Miqdoriy koeffisiyentlarni tasodifiylashtirilgan holatida additiv ko’rsatkichlar tahlili uchun dastur yaratish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi murakkab obyektlarni matematik modellashtirish, model va modellashtirish, murakkab tizimlarni optimal baholash, koʻp omilli tajriba maʼlumotlarining dispersion tahlil modeli, miqdoriy koeffisiyentlarni tasodifiy-lashtirilgan holatida additiv koʻrsatkichlarni tahlil qilish masalasini, uning dasturiy vositasini yaratish usullari hamda dasturiy vositani amaliy masalalarga qoʻllanilishi kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Ish jarayonida masala yechimi uchun zarur adabiyotlar o'rganildi, miqdoriy koeffisiyentlarni tasodifiylashtirilgan holatida additiv koʻrsatkichlarni tahlil qilish masalasining dasturiy vositasi yaratildi va amaliy masalalarga qoʻllanildi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlariga asosan axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Murakkab obyektlarning matematik modellarining umumiy tushinishlari: Modellar va modellashtirish, murakkab tizimlarni optimal baholash, koʻp omilli tajriba maʼlumotlarining dispersion tahlil modelining nazariy asoslari yoritilgan.
  • Miqdoriy koeffisiyentlarni tasodifiy-lashtirilgan holatida additiv koʻrsatkichlarni tahlil qilish masalasi: Masalaning qo'yilishi va dasturiy vositasini yaratish usuli, amaliy masalalarda qo'llanilishi bilan tanishtirilgan.
  • Dasturiy vositasini yaratish usuli: Dasturiy vositani yaratish uchun qo'llanilgan usullar va uning kodlari keltirilgan.
  • Dasturiy vositani amaliy masalalarda qoʻllanilishi: Yaratilgan dasturiy vosita yordamida innovasion loyihalar baholanib, natijalar tahlil qilingan.
  • Xulosa: Bitiruv malakaviy ishi davomida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilingan.