Kompyuter taminoti

Ushbu kitob kompyuter ta'minoti, dasturlash texnologiyalari, operatsion tizimlar va ularning turlari, multimedia dasturlari, Excel, Photoshop, CorelDRAW, Delphi, C++ va Python kabi dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari hamda ulardan foydalanish bo'yicha chuqur ma'lumot beradi. Kitobda shuningdek, kompyuter grafikasi va uning turlari, axborot xavfsizligi, viruslardan himoya qilish hamda antivirus dasturlari haqida ham ma'lumot berilgan. Shuningdek, kitobda DOS, Windows va UNIX operatsion tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari haqida ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kompyuter ta'minoti va uning turlari: Kompyuterning turlari, avlodlari, klassifikatsiyasi, arxitekturasi va ishlash prinsiplari, asosiy va qo'shimcha qurilmalari, ularning xarakteristikalari, kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzilishlar tizimi haqida ma'lumot beradi.
  • Mikroprosessorlar: Yarim o'tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari, mikroprosessor turlari, ularning ishlash va faoliyat ko'rsatish imkoniyatlari, mikroprosessorning tuzilishi, xotira va uning ishlash imkoniyatlari, registrlari va ularning turlari haqida ma'lumot beradi.
  • Tizimli dasturiy ta'minot va operatsion tizimlar: Tizimli dasturiy ta'minot va uning turlari, operasion tizimlar va ularning turlari, Windows operasion tizimi va uni kompyuterga o'rnatish, fayllar va disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar, arxivlashtirish dasturlari va antivirus dasturiy vositalar haqida ma'lumot beradi.
  • Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo'llanilishi: Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi xal etayotgan vazifalarini avtomatlashtirishning kuchli kurolidir, u axborotni qayta ishlash bo'yicha kompyuter biror ishni qanday bajaryotganini bilish zaruriyatdan amalda to'liq ozod etadi. ADPning quyidagi turlari farqlanadi: umumiy vazifadagi (universal); uslubiy yo'naltirgan; global tarmoq; hisoblash jarayon tashkilotlari (ma'muriyalashtirish).
  • Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari va texnologiyalar: Dasturlash texnologiyasi, Visual basic dasturlash tili, Delphi dasturlash tili, C++ dasturlash tili va ularning imkoniyatlari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, Elektron va multimediyali qo'llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar haqidagi bilimlarning bilan tanishasiz.