Физика

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Nashr etilgan. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti "Energo-mexanika fakulteti "Umumiy Fizika" kafedrasi tomonidan nashr etilgan «Fizika» fanining mexanika bo'limidan ma'ruzalar matnidir. Kitob texnika oliy o'quv yurtlari uchun Fizika fanining namunaviy dasturida keltirilgan fizika fanining mexanika bo'limiga tegishli 9 ta ma'ruzalar matnidan iborat. Mualliflar ma'ruzalarni mexanika bo'limiga oid barcha asosiy qonuniyat va tushunchalarni qamrab olgan holda talabalarga tushunarli va sodda tilda bayon qilishga harakat qilishgan. Har bir ma'ruza tayanch iboralar, mavzuga tegishli chizmalar va matematik formulalar va nazorat savollari bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Hozirgi kunda yurtimizda bo'lajak muhandislarga barcha fanlardan nazariy va amaliy bilim berish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bunda Fizika fanining o'rni beqiyos. Sababi uning yutuqlaridan qishloq xo'jaligining barcha sohalarida foydalanib kelinmoqda. Shu maqsadda talabalarga tavsiya qilinayotgan ushbu fizika fanining mexanika bo'limidagi oid ma'ruzalar matni talabalarga o'z mutaxassis fanlarini puxta o'rganishlariga oz bo'lsada yordam beradi. Ushbu ma'ruzalar matni 9 ta mavzudan iborat bo'lib, rivojlangan mamlakatlar oliy o'quv yurtlarining nufuzli oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari tomonidan yaratilgan o'quv adabiyotlaridan foydalanilgan holda ishlab chiqildi. Bunda har bir ma'ruza tayanch iboralar, mavzuga tegishli chizmalar va matematik formulalar va nazorat savollari keltirilgan.
  • 1-ma'ruza. KLASSIK MEXANIKA ASOSLARI: Fizika fani haqida. Fizikaviy tadqiqot usullari, gipoteza, nazariya, amaliyot. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika. Fizikaviy kattaliklar va ularning o'lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi. Fazo va vaqt. Hosila va integrallning fizikaviy masalalarga tadbiqi. Absolyut qattiq jismning erkinlik darajasi
  • 2-ma'ruza. KINEMATIKA ELEMENTLARI: Mexanika harakatning kinematik tavsifi. Trayektoriya. Ko'chish. Moddiy nuqta kinematikasi: tezlik, tezlanish, normal va tangensial tezlanishlar. Aylanma harakat kinematikasi: burchak tezlik, chiziqli tezlik va ular orasidagi bolanish. Burchak tezlanish. Hosila va integrallning fizikaviy masalalarga tadbiqi. Absolyut qattiq jismning erkinlik darajasi
  • 3-ma'ruza. MODDIY NUQTANING ILGARILANMA HARAKAT DINAMIKASI: Dinamikaning asosiy vazifasi. Kuch haqida tushuncha. Fundamental o'zaro ta'sirlari. Tabiatda kuchlar. Nyutonning I qonuni Inertsial sanoq sistemasi. Nyutonning ikkinchi qonuni harakat tenglamasi sifatida. Kuch, impulsidan vaqt buyicha olingan birinchi tartibli hosila sifatida. Nyutonning III qoununi. Inersiya kuchlari.
  • 4 - Ma'ruza. ABSOLYUT QATTIQ JISMNING AYLANMA HARAKAT DINAMIKASI: Qattiq jismning qoʻzgʻalmas oʻq atrofida harakatii. Kuch momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. Inersiya momenti. Shteynerr teoremasi. Qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanuvchi qattiq jism asosiy tenglamasi. Qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanayotgan qattiq jismning kinetik energiyasi. Impuls momenti. Erkin oʻqlar. Giroskoplar.
  • 5 - ma'ruza. QATTIQ JISMLAR DEFORMASIYASI: Qattiq jismlar deformasiyasi va kuchlanishlar. Bir jinsli va bir jinsli bo'lmagan deformasiya. Elastik va qoldiq (plastik) deformasiya. Egilish va buralish. Deformasiyalarning miqdoriy tavsifi. Guk qonuni. Yung moduli. Puasson koeffisienti. Deformasiyaning kuchlanishga bog'liqligi, elastiklik chegarasi. Mustahkamlilik. Murtlik. Qoldiq deformasiya.
  • 6-ma'ruza. MEXANIK ISH VA ENERGIYA. QUVVAT.: Ilgarilama va aylanma harakatda ish va kinetik energiya. Quvvat. Potensial energiya. Potensial energiya bilan kuch orasidagi bog'lanish. Energiya tizimning holat funksiyasi sifatida. Saqlanish qonunlarining qullanilishi. O'zgaruvchan massali jismlarning harakati. Reaktiv harakat. Markaziy maydondagi harakat. Kepler qonunlari
  • 7-ma'ruza. SAQLANISH QONUNLARI: Harakat miqdori (impuls) ning saqlanish qonuni. Imuls momentining saqlanish qonuni. Energiya impuls va impuls momentining saqlanish qonuni – fazo va vaqt simmetriyasining natijasi. Elastik to'qnashish. Noelastik to'qnashish. Markaziy maydondagi harakat. Nyutonning butun olam tortishish qonuni. Maydon kuchlanganligi. Kepler qonunlari.
  • 8-ma'ruza. MEXANIKADA NISBIYLIK PRINSIPI: Inersial sanoq sistemasi va nisbiylikning mexanik prinsipi. Galilley koordinata almashtirishlari. Almashtirishlarning invariantligi. Yorug'lik tezligi. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari. Lorens almashtirishlari va undan kelib chiqadigan natijalar: uzunlik va vaqt oraligining nisbiyligi. Tezliklarni qushishning relyativistik qonuni. Massaning tezlikga bog'liqligi. Umumiy nisbiylik nazariyasining asosiy tasavvurlari. Energiya bilan massa orasidagi bogʻlanish. Bogʻlanish energiyasi. Klassik mexanikaning qoʻllanilish chegarasi.
  • 9- ma'ruza. YAXLIT MUHIT MEXANIKASI: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari. Suyuqlik harakatini kinematik tavsiflash. Suyuqlikning muvozanatlik va harakat tenglamasi. Ideal va yopishqoq suyuqlik. Siqilmaydigan suyuqlik gidrostatikasi. Ideal suyuqlikning stasionar harakati. Bernulli tenglamasi. Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Yopishqoqlik koeffisienti. Suyuqlikning quvur ichidagi oqimi. Puazeyl formulasi. Uxshashlik qonuni. Stoks formulasi. Gidrodinamik beqarorlik. Laminar va turbulent oqim. Reynolde soni. Puazeyl qonuni. O'ta oquvchanlik hodisasi. O'ta oquvchanlik nazariyasi to'g'risida tushuncha.