar; mintakaviy xoqimiyat va boshqaruv raxbarlari; an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot olaolmagan yoshlar; o'z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish istagida bo'lgan firma va korxonalar xodimlari; ikkinchi parallel ma'lumot olishni xoxlagan tinglovchilar; markazdan uzokda, kam o'zlashtirilgan mintakalar axolisi; erkin ko'chib yurishi cheklangan shaxslar; jismoniy nuksonlari bo'lgan shaxslar; harbiy xizmatda bo'lgan shaxslar va boshqalar. O'zbekiston sharoitida masofadan o'qitishni tashkil qilish katta samara beradi. Xozirgi davrda ta'limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta'lim turini joriy qilish bilan bog`liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin. Masalan, dastlabki paytda televideniyadan foydalanish katta samara berishi mumkin. Xozirgi kunda televideniya orqali ayrim fanlar bo'yicha o'quv mashg`ulotlari tashkil qilinib kelinyapti. Lekin ko'rsatuvlarning samaradorligi hali etarli darajada emas. Birinchidan, bu ko'rsatuvlar asosan kunduzi namoyish etiladi. Ikkinchidan, uning metodikasini yanada takomillashtirish kerak. Mazkur o'quv mashg`ulotlari bazasida masofadan o'qitishni tashkil qilinadigan bo'lsa, u xolda mazkur ta'lim turining tashkiliy - uslubiy tomonlarini qayta ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Masofadan o'kitish kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarining xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, uni tashkil qilishda sirtqi taʼlim turining ayrim elementlaridan ham foydalanish mumkin. O'tgan asr 80- yillarida abiturientlarning kirish imtixonlariga tayyorlash maqsadida sirtqi tayyorlov kurslari tashkil etilgandi. Kurs xodimlari tomonidan abiturientga tegishli fanlarda mutaxassislar ishlab chiqqan vazifa va topshiriqlarning variantlari pochta orqali yuborilardi. Ma'lum bir muddatda abiturient o'zi bajargan vazifa va topshiriqlarni tekshiruv uchun kurslar manziliga jo'natishi yuborilgan vazifa va topshiriqlar o'qituvchi tomonidan tekshirilib, qiska mulohazalar yozilib abiturientga ma'lum qilinishi lozim edi. Online o'qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalaridan biri professor o'qituvchilarni tanlashdir. Mazkur ta'lim turini amalga oshirish uchun o'qituvchilar eng tajribali va tashkilotchi professor – o'qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki masofadan o'qitish boshqa ta'lim turlaridan farqli bo'lib, uning samaradorligini oshirish ko'p jihatdan o'qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik va boshqaruvchilik xususiyatlariga bog'liqdir. Chunki masofadan o'qitishga jalb qilinuvchi o'qituvchi bir paytning o'zida mohir pedagog, dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo'lishi kerak. Masofadan o'qitishni tashkil qilishning dastlabki davrida Respublika axolisining demografik xususiyatlaridan kelib chiqib, tegishli viloyat yoki mintaka markazlarida masofadan o'qitish punktlarini yaratish kerak. Mazkur tuzilma joylarida masofadan o'qitishni tashkil qilish bo'yicha mas'ul etib belgilanishi lozim. Keyingi bosqichlarda bir yoki turli yo'nalishlarga ixtisoslashgan bir necha oliy ta'lim muassasalarida online o'qitish markazlari tashkil qilinishi mumkin. «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni va <<Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsad va vazifalari bosqichma – bosqich ro'yobga chiqarilishida zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarning roli muhim ahamiyat kasb etishi hammaga ayondir. Zamonaviy axborot texnologiyalariga: multimediya, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, bir alifbodan ikkinchi bir alifboga o'tkazish, kompyuterli test nazorati, skaner texnologiyasi, internet, elektron pochta, Web - texnologiya, elektron virtual kutubxona, masofadan turib taʼlim berish, takdim etish texnologiyasi, sun'iy tafakkur tizimlari va boshqalar kiradi. <<Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to'liq amalga oshishidan ko'zlangan maqsadlarning naqadar ezgu ekanini inobatga olsak, bugungi kunga kelib o'qitish tizimlarining har biri jabhasida ilg'or texnologiyalardan foydalanish zarurati alohida dolzarblik kasb etayotganini sezish qiyin emas. Hammamiz guvohimizki, kundalik hayotimiz va istikbolimiz ravnaqi uchun muxim ehtiyoj sanalmish tom ma'nodagi ta'lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining jalb etilishi tobora oldingi o'ringa chiqib borayapti. Buni ko'plab maxsus ta'lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari va etakchi oliy o'quv yurtlari hamda akademiyalar misolida ko'rish mumkinki, ayni kunlarda ulardagi o'quv jarayonini, masalan, bilim olish samarasini o'zgartirishga sarflanadigan vaqtning keskin qisqarishida va bilimlarni xotirada olib qolishning keskin ortishida namoyon etuvchi multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. 1-bosqich. Bu bosqich bolalar uchun «Tanishuv bosqichi» bo'lib xisoblanadi. Bu bosqichda asosiy muammo Respublikamizda xozirda faoliyat ko'rsatib turayotgan maktabgacha tarbiya muassasalarini kompyuter bilan jixozlash kerak. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasasida yosh avlodni o'yinlar, multfilmlar, kalkulyator xisoblashlari, arifmetik xisoblashlar, turli xil dasturlarni o'rgatuvchi bolalar ensiklopediyalari, dam olishlari uchun bolalar musiqasi kabi qiziqarli dasturlar kiritib o'rgatish kerak bo'ladi. 2-bosqich. Bu bosqich asosan oilasida kompyuteri bo'lgan shaxslarga taalluqlidir. Xozirgi vaqtda Respublikamiz axolisining oila xisobida oladigan bo'lsak, ko'pchilik xonadonlarida kompyuter bor. Shuning uchun ham bu bosqichni <<Jonlanish bosqichi» deb atash mumkin. 3-bosqich. Bu bosqichda maktab, litsey, kasb-xunar kolleji va boshqalar o'quvchilari to'liq kompyuter tizimiga kirib boradi. Shuning uchun ham bu bosqichni <<adaptatsiya ya'ni, moslashuv» bosqichi deb atash mumkin. 4- bosqich. Bu bosqichda talaba kompyuter bilan to'liq ishlay bilishi kerak. Talaba kompyuter avlodini tanlash, kaysi tilda yozish, kaysi dastur tilida ishlash, qaysi operastion tizimlar bilan ishlash, printer, skaner, modem, faks modem, kompyuter tarmoqlari, jumladan, Internet, elektron kutubxona va elektron o'quv qo'llanmalari bilan ishlash darajasiga etilib tayyor bo'ladi. Shuning uchun ham bu bosqichni «Mustaqil ishlash va fikrlash» bosqichi deb atash mumkin. 5-bosqich. Kuyidagi bosqichda mutaxassis tayyor bo'ladi. Bu bosqichni <<etuklik>> bosqichi deb atash mumkin. Etuklik bosqichida mutaxassis kadrlar to'g'ridan to'g'ri korxona, tashkilot, muassasa va firmalarda xech kanday ikkilanmay, o'z sohasi bo'yicha ish boshqarish qobilyatiga ega bo'ladilar. Yukorida taklif qilingan bosqichlarni amalga oshirishda ba'zi bir muammolar ham mavjud, ya'ni: a) bolalar maktabgacha tarbiya muassasasini kompyuter bilan ta'minlash; b) maktablarni to'liq kompyuter bilan ta'minlash. Buning uchun xozirgi vaqtda Respublikamizda juda ko'p katta-katta korxonalarda xozirgi zamon axborot texnologiyalarning yangi avlodlari bilan ishlab kelinmoqda. Eski avlodlarini esa, ya'ni 286, 386 rusumli kompyuterlar ishlatilmay, turib qolganlari ham uchrab turadi. Respublikamizda kasb-xunar kollejlari bilan oliy o'quv yurtlarini to'liq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jixozlangan desak, xech kanday mubolag`a bo'lmaydi. Bu albatta, kelajak avlodni masofadan o'qitish tizimiga tayyorlash uchun yaratishga qulayliklar va shart-sharoitlar bo'lib hisoblanadi. Xozirgi vaqtda Respublikamizdagi oliy o'quv yurtlarining aksariyat qismida xisoblash texnikasi (XT), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT), muallim - muhandis, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari kabi mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Online o'qitish ham sirtqi ta'lim bo'lib, faqat o'qituvchi bilan tinglovchi o'rtasidagi muloqot kompyuter, telekommunikatsiya kurilmalari va Internet orqali amalga oshiriladi. O'quv jarayonida tinglovchi o'quv materiallarini va topshiriqlarni o'z kompyuteriga oladi, bajarilgan test va nazorat ishlarini o'qituvchiga Internet yoki elektron pochta orqali yuboradi. Bundan tashqari, tinglovchi o'z o'qituvchisi va uslubiyotchisiga savollar bilan murojaat qilishi va ularga o'z vaqtida javob olishi mumkin. Online o'qitishni tashkil qilish va o'quv jarayoniga tatbik qilish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Tadbirda ko'zda tutilgan reja asosida institutda online o'qitishni tashkil etish bo'yicha ishlar kuyidagi to'rt yo'nalish bo'yicha bo'lingan: online o'qitishda ishtirok etuvchilar bilan olib boriladigan tashkiliy va o'quv uslubiy ishlar. online o'qitishda qo'llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, o'rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo'yicha ishlar. online o'qitish uchun o'quv uslubiy materiallarini yaratishga oid ishlar. online o'qitishda qo'llaniladigan o'quv materiallari texnologiyasini o'rganish va uni joriy qilish bo'yicha ishlar. Qurilayotgan jamiyat XXI - asrda axborot jamiyatiga aylanib borishi kerak. Bu yo'lda axborot savodxonlik targ'iboti iqtisodiy va xuquqiy savodxonlikni o'zida qamragan xolda ma'naviy jamiyatimiz kishilari orasida keng yoyiladi. Bunda interaktiv ta'lim kuchga kiradi va binobarin, mazkur ta'limning pedagogikasi shakllanadi. Interaktiv ta'lim o'qitishning, muloqotning distant uslubida, qolaversa, bu usulni amalga oshiruvchi bir kancha interaktiv (audio, video, elektron anjumanlar, tele va ovoz kommunikatsiyalari, erning sun'iy yo'ldoshlari orqali o'zaro aloqa va b.) va nointeraktiv texnologiyalar vositasida olib boriladi. Kelajakda umumrivojlanishning etakchi jabhalaridan bo'lib qoluvchi interaktiv online o'qitishning ommaviylashishida Internet <<<on-line>> ning roli, telekommunikatsiyalarning o'rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochik tashrif eta olishi uchun ajoyib yo'lak WWW(Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir.
  • 1.2 Online o'qitish tizimining tuzilishi va o'qitish modellari.: O'qitishning bu usulining asosiy xususiyati uning asinxronligidadir. O'quvchilar Internet/Intranet tarmog'i org`ali masofaviy o'qitish jarayonini tashkil qilish uchun mo'ljallangan masofaviy o'qitish platformasiga murojaat qilish bilan o'qish jarayonida qatnashadilar. Bunda ular o'zlariga qulay joy va vaqtda masofaviy o'qitish platformasiga murojaat qilishlari mumkin. Videokonferensttexnologiyaga asoslangan masofaviy o'qitish usulidan farq qilib, bu usuldan foydalanuvchi o'qituvchi va o'quvchilardan bir vaqtning o'zida masofaviy o'qitish jarayonida qatnashish talab qilinmaydi, o'quvchilar o'quv materiallarini (elektron ma'ruza matnlari, videorolik va boshqalar) ikkinchi tomonda o'qituvchi bo'lmagan taqdirda ham hayta ko'rib o'rganishlari mumkin. Bu holda, masofaviy o'qitishning bu usulida handay qilib o'quv jarayonining asosiy elementi bo'lmish o'qituvchi va o'quvchi orasida muloqot va savol-javob o'tkaziladi? degan savol tug`ilishi mumkin. O'qituvchi va o'quvchi orasidagi muloqotni elektron pochta almashish, e'lonlar taxtasi va forumlardan foydalanish, ChAT ilovalardan va ovozli pochtalardan (voice mail) foydalanish yo'li bilan amalga oshirish mumkin. Undan tashqari Internet/Intranet texnologiyalari bugungi kunga kelib tarmoq orqali har xil multimedia ilovalarini uzatish imkonini bermoqda, bu esa o'z navbatida masofaviy o'qitishning samarasini oshirmoqda (virtual laboratoriyalar, interaktiv test programmalar). Masofaviy o'qitish uchun mo'ljallangan elektron o’kuv materiallarini ishlab chiqishda ma'ruzaning asosiy ma'nosi ko'p hollarda o'zgarmaydi, ammo materiallarni etkazish va namoyish qilishda ularni doimiy yangilash, bunda yangi texnologiya va metodikadan (o'quv materiallarining virtual ko'rinishi) foydalanish va buning uchun alohida vaqt ajratish talab qilinadi. O'quv jarayonini samarasini oshirish uchun masofaviy o'qitish tizimi shunday bo'lishi kerakki, undagi foydalanuvchilar qisqa vaqt mobaynida masofaviy o'qitish qurollaridan samarali foydalanishni o'rgana olishlari va o'quv jarayonida masofaviy o'quv metodikasida noqulayliklarga duch kelmasliklari kerak. Masofaviy o'qitish tizimi shunday tashkil qilingan bo'lishi kerakki, unda asosiy kuch va e'tibor o'quvchilarda o'qishga qiziqishni uyg'otishiga qaratilgan bo'lishi va shu bilan birga bu tizim o'qitish uslubi va mazmuniga yarasha talablarga javob berishi kerak. Masofaviy o'qitish jarayonida samarali aloqa qilish vositalaridan foydalanish o'zaro muloqot natijasida o'qituvchi uchun o'quvchilarning talab va istaklarini aniqlash va ularga moslashish imkonini beradi. Shu bilan birga bu o'quv materiallarining mazmuniga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Elektron o'quv materiallarini ishlab chiqish jarayoni strukturaviy ko'rinishiga ega bo'lib, u tizimli ravishda rejalashtirish, ishlab chiqish, o'quvchilarning talabiga va o'quv materiallarga bo'lgan talabga moslashtirishni talab qiladi. Elektron o'quv materiallarni ishlab chiqish modeli stiklik ravishda kaytariluvchi quyidagi bosqichlardan iborat. Reja tuzish – bu bosqichda o'quv materiallarga bo'lgan talablar aniqlanadi, mumkin bo'lgan audienstiya analiz qilinadi va maqsadlar qo'yiladi. Ishlab chiqish - bu bosqichda elektron o'quv materialni yaratish rejasi tuziladi, mavjud materiallar ko'rib chiqiladi va ular asosida elektron o'quv materiali ishlab chiqiladi. Qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish – Bu bosqich olingan tahlil natijalari asosida rejalar qayta ko'rib chiqiladi va shundan so'ng reja tuzish bosqichiga o'tiladi. Quyida yuqorida aytib o'tilgan texnologiyalar va ularning variastiyalari natijasida amalga oshirilayotgan masofaviy o'qitish usullari va ularning tavsifi berilgan (2.2-jadval). Texnologiya Tavsiflari Audio-video axborot tashuvchilar (bosma qilingan tarqatma materiallar, audio-, videokasetalar) Aloqa interaktivligi past. Qo'llashdan avval o'quvchilarning aniq soni ma'lum bo'lishi kerak. WEB texnologiyaga asoslangan masofaviy o'qitish (elektron pochta, elonlar taxtasi va boshqalar) O'quvchilarning soni texnologiyaning ishlatish narxiga bog'liq. O'rta darajadagi interaktivlik. Keng tarqalgan infrastruktura. Tashkil qilish arzon. Ishlatish miqyosi keng. Baholash bu bosqich birlamchi qo'yilgan talablar, ulardan kelib chiqadigan natijalar, tanlangan o'qitish strategiyasi to'g`ri tanlanganligiga yana bir bor iqror bo'lish uchun maqsad va vazifalar qayta ko'rib chiqiladi. Bu bosqichda o'quv materialini baholash strategiyasi ham ishlab chiqilishi zarur. Bunday strategiyalardan biri bu har bir ma'ruzadan so'ng savollar ro'yxati bo'lishi mumkin. O'quvchilar ularga javob yozib, o'quv materialiga o'z fikrlarini bildiradilar. So'ngra baholash strategiya natijalari jamlanib, ular tahlil qilinadi.
  • 2.2 Axborot texnologiyalari yordamida shartnoma asosida online o'qitish tizimini yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalarning umumiy tavsifi.: Ma'lumotlar bazasi dunyosi tobora yagona bo'lib bormoqda. Bu jarayon har xil kompyuter muxitlarida faoliyat ko'rsatuvchi axborot tizimlarini yaratishda ko'llanuvchi yagona standart til yaratishni talab kildi. Standart til bir komandalar to'plamini bilgan foidalanuvchilarga ularni shaxsii kompyuter tarmoq ishchi stantsiyasi yoki katta EHM da ishlashlaridan qat'iy nazar ma'lumotni yaratish, izlash va uzatishga imkon beradi. SQL (Structured Query Language) ma'nosi Tarkiblangan so'rovlar tili. Bu relyatsion maʼlumotlar bazalarida ishlashga imkon beradigan tildir. Bu til ifodalarining xususiyati shundan iboratki ular ma'lumotlarni qayta ishlash protseduralariga emas natijalariga yo'naltirilgandir. SQL o'zi ma'lumotlar qayerda joylashgyoani, qanday indekslar va xatto amallarning eng effektiv ketma ketligini ko'llash kerakligini aniqlaydi; bu detallarni ma'lumotlar bazasiga so'rovlarda ko'rsatish kerak emas. Shu bilan birga mustaqil bo'lmasdan PL/SQL, va Transact-SQL kabi ichki dasturlash tillariga inkapsulyatsiya qilinadi. 1986 yilda, ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining rasmiy standartini ishlab chiqdi, 1992 yil bu standart kengaytirildi. Butun til 30 ga yaqin operatorlarga ega bo'lib, ba'zi versiyalarida sal ko'proq, ba'zilarida sal kamroq. Har qanday MB har xil ob'ektlarga ega, ya'ni jadvallar, protseduralar, funkstiyalar, tasavvurlar, ketma ketliklar va hokazo. "Mijoz_Server" texnologiyasiga ko'ra, foydalanuvchi EHM (Mijoz) lar so'rovlari maxsus maʼlumotlar serverlarida (Server) qayta ishlanadi, foydalanuvchi EXM larga faqat so'rovni qayta ishlash natijalari qaytariladi. Tabiiyki Server bilan muloqot kilish uchun yagona til kerak va bunday til sifatida SQL tanlandi. Shuning uchun xamma zamonaviy relyatsion MBBT versiyalari (DB2, Oracle, Ingres, Informix, Sybase, Progress, Rdb) va hattoki norelyatsion MBBT versiyalari (masalan, Adabas) "Mijoz_Server" texnologiyasi va SQL tilidan foydalanadilar. SQL tilida Ma'lumotlarni jadval ko'rinishda tasvirlashga yo'naltirilgan amallar kontseptsiyasini ko'p bo'lmagan (30 dan kam) ifodalardan iborat kompakt til yaratishga imkon berdi. MySQL tilida quyidagi asosiy ma'lumotlar tiplari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq kilishi mumkin: INTEGER - butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora). SMALLINT - "qisqa butun" (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora). DECIMAL (p,q) - o'nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O'nli nuqtadan so'ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo'lsa, tashlab yuborilishi mumkin). FLOAT - haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307). CHAR(n) - uzunligi o'zgarmas, n ga teng bo'lgan simvolli qator (0 <n< 256). VARCHAR(n) - uzunligi o'zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda har xil lekin 4096 dan kam emas). DATE - maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana (Subase da ko'zda tutilgan bo'yicha yy/mm/dd); sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi - o'ninchi mingyilligi bilan cheklangan xaqiqiy sanalarni o'z ichiga olishi mumkin. TIME - maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko'zda tutilgan bo'yicha hh.mm.ss). DATETIME - sana va vaqt kombinatsiyasi. (Sybase da TIMESTAMP ). MONEY -maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul. Format o'z ichiga pul birligi simvoli ($, rub, ...) va uning joylashuvi (suffiks yoki prefiks), kasr qism aniqligi va pul qiymatini ko'rsatish shartlarini oladi. Xozirda PHP (Personal Home Page) bu tez rivojlanayotgan Internetda ko'plab serverlarda ishlaydigan dasturlash vositasidir. Bugungi kunda ASP, FrontFage va mod_perl kabi PHP xam keng tarqalgan. Bu til yordamida dinamik saxifani engil va tezda yaratish mumkin. Bunday ko'rinishda yaratilgan fayllar serverda saqlanadi va qayta ishlanadi. Foydalanuvchi PHP xujjatini so'raganda, JavaScript kabi skriptlar foydalanuvchi brouzerida emas, balki serverda bajariladi va ishning natijasi foydalanuvchiga yuboriladi. Bu esa C yoki Perl da yozilgan CGI dasturi kabi bajariladi. PHP dasturining PHP dasturlaridan farqi shundaki, PHP kodini HTML saxifasining ixtiyoriy joyida yozish mumkin. Ma'lumotlar bazasi o'ta tez rivojlangan hamda MySQL va MySQL o'zini ko'rsatgan soha, Internet uchun dasturlar yaratishdir. Internet uchun murakkab va ishonchli dasturlarga extiyoj oshgan sari ma'lumotlar bazasiga extiyoj ham oshib bormokda. Server ma'lumotlar bazasi Internetda ko'p funktsiyalarni qo'llashi mumkin. Har qanday web- sahifa ma'lumotlar bazasi tomonidan boshqarilishi mumkin. Misol tariqasida o'z katalogini WWW da e'lon qilmokchi bo'lgan va Internet orqali buyurtmalar qabul qilmokchi bo'lgan katalog bo'yicha sotuvchini ko'raylik. Agar katalogni HTML faylar shaklida e'lon qilinsa yangi tovar qo'shilganda yoki narx o'zgarganda kimdir katalogni tahrirlashi lozim bo'ladi Agar buning o'rniga katalog ma'lumotlarini relyatsion ma'lumotlar bazasida saqlansa katalogdagi o'zgarishlarni ma'lumotlar bazasidagi tovar yoki narx haqidagi ma'lumotlarni o'zgartirish yo'li bilan real vaqt masshtabida e'lon qilish imkoniyati tug`iladi. Bundan tashqari katalogni mavjud buyurtmalarni qayta ishlash elektron tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati tug`iladi. Shunday qilib bunday web-saytni boshqarish uchun ma'lumotlar bazasidan foydalanish sotuvchiga ham oluvchiga ham qulayliklar tug'diradi. Shu tarzda web- sahifa ma'lumotlar bazasi bilan bog`lanadi. Ma'lumotlar bazasi sizni web-serveringizda yoki sizni serveringiz ma'lumot almashishi mumkin bo'lgan boshqa mashinada joylashgan bo'lishi mumkin (yaxshi MBBT bunday vazifalarni taqsimlashni oson tashkil qila oladi). Siz o'zingizning web-sahifangizga forma joylashtirasiz va foydalanuvchi uzatish kerak bo'lgan so'rov yoki ma'lumotni shu formaga kiritadi. Formani serverga uzatgandan so'ng, server siz yozgan dasturni ishga tushiradi va bu dastur foydalanuvchi uzatgan ma'lumotlarni ajratib oladi. Bu dasturlar ko'pincha CGI - stsenariylar yoki Java da server dasturlari shaklida yaratiladi, lekin dasturni HTML - sahifaga to'g'ridan to'g'ri joylashtirish ham mumkin. Endi sizni dasturingiz foydalanuvchiga qanday ma'lumotlar kerak va u ma'lumotlar bazasiga nima kiritmokchiligini biladi. Dastur ma'lumotlarni tanlash yoki o'zgartirish uchun SQL komanda yaratadi, maʼlumotlar bazasi bo'lsa qolganini bajaradi. Ma'lumotlar bazasidan olingan natijalarni sizni dasturingiz yangi HTML -sahifa shakliga keltirib qaytadan foydalanuvchiga yuboradi. Online ta`lim portalimizni tashlik etishda 195 ta jadval yaratildi va jadvallardan foydalanildi.
  • 2.3 Ma'lumotlar bazasini loyihalash va MySQL vositasidan foydalanish.: Ma'lumotlar bazasi o'ta tez rivojlangan hamda MySQL va MySQL o'zini ko'rsatgan soha, Internet uchun dasturlar yaratishdir. Internet uchun murakkab va ishonchli dasturlarga extiyoj oshgan sari ma'lumotlar bazasiga extiyoj ham oshib bormokda. Server ma'lumotlar bazasi Internetda ko'p funktsiyalarni qo'llashi mumkin. Har qanday web- sahifa ma'lumotlar bazasi tomonidan boshqarilishi mumkin. Misol tariqasida o'z katalogini WWW da e'lon qilmokchi bo'lgan va Internet orqali buyurtmalar qabul qilmokchi bo'lgan katalog bo'yicha sotuvchini ko'raylik. Agar katalogni HTML faylar shaklida e'lon qilinsa yangi tovar qo'shilganda yoki narx o'zgarganda kimdir katalogni tahrirlashi lozim bo'ladi Agar buning o'rniga katalog ma'lumotlarini relyatsion ma'lumotlar bazasida saqlansa katalogdagi o'zgarishlarni ma'lumotlar bazasidagi tovar yoki narx haqidagi ma'lumotlarni o'zgartirish yo'li bilan real vaqt masshtabida e'lon qilish imkoniyati tug`iladi. Bundan tashqari katalogni mavjud buyurtmalarni qayta ishlash elektron tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati tug`iladi. Shunday qilib bunday web-saytni boshqarish uchun ma'lumotlar bazasidan foydalanish sotuvchiga ham oluvchiga ham qulayliklar tug'diradi. Shu tarzda web- sahifa ma'lumotlar bazasi bilan bog`lanadi. Ma'lumotlar bazasi sizni web-serveringizda yoki sizni serveringiz ma'lumot almashishi mumkin bo'lgan boshqa mashinada joylashgan bo'lishi mumkin (yaxshi MBBT bunday vazifalarni taqsimlashni oson tashkil qila oladi). Siz o'zingizning web-sahifangizga forma joylashtirasiz va foydalanuvchi uzatish kerak bo'lgan so'rov yoki ma'lumotni shu formaga kiritadi. Formani serverga uzatgandan so'ng, server siz yozgan dasturni ishga tushiradi va bu dastur foydalanuvchi uzatgan ma'lumotlarni ajratib oladi. Bu dasturlar ko'pincha CGI - stsenariylar yoki Java da server dasturlari shaklida yaratiladi, lekin dasturni HTML - sahifaga to'g'ridan to'g'ri joylashtirish ham mumkin. Endi sizni dasturingiz foydalanuvchiga qanday ma'lumotlar kerak va u ma'lumotlar bazasiga nima kiritmokchiligini biladi. Dastur ma'lumotlarni tanlash yoki o'zgartirish uchun SQL komanda yaratadi, maʼlumotlar bazasi bo'lsa qolganini bajaradi. Ma'lumotlar bazasidan olingan natijalarni sizni dasturingiz yangi HTML -sahifa shakliga keltirib qaytadan foydalanuvchiga yuboradi. Online ta`lim portalimizni tashlik etishda 195 ta jadval yaratildi va jadvallardan foydalanildi.
  • 2.4 Online o'qitish tizimida qo'llanilgan to'lov turlari va ularning mexanizmi: Shuni ta'kidlash lozimki to'lov tizimi elektron tijorat tizimi infrastrukturasining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan elektron tijorat tizimida sotuvlarni amalda keng tarqalishi ma'lum miqdorda ishonchli, perspektiv va iqtisodiy jihatdan samarali to'lov tizimlarini joriy etishning zaruriy sharti hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda to'lov tizimi bu dasturiy vositalar yig'indisi hisoblanib, to'lov vositasi sifatida pul olib yuruvchi vositalar (bank kartalari)ni ishlatishni ta'minlaydi. Quyidagi omillar to'lov tizimi optimalligining asosiy kriteriyalarini belgilab beradi. 1. Transaksiya o'tkazish qiymati(narxi); 2. To'lov ishtirokchilarining majburiyatlari darajasi; 3. Himoya darajasi; 4. Do'stona interfeys va boshqalar. Bugungi kungacha 100 dan ortiq to'lov tizimlari ishlab chiqarilgan bo'lib, vaqt o'tgan sari ularning soni ko'paymoqda. Online o'qitish tizimida qo'llanilgan to'lovni amalga oshirish tizimini tanlashdan avval ularga qo'yiladigan talablarni e'tiborga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Online o'qitish tizimida qo'llanilgan to'lov tizimini tanlashda to'lov tizimiga qo'yiladigan talablari ko'rib chiqamiz: 1. Konfidenstiallikni ta'minlash, ya'ni: to'lov haqidagi ma'lumotlar 3-shaxslarga maʼlum bo'lishini oldini olish; oluvchi shaxsini anonimligini ta'minlash; emitent (to'lov tizimi)ga to'lov xaqidagi ma'lumotlar oshkor bo'lmasligi; emitentga qancha miqdordagi summa qaysi raqamdan kelayotgani xaqida oshkor bo'lmaslik va boshqalar. 2. To'lov xavfsizligini taminlash, ya'ni: to'lovchining xisob raqamidan 3 - shaxs tamonidan mablag`ni kesib olishni cheklash; to'lovchi tomonidan 3 - shaxs oldida (sud) to'lovni amalga oshirganini ligitiv (oshkora, qonuniy) tarzda tasdiqlash imkoniyati; oluvchi tomonidan 3 - shaxs oldida mablag`ni to'lov tizimi orqali olingani va nima maqsadda olinganligini ligitiv tarzda tasdiqlash imkoniyati; emitent tomonidan 3 shaxs oldida to'lovni amalga oshirganini ligitiv tarzda tasdiqlash imkoniyati; to'lovni amalga oshirilish vaqtida mablag`ni tolaligichaetib borishini ta'minlash va boshqalar; 3. Ma'lumotlar butligini taminlash; 4. Audintifikastiya qilish (shaxsini tasdiqlash) va boshqalar. Keltirib o'tilgan talablardan tashqari to'lov tizimlarini bir nechta usul yordamida tasniflash mumkin: 1. To'lovlarni qanday vositalar orqali amalga oshirilishiga qarab tasniflash: Elektron pullar yordamida to'lovni tashkil qilish; Elektron cheklar asosida qurilgan; Smart kartlar asosida. 2. Ma'lumot almashinish usullarga qarab to'lov tizimini tasniflash: Ma'lumotlarni ochiq tekis orqali almashtirish; Shifrlangan ma'lumot almashtirish; Shaxsini tasdiqlash usullari qo'llangan tizimlar. Internetda kliring to'lov tizimilar. Raqamli pullar. Masalan ular smart kardlardagi pullardir. 3. To'lov tizimlarini ikkiga bo'lish orqali tasniflash: debet to'lov tizimlari va kredit to'lov tizimlari. 4. To'lov tizimlarini ikkiga bo'lish orqali: to'g'ridan to'g'ri va aylanma. To'lov tizimlari tasnifi va to'lov tizimlariga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, shartnoma asosida online o'qitish tizimi uchun har tomonlama to'g`ri keladigan to'lov tizimlari tanlanadi. To'lovni amalga oshirish texnologiyasi tizim tashkil qilinishiga bog`lik xolda tanlanadi. Ulardan bir nechtasini ko'rib chiqamiz. 1. Bank kartalari orqali to'lovlarni amalga oshirish. 2. Elektron naqd pullar orqali to'lovni amalga oshirish. Elektron naqd pullar orqali to'lovni amalga oshirish uchun mijoz ma'lum bir to'lov tizimida etarlicha mablag'ga ega bo'lgan koshelyok bo'lishi kerak. To'lov mijoz tanloviga asosan uning to'lov tizimi saytida amalga oshiriladi. Bunday to'lov tizimlariga WebMoney to'lov tizimini misol qilish mumkin. 3. Mobil telefon xisobidan to'lovni amalga oshirish. Xozirda «Beeline» aloka kompaniyasi o'z mijozlariga «Mobil to'lov» xizmatini taklif etmoqda. Bu xizmatdan aloka kompaniyasining barcha mijozlari foydalanishlari mumkin. To'lovni amalga oshirish uchun mijozning xisobida etarlicha mablag' bo'lishi kerak. Mijoz saytda «Mobil telefon balansidan» to'lov usulini tanlab, telefon raqami kiritiladi. Buyurtmani tasdiklash maqsadida mijoz telefoniga SMS xabar keladi, javob sifatida 1 raqami kiritilib, bepul SMS xabar yuboriladi. Hozirda O'zbekistonda PAYNET, FastPay, UniPay, E-pay kabi to'lov tizimlari faoliyat olib bormoqdalar. E-karmon to'lov tizimi orqali naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish mumkin, bu tizim hozirda amalda foydalanish arafasida. PAYNET, FastPay, UniPay, E-pay kabi tizimlar o'z punktlari ega bo'lib, shu punktlar orqali ma'lum bir hisobraqamga pul o'tkazishingiz mumkin. Masalan, PAYNET tizimi keng tarqalgan tizim bo'lib, hozirda bu tizimning O'zbekistonning barcha viloyat va shaharlarida 9000 yaqin to'lov punktlari mavjud. Bu punktlar orqali mijoz mobil telefon va kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishi mumkin. PAYNET Buning uchun mijoz Mijoz PayNet bilan ishlaganda uning ixtiyoriy punktiga kirib, operator yoki provayder nomini, provayder tomonidan o'rnatilgan xizmat nominali yoki telefon raqamini aytadi va naqd pul berish bilan amalga oshiradi. Mijozdan kabul qilingan to'lov xaqidagi ma'lumot PayNet tizimiga uzatiladi. Bu tizimda mos keluvchi provayderga ma'lumotlar marshrutizastiyasi yuz beradi. PayNettizimining tranzakstiyasi yakunida mijozga mo'ljallangan axborot cheki bosmadan chiqariladi. Agent pul mablag'larini PayNet xisobiga mijozdan kabul qilgan to'lovlari asosida o'tkazadi. Qabul qilingan to'lovlar operator yoki provayder billingida xam yozib ko'yiladi. Agent kabul qilingan to'lovlar asosida operator yoki provayder xisobiga pul o'tkazadi. Shundan so'ng provayder yoki telefon operatori mijoz uchun xizmatni amalga oshiradi. Agar mijoz mobil telefon uchun pul to'lagan bo'lsa, operator tomonidan unga xisob to'ldirilganligi xaqida SMS xabarini yuboradi. E-pay - elektron to'lov tizimi bo'lib, bu tizim 2007 yil iyun oyidan boshlab faoliyat ko'rsatib kelmoqda. To'lovlar hozirda Perfectum Mobile, Beeline va COSCOM uyali aloqa xizmatilari uchun qabul qilinmoqda. Yaqin vaqt ichida boshqa uyali aloqa operatorlari xizmatlari uchun ham to'lovlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. To'lovlar agentlar tarmog'i yordamiga amalga oshiriladi. Tizimning afzalligi ulanish osonligi va depozit 50 ming so'mligidan kelib chiqadi. Undan tashqari, tizim sayti TAS-X tarmog'ida joylashgan, bu esa agentlarnig Internet trafigini tejashga yordam beradi/21/. E-pay tizimi «Onlayn-Servis-Biznes» (OSB) mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va OSB kompaniyasining xizmatidir. To'lov tizimi bilan bog`liq barcha shartnomalar, huquqiy va moliyaviy masalalar OSB tomonidan hal etiladi. Kompaniya o'z faoliyatini 2006 yildan boshladi. Shu vaqt davomida OSB mutaxassislari E-pay tizimini ishlab chiqib, 2007 yil iyun oyidan boshlab, ishga tushirdi. Bu tizim qulayligi va xavfsizligi bo'yicha barcha jahon standartlariga javob beradi. Yuqorida sanab ta'rif berib o'tilgan to'lov tizimlari naqd pulsiz xizmatni hozircha mijozlarga taklif etmaydi. Bundan tashqari yaratilgan web texnologiyadan nafaqat O'zbekiston fuqorolari, balki chet davlatlarining fuqorolari ham foydalanishlari mumkinligini xisobga olgan holda quyidagi to'lov tizimlariga ulanish maqsadga muvofiq bo'ladi: 1. WebMoney Transfer to'lov tizimi(http://www.webmoney.ru). Bu tizim elektron naqd pullar asosida xisob kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. U asosan beshta valyuta birliklari bilan ishladi: WMZ, Z koshelyok bo'lib, dollar valyutasi asosida ishlaydi; WME, E koshelyok bo'lib, evro valyutasi asosida ishlaydi; WMR, R koshelyok bo'lib, rubl valyutasi asosida ishlaydi; WMU, U koshelyok bo'lib, grivn valyutasi asosida ishlaydi; WMUz, Uz koshelyok bo'lib, so'm valyutasi asosida ishlaydi. Har bir valyutani o'z koshelyogi bor. Ular xavfsizligi va ishonchligini ta'minlash vazifasini bajaruvchi kafolatlar mavjud bo'lib, O'zbekistonda bu vazifani “Oltin grant” nomli mas'uliyati cheklangan jamiyat bajaradi. To'lov tizimi dasturini "Vycheslitelnye sily" jamiyati yaratgan. WebMoney Transfer to'lov tizimi texnologiyasiga muvofiq to'lov bir xil valyutada amalga oshiriladi. Masalan, Uz koshelyokdan Uz koshelyokka, Z koshelyokdan Z koshelyokka va boshqalar. Bir valyutani boshqasiga almashtirish elektron valyuta ayirboshlash punktlarida amalga oshiriladi. To'lov tizimining ishtirokchisi bo'lish uchun, unda ro'yxatdan o'tish va koshelyok ochish kerak. Buning uchun kompyuterga barcha operastiyalarni bajaradigan maxsus dastur o'rnatish kerak. Bu dasturiy ta'minot WebMoney Keeper deb nomlanadi. Dasturni tizim web saytidan ko'chirib olish mumkin. 2. ASSIST to'lov tizimi (http://www.assist.ru). Assist tizimi 1999 yil aprelda ishga tushgan bo'lib, u internetga ulangan ixtiyoriy kompyuterda internet provayderlari mijozlarning shaxsiy hisob varaqalaridan yoki kredit kartochkalaridan "Online" rejimida avtorizastiya o'tkazish va to'lovlarni qayta ishlash imkonini yaratadi. ASSIST tizimi orqali Internet magazinda oldi - sotdini hisob - kitob qilish uchun Visa, Euro, Card, Master Card, Diners Club, 7CB, American Express kredit kartochkalariga ega bo'lish yoki yirik internet provayderlardan birining mijozi bo'lish kerak. Shunday qilib, ASSIST asosan kredit kartochkalari orqali ishlovchi tizim bo'lib, o'zida debit sxemasining ba'zi elementlarini xam mujassamlashtirgan. Bu tizimning ishlash prinstipi o'ziga xos bo'lib, u 2.4-rasmda ko'rsatilgan. 3. Web Sum to'lov tizimi. Bu to'lov tizimining a'zosi bo'lish uchun siz www.websum.uz saytiga kirib anketa to'ldirasiz va sizga Web sum to'lov tizimidan foydalamish uchun ID deb nomlanuvchi maxsus raqam beriladi. Bu sizning xisob raqamingiz xosoblanadi. Web Sum xisobingizni kuyidagi usullar bilan to'ldirishingiz mumkin. Bank orqali- buning uchun siz maxsus anketani to'ldirasiz va o'tkazishni xoxlagan summangizni ko'rsatasiz. Web Sum ga to`lash har birkda tashkil etilgan. Bankamat orqali- buning uchun bankamatga plastik kartochkangizni solganizdan keyin Internet xamyon bo'limidan Web Sum ni tanlaysiz va o'zingizning ID xisobingizni ko'rsatasiz Sam Online orqali – buning uchun siz Sam Online tizimidagi shaxsiy kabinetizga kirib ekspress to'lovlar bandini tanlaysiz. Undan keyin Web Sum ni tanlab qancha miqdorda pul o'tkazish kerakligini ko'rsatish kifoya.
  • II bobga xulosa.: Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki hozirgi kunda online o'qitish tizimini amalda tadbiqi va uning samaradorligi yuqoridir. Ushbu bobda online o'qitish texnologiyalari kshrib chiqildi va amalda tashkil etildi. Online o'qitishni yaratishda qo'l keladigan dasturiy ta'minotlar tashkil etildi va texnologiyaning ishlash strukturasi keltirildi. Malumotlar bazasini yaratishda bir necha dasturiy vositalar ko'rib chiqildi. Ma'lumotlar bazasini loyixalashda va MySQL vositasidan foydalanildi. Ma'lumotlar bazasida joylashgan jadvallar ketma-ketligi ko'rsatib o'tildi. Bundan tashkari dasturiy ta'minot ham asoslab berildi. Asosan dasturiy ta'minotga PHP va MySQL keltirilgan. Bu ikki dasturiy ta'minotdan boshka HTML, Java script tili, CSS, Photoshop, Flash va boshka dasturiy ta'minotlar ham ishlatilgan. Web texnologiyada to'lov tizimlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. So'ngra Web saytda to'lovlarini amalga oshirish texnologiyasi tavsifi keltirilgan.
  • III BOB. SHARTNOMA ASOSIDA ONLINE O'QITISH TIZIMINI BOSHQARISHNI AMALIY TADBIQI: 3.1. Shartnoma asosida online o'qitishni tashkil etish usullari va texnologiyalari. Online o'qitish tizimi web-saytni yaratishdagi dasturiy ta'minot PHP va MySQL ma'lumotlar bazasi tillari hisoblanadi. PHP dasturlash tili bu web texnologiya yaratishga mo'ljallangan til bo'lib boshqa tillardan kuydagi imkoniyatlari bilan ajralib turadi: Boshqaruv tilining kudratliligi Ma'lumotlar bazasi bilan aloqa o'rnatish osonligi Ommaviyligi Dasturchi uchun ma'lumotlar bazasini tashkil etish osonligi Yaratilayotgan faylni xajmi kichikligi Ma'lumotlar bazasini boshqarish osonligi Qulayliligi MySQL ma'lumotlar bazasi esa PHP daturi bilan juda tez ishlaydi, yani ular bir-birlarini qo'llab quvvatlaydi. PHP dasturi orqali berilayotgan xar bir so'rov MySQL dasturi tomonidan bekamu-ko'st ado etiladi. Web-saytdagi barcha ma'lumotlar ma'lumotlar bazasida joylashgan. Web-saytda “Online kurslar" bo'limi mavjud. Bu kurslar online tarzda olib boriladi. Buning uchun dars berishni xoxlagan talabgor o'qituvchi va talabgor o'quvchilar ko'rib chiqiladi va ular bilan kelishilgan holda va mos ravishda online uchrashtiriladi. Buning uchun avvalambor pul tolanganlik shartlaridan o'tgan bolishi lozim. To'langan pullardan o'qituvchilar bilan kelishilgan xizmat haqi mikdori olib qolinadi va qolgani maosh sifatida beriladi. Bu web-saytimiz rivojiga katta hissa qo'shadi. Chunki kelajakda web-saytni yanada ommaviylashtirish ko'zda tutilgan. Web-saytimizda xozirda quyidagi rasmda ko'rsatilganidek kurslar mavjud. Kelajakda talab va taklifga qarab yana yangi kurslar ham ochiladi. Kurslarni olib borish uchun bizlarda qo'shimcha dasturlar ishlatiladi. Bu dasturlarni siz bizni web-saytimizda registratsiyadan o'tgan holda tekin ko'chirib olishingiz mumkin. Bu dasturlarning yangi versiyalari ham doimiy yangilanib boriladi va tekin tarqatiladi. Dasturni ishlatish boyicha boshlang'ich tekin tushuntiriladi, bu dasturlar aynan online o'qitishga mo'ljallangan xisoblanadi. Onlayn kurslar haqidagi ma'lumotlar quyidagi 3.1 rasmda keltirilgan.
  • 3.2 Shartnoma asosida online o'qitish tizimini boshqarish strukturasi.: Online-tutor.uz web-sayti nafaqat online o'qitishga yo'natirilgan balki xizmat ko'rsatish, tizimning boshqarishga ham mo'ljallangan. Bu web-sayt orqali siz repititor topishungiz yoki repititorlik qilish uchun o'quvchilarni osonlikcha jalb qilish mumkin. Buning uchun siz web-saytning xizmatlar bo'limiga kirib qaysi fandan repititorlik qilmoqchi ekanligizni yoki qaysi fandan repititor kerakligini haqida anketa to'ldirib qoldirasiz. Web-sayt orqali kiritilgan anketalar administrator tomonidan ko'rib chiqilidi va kimga repititor yoki o'quvchi kerak bulsa xabar qiladi. So'rovlarni qaysi bulimda qoldirish 3.7 - rasmda ko'rsatilgan.
  • 3.3 Web-saytdan foydalanish usullari va imkoniyatlari.: Tizimdan foydalanish uchun qoidalari keltirilgan sahifa foydalanuvchi uchun interfeysi. Bunda foydalanuvchidan uning ismi, e-mail, xabarnoma mavzusi va xabarnoma matni so'raladi. Yuqoridagilar to'ldirilgandan keyin "yubormoq" tugmasi bosiladi va kiritilganlar ma'lumotlar bazasidagi belgilangan jadvalga yoziladi. Yozilgan ma'lumotlar esa web sayt administratori tomonidan tahlil qilinadi. Web-saytda qidiruv tizimi mavjud. Qidiruv tizimi bir necha usullarda qidiruvni amalga oshiradi. Bu operasiyalar faqat web-saytda mavjud bo'lgan ma'lumotlardan qidiruvni amalga oshiradi. Masalan berilgan ma'lumotlar ichidan kerakligisini topib berishi mumkin. Bundan tashqari menyulardan ham qidiruvni amalga oshirishi mumkin. Topilgan ma'lumot web-saytning asosiy oynasiga akslanadi va nechta malumot topilganligi ham bayon etiladi. Qidiruv tiziminig natijasi keltirlgan. Asosan ma'lumotlar bir qancha turlarga bo'linib qidiriladi. Topilgan ma'lumotlar esa sahifaga ko'rsatilganidek bir qancha shartlar orqali taxlanadi. Bu shartlar "Avval yangilari”, “Avval eskilari”, “Eng mashxurlari", "Alfavit bo'yicha” va “Bo'lim/toifa'lardir. Sahifada nechta ma'lumot topilganini ham ko'rsatib turadi va bir vaqtning o'zida nechtasi ko'rinishini belgilab qo'yish mimkin. Agar belgilanmasa sukunat bo'yicha 20 tagacha ma'lumot ko'rinib turishi mumkin. Web-sayt faqatgina ikkita bo'limda ro'yxatdan o'tmasdan turib foydalanib bo'lmaydi. Bular mustaqil ta'lim bo'limi va online kurslar uchun kerakli dasturlarni ko'chirib olish bo'limi. Ro'yxatdan o'tganizdan keyin siz bu bo'limlardan to'lig`icha foydalanishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tganda ism va familiyani to'g`ri kiritish lozim, chunki kurs yakunida sertifikat olinayotgan paytda anashu kiritilgan anketa maʼlumotlari bo'yicha yoziladi. Avvalo har bir ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi ma'lumotlar jadvaliga yozilib boriladi va foydalanuvchi yana tashrif buyurganda u haqidagi ma'lumotlar ma'lumotlar bazasidan olinadi. Bu texnologiyaning tez ishlashiga va uning boshqarishda ortiqcha muammolarga duch kelmaslikka olib keladi. Bu tizimda foidalanishga nisbatan nazorat kuchayadi, o'qish uchun sarf bo'ladigan vaqt qisqaradi, xujjat almashinuviga ketgan xarajat kamayadi.
  • 3.4 rasm. Tizimning mavjud test sinovlari joylashtirilgan hamda yangi test sinovlarini yaratish bo`limiga o`tish imkoniyatlari keltirilgan sahifasi foydalanuvchi interfeysi: Onlayn o'qitish tizimida xizmat ko'rsatish va boshqarish web-saytini yaratilish davoimida muhim masala qilib foydalanuvchilarning imkoniyatlari olingan. Foydalanuvchilar web-saytdan foydalayotganlarida hech qanday noqulayliklarga uchramasligi lozim. Bu muammolarni bartaraf etishga erishildi. Ya'ni tizimdan foydalanish uchun kerakli barcha dasturiy ta'minot ham web-saytning o'zida joylashtirilgan. Quydagi rasmga buning isbotini ko'rishimiz mumkin.
  • III bobga xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki hozirgi kunda online o'qitish tizimini amalda tadbiqi va uning samaradorligi yuqoridir. Ushbu bobda online o'qitishni tashkil etish usullari va texnologiyalari keltirib utildi. Uchinchi bobning ikkinchi bo'limida online o'qitish tizimini boshqarish strukturasi yoritib berilgan. Bundan tashqari Web-saytdan foydalanish usullari va imkoniyatlari ham to'liq batafsil yoritib utilgan.
  • YAKUNIY XULOSA: Xulosa qilib aytganda, Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida masofaviy o'qitish tizimini tadbiq qilish, uni yanada yaxshi yo'lga qo'yish uchun chet davlatlarning tajribasini o'rganmoq hamda multimedia elektron darsliklar, elektron kutubxonalar, audio va video darsliklar yaratishga jiddiy e'tibor bermoq lozim. Masofadan o'qitishning yangi bir usullaridan biri bu bilim dargohlarida tashkil qilinadi. Bu usulda bir ma'ruzachi yuzlab borinki minglab tinglovchilarga bir vaqtning o'zida ma'ruza o'qishi va shu vaqtning o'zida tinglovchilar bilan fikr almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yuqori texnikalardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Ya'ni har bir o'quv xonalari mikrofon, videokamera, video proyektor va video-audio uskunalari bilan ta'minlangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bu usulda ishlash nafaqat bir bilim dargohi, nafaqat bir davlat, borinki butun bir davlatlar orasida ham qo'l keladi. Ya'ni bir ma'ruzachini ma'ruzasini kommunikastiya yordamida boshqa davlatlar tinglovchilari ham tinglashi mumkin bo'ladi. Online o'qitishni yaratishda qo'l keladigan dasturiy ta'minotlar tashkil etildi va texnologiyaning ishlash strukturasi keltirildi. Malumotlar bazasini yaratishda bir necha dasturiy vositalar ko'rib chiqildi. Ma'lumotlar bazasini loyixalashda va MySQL vositasidan foydalanildi. Ma'lumotlar bazasida joylashgan jadvallar ketma-ketligi ko'rsatib o'tildi. Bundan tashkari dasturiy ta'minot ham asoslab berildi. Asosan dasturiy ta'minotga PHP va MySQL keltirilgan. Bu ikki dasturiy ta'minotdan boshka HTML, Java script tili, CSS, Photoshop, Flash va boshka dasturiy ta'minotlar ham ishlatilgan. Online o'qitishni tashkil etish usullari va texnologiyalari keltirib utildi. Uchinchi bobning ikkinchi bo'limida online o'qitish tizimini boshqarish strukturasi yoritib berilgan. Bundan tashqari Web-saytdan foydalanish usullari va imkoniyatlari ham to'liq batafsil yoritib utilgan.